MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.26K photos
2.65K videos
90 files
7.31K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual taʼlim” asosida biriktirish muhimligi taʼkidlandi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha boʻlgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES qurish boshlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori boʻlgan, Navoiyni oʻzida ishlab chiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.

Umuman, respublikada 2 mingta mana shunday mikro GES qurib, yiliga qoʻshimcha 600 million kilovatt elektr olish mumkinligi taʼkidlandi.

Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida oʻz hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori boʻlgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezidentimiz 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻlishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sugʻorishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017-yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini oʻrnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Fermer xoʻjaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard soʻm subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard soʻm ajratilmoqda.

Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos oʻrnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli oʻrnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qoʻshimcha 7-8 million soʻm daromad olayapti.

Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari oʻrnatishga bogʻlash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Bugun, 7-noyabr kuni AOKAda is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, yong‘inlarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan
matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bu haqda ushbu lavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

—————

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание по мерам рационального использования воды и энергетических ресурсов, а также сокращению потерь в сельском хозяйстве.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun, 7-noyabr kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi “A.Navoiy” MFY hududidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurini avtotransport vositasi urib shikast yetkazgan.

Buning natijasida soat 21:18 dan boshlab hududdagi 300 ta xonadonning tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24: AQShning Kaliforniya shtatida to‘liq quyosh panellari orqali harakatlanuvchi mashina sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
❗️Noyabr oyi — “Energetika xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilingan

🔰Oylik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

⚖️Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish;

♻️Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish;

Aholi orasida tezkor-profilaktik va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
❗️Ноябрь объявлен «Месяцем энергетической безопасности»

🔰В рамках месячника планируется следующее:

⚖️Устранение и предупреждение незаконного использования топливно-энергетических ресурсов;

♻️повышение энергоэффективности отраслей экономики и социальной сферы за счет эффективного и рационального использования топливно-энергетических ресурсов;

проведение оперативно - профилактических мероприятий и правовой пропаганды среди населения.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Salom, men is gaziman!” — Ko‘rinmas qotil o‘zi haqida gapirib beradi

Har yili ko‘plab insonlarni nobud qiluvchi kulfat – is gazi haqida nimalar bilamiz? Animatsiyamiz orqali siz bu gaz va uning hujumidan saqlanish haqida eng muhim narsalarni bilib olasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Islandiya koinotdan quyosh energiyasini oluvchi ilk mamlakat bo‘lishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
YTTB va YI O‘zbekistondagi “Voltalia” quyosh elektr stansiyasi loyihasiga 54,5 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun asos solingan “Sarimay Solar” kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.

YTTBning 54,6 million dollargacha bo‘lgan moliyalashtirish paketi 44,8 million dollargacha kredit, shuningdek, qurilish bosqichida “Sarimay Solar” kompaniyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 9 million yevrolik maxsus moliyalashtirish dasturidan iborat bo‘ladi.

Loyiha YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 7 million dollarlik kreditning birinchi transhini qoplash kafolatini oladi. YI mablag‘lari YTTB faoliyat yuritayotgan YIdan tashqaridagi mamlakatlarda iqlim o‘zgarishini yumshatish texnologiyalarini joriy qilishni tezlashtirishga mo‘ljallangan.

Moliyalashtirish “Sarimay Solar” kompaniyasiga 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirishga yordam beradi, bu O‘zbekistonning 2030-yilgacha 25 GVtgacha quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish maqsadiga hissa qo‘shadi.

Bu “Voltalia” kompaniyasining O‘zbekistonda tanlov asosida g‘olib bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha birinchi loyihasi hisoblanadi. Stansiya ishga tushirilgach, yiliga 220 mln kVt⋅soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi va uglerod gazining yillik chiqindilarini 92,4 ming tonnadan ortiq kamaytirishi kutilmoqda.

—————

ЕБРР и ЕС предоставили более $54,5 млн проекту солнечной электростанции французской «Voltalia» в Узбекистане


ЕБРР и Европейский фонд устойчивого развития ЕС выделили финансирование до $54,6 млн компании «Sarimay Solar», основанной французской «Voltalia» для строительства и эксплуатации солнечной электростанции мощностью 100 МВт в Хорезмской области Узбекистана.

Финансовый пакет ЕБРР в размере до 54,6 млн долларов будет состоять из кредита в размере до 44,8 млн долларов, а также специальной программы финансирования в размере 9 млн евро, которые пойдут на поддержку «Sarimay Solar» на этапе строительства.

Проект получит гарантию, покрывающую первый транш кредита в размере 7 млн долларов, предоставленный Европейским фондом устойчивого развития Европейского союза. Средства ЕС предназначены для ускорения внедрения технологий по смягчению последствий изменения климата в странах за пределами ЕС, где ЕБРР осуществляет свою деятельность.

Финансирование поможет «Sarimay Solar» построить и эксплуатировать новую солнечную фотоэлектрическую станцию мощностью 100 МВт, которая будет способствовать достижению цели Узбекистана по выработке до 25 ГВт солнечной и ветровой энергии к 2030 году.

Это первый проект по возобновляемой энергетике, выигранный на конкурсной основе европейской компанией «Voltalia» в Узбекистане. Ожидается, что после ввода в эксплуатацию станция будет вырабатывать до 220 млн кВт⋅ч электроэнергии в год и сократит ежегодные выбросы углерода более чем на 92,4 тысячу тонн.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalar.

👉 Matnni o‘qish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

📍Noyabr oyi — energetika xavfsizligi oyligi

⚡️Energiya resurslarini behuda sarflamang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt