MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.2K photos
2.63K videos
90 files
7.27K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Ayni daqiqalarda Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

—————

В эти минуты в Международном конгресс-центре Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в церемонии запуска новых мощностей и строительства очередных проектов в энергетической отрасли.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq soʻzlamoqda.

Davlatimiz rahbari qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar ishga tushirilayotgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilishiga start berilayotganini energetika sohasidagi tarixiy voqea deb atadi.

Xususan, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiya ishga tushirilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor Andijon va Fargʻonada 300 megavattli yirik saqlash tizimi barpo etildi.

Shuningdek, Qashqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toshkent shahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 4 ta kichik GES foydalanishga topshirilmoqda.

Xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni izchil davom ettirish yoʻlidagi yangi sahifa sifatida Fargʻona, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qiymati 3,5 milliard dollar boʻlgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilishi boshlanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun ishga tushayotgan quvvatlar va yangi loyihalar orqali kelgusi yillarda qoʻshimcha 9,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilib, 2,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi, 4,6 million tonna zararli gazlar chiqarilishi oldi olinadi.

Eng muhimi – 4 milliondan ziyod xonadon uzluksiz toza energiya bilan taʼminlanadi.

Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham 4 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratishga turtki beradi.

Umuman olganda, kelgusi yili jami 84 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu – 2016-yilga nisbatan 25 milliard kilovatt-soat yoki 1,5 barobar koʻp deganidir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi loyihalar bundan 8 yil avval energetika sohasida boshlangan keng koʻlamli islohotlarning uzviy davomi ekani taʼkidlandi.

Ushbu davr mobaynida Oʻzbekiston “yashil energetika”da katta-katta qadamlarni qoʻydi.

Xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani natijasida oʻtgan 5 yilda energetika sohasiga qariyb 20 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Avval toʻliq davlat tasarrufida boʻlgan bu tizimda 24 ta mustaqil energiya ishlab chiqaruvchi subyektlar paydo boʻldi.

“Yashil energetika” sohasida bugunga kelib 3,5 ming megavattli yoki 10 milliard kilovatt soatga teng 16 ta yirik quyosh va shamol elektr quvvatlari ishga tushirildi.

Buning hisobiga 2024-yilda “yashil energiya” ulushi 16 foizdan oshirildi. Yaʼni, oʻtgan qisqa davrda ekologik toza energiya quvvatlarini yiliga 2-3 karra koʻpaytirishga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Oʻtgan yilda mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi.

Keyingi qadam sifatida 2030-yilga borib iqtisodiyotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

Oʻz navbatida, kelgusi 5 yilda yurtimizda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj hozirgidan 1,5 barobar oshib, 120 milliard kilovatt soatga yetadi.

Oʻzbekiston Parij bitimi doirasida 2030-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 35 foizga kamaytirish boʻyicha majburiyat olgan. Prezident bu majburiyatni 2050-yilgacha yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Qolaversa, 2025-yil Oʻzbekistonda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025-yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi.

Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt-soatga yetadi.

Bu 5 million xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.

Kelgusi 2 yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bundan keyin ham sohaga xususiy sektor kirib kelishini ragʻbatlantirib, elektr energiyasi bozorini tashkil etish boʻyicha katta qadamlarni qoʻyilishi taʼkidlandi.

Xususan, kelgusi yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratiladi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik nafaqat yirik elektr stansiyalarida, balki sohaning boshqa yoʻnalishlariga ham keng joriy qilinadi.

“Yashil energetika” yoʻnalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlik kengaytiriladi.

Bu borada birinchi amaliy qadam sifatida COP29 doirasida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Saudiyalik hamkorlar bilan “yashil energiya”ni Yevropa mintaqasiga eksport qilish boʻyicha ilk bitim imzolandi.

Mintaqaviy energiya tizimi barqarorligini taʼminlash maqsadida qoʻshni davlatlar bilan yagona platforma ishga tushiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Izchil va qatʼiy islohotlar tufayli Oʻzbekistonda “noldan” butunlay yangi — “yashil energetika” tarmogʻi yaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Oʻzbekiston energetikasida tarixiy voqea: 24 ta loyiha, 4,4 gigavatt quvvat, 7,2 milliard dollar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: “Eng muhimi – 4 milliondan ziyod xonadon uzluksiz toza energiya bilan taʼminlanadi”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar Oʻzbekistonga va islohotlarga ishonchning yaqqol ifodasidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻtgan 5 yilda energetika sohasiga qariyb 20 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: “Oʻtgan qisqa davrda ekologik toza energiya quvvatlarini yiliga 2-3 karra koʻpaytirishga erishdik”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari sanoat va ilgʻor texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir hamda energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiydan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
провел встречу с делегацией Объединенных Арабских Эмиратов в составе министра промышленности и передовых технологий Султана Ахмеда Аль Джабера и министра энергетики и инфраструктуры Сухайля Мухаммеда Аль Мазруи.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt