MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24: Xitoyda bekatning o‘zida zaryadlanadigan dunyodagi birinchi elektroavtobus taklif etildi.

Tezkor quvvatlash tizimi 5 daqiqada akkumulyatorni 40 km masofani bosib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan elektr toki bilan taʼminlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorij_xabarlari

Xitoy quyosh energetikasi sanoati: yanvar-fevral oylarida yangi quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 36,72 GVtni tashkil etdi


Xitoy Milliy energetika boshqarmasining (NEA) ma’lum qilishicha, fevral oyi oxirida mamlakat quyosh fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 646,2 GVtni tashkil qilgan.

NEA ma’lumotlariga ko‘ra, quyosh fotoelektr stansiyalari yanvar va fevral oylarida 36,72 GVtga oshgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 80 foiz ko‘pni tashkil qiladi. Fevral oyi oxirida Xitoyning jami quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 646,2 GVtga yetgan.

Mamlakat 2023-yilda 216,88 GVt yangi quyosh fotoelektr stansiyalari quvvatini ishga tushirgan. Bu 2022-yildagiga nisbatan 148,12 foiz ko‘p. 2022-yilda mamlakat 87,41 GVt quyosh energiyasini ishga tushirgan.

—————

#Foreign_news

Chinese PV Industry Brief: New PV hit 36.72 GW in January-February period


China’s National Energy Administration (NEA) says that the nation’s cumulative PV capacity hit 646.2 GW at the end of February.

The NEA said that PV installations surged in January and February to 36.72 GW, up 80% year on year. China's cumulative solar capacity reached 646.2 GW at the end of February.

The nation added 216.88 GW of new PV capacity in 2023, up 148.12% from 2022. In 2022, the country added 87.41 GW of solar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Zangiota tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida 6 dona to‘plamdagi mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Farg‘ona shahri va tumanidagi 30 mingdan ortiq aholi hamda 250 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining elektr ta’minoti sifati yaxshilanadi

Farg‘ona shahrining asosiy qismi va Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Quvasoy” podstansiyasining salohiyatini oshirish maqsadida quvvati 40 ming kVA bo‘lgan yangi zamonaviy kuch transformatori olib kelindi.

Mazkur yangi kuch transformatori podstansiyadagi 25 ming kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga o‘rnatiladi.

Loyihaga ko‘ra, ushbu podstansiyaga 2 dona xuddi shunday kuch transformatori olib kelinishi rejalashtirilgan.

Loyiha yakunlangach, Farg‘ona shahri hamda Farg‘ona tumanidagi 30 mingdan ortiq aholi va 250 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining elektr ta’minoti sifati yaxshilanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Fars News”: Namanganda uchta elektr stansiya qurilishi boshlandi

Eronning “Fars News” axborot agentligi “O‘zbekistonning Namangan viloyatida uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi” sarlavhali maqolani elon qildi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.

Batafsil / Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor: Pop tumanida quyosh fotoelektr stansiyalarining ishga tushirilishi nafaqat aholini, balki biz tadbirkorlarni ham elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojimizni uzluksiz ravishda qondiradi. Buning natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmogʻi 60 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolchilarni boshqa manbalardan taʼminlash choralari koʻrilyapti.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm boʻlgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qoʻporilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda noqulay ob-havo (qattiq shamol va yomgʻir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
FVV ogohlantiradi: kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralarini koʻring

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayni paytda mamlakatimiz hududlarida kuzatilayotgan kuchli shamol paytida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishimiz kerakligini eslatmoqda:

🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkiting;

🔹elektr va gaz vositalarini oʻchiring;

🔹koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmang;

🔹koʻp qavatli binolar balkonlari, deraza tokchalarida turgan hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻying yoki mustahkamligini tekshiring;

🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va yashirinish mumkin boʻlgan boshqa joylarda muhofazalaning;

🔹ochiq maydonda yurgan paytingizda pastliklar, chuqurliklar hamda xavfsiz boʻlgan boshqa barcha yerlarga yotgan holda himoyalaning;

🔹buzilgan binolarga kirmang, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinmang;

🔹kuchli shamoldan soʻng elektr hamda gaz jihozlaridan foydalanmoqchi boʻlsangiz, ularni avvalo yaxshilab tekshiring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 11:35 da Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi iste’molchilar boshqa manbalardan elektr energiyasi bilan to‘liq taʼminlandi.

Ayni paytda esa, daraxt yiqilishi oqibatida Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasidagi gaz quvurida
yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida isitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Energetika vazirligida senator Stiven Deyns boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mamlakatlarimiz barcha yoʻnalishlar qatori yoqilgʻi-energetika hamda togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohalarida ham izchil hamkorlik qilib kelayotgani alohida qayd etib oʻtildi.

Xususan, “Air Products”, “Schlumberger”, “Honeywell UOP” singari kompaniyalar bilan neft-gaz sohasida, “General Electric“ kompaniyasi bilan elektr energiyasi tarmogʻida bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. USAID tashkiloti bilan esa “Markaziy Osiyo energetikasi” hamda “Kelajak energiyasi” loyihalari boʻyicha hamkorlikda ishlanyapti.

Tomonlar mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini, kelgusida bundan samarali foydalanish ikki taraf uchun ham manfaatli ekanligini taʼkidladilar.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 15:30 da Chilonzor tumani, 19-mavze, Xirmontepa mahallasidagi gaz quvurida ta’mirlash ishlari yakunlanib, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24
: Shvetsariya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vodorod poyezdi 46 soat davomida to‘xtovsiz harakatlanib, 2803 km masofani bosib o‘tdi va yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube