MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.54K videos
90 files
7.06K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda

“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, ekin maydonlari va tog‘li hududlardan o‘tuvchi 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida ayni sovuq ob-havo sharoitida ham alohida safarbarlik asosida ish olib borilmoqda.

Xususan, hozirgi vaqtda “Sirdaryo IES” maxsus ishchi-guruhlari tomonidan 220 va 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida tungi nazorat tadbirlari o‘tkazilyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 19-fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli shamol natijasida elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda

Energetiklar tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qaramay isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida zarur choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va yogʻingarchilik natijasida elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar sovuq ob-havo hukmronligiga qaramay bartaraf etilyapti.

Kun qahramonlari haqida “ZO’R TV" telekanalining “BU KUN” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

Gazli MGQB: kompressor stansiyalardagi barcha agregatlar bir maromda ishlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi kompressor stansiyalaridagi barcha agregatlar bir maromda tabiiy gaz yetkazib bermoqda.

Inshootdagi qurilmalar mutaxassislar nazorati ostida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida “Toshkent IES” AJda tuzilgan maxsus shtab tunu kun navbatchilik asosida faoliyat
ko‘rsatmoqda.

Ayni kunlarda yurtimizda kechayotgan sovuq ob-havo sharoitida ham korxonada muntazam texnik-profilaktik tadbirlar olib borilyapti.

Xususan, bugun 110/220/500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida teplovizor orqali nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

—————

#На_основе_24_часовой_смены

Специальный штаб АО «Ташкентская ТЭС» созданный с целью стабильного снабжения потребителей электроэнергией 
работает в круглосуточном режиме.

В нынешние холодные дни, наблюдающиеся в нашей стране, проводятся регулярные технические и профилактические мероприятия.

В частности, сегодня была проведена тепловизионная проверка открытых распределительных устройств 110/220/500 кВ.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Noqulay ob-havo tufayli olis hududlardagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar energetiklar tomonidan bartaraf etilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir boʻlayotgan nosozliklarni oʻz vaqtida taʼmirlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib borilmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumanidagi “Toqchiyon” podstansiyasidan chiquvchi elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik soha xodimlari tomonidan tezkor bartaraf etildi.

Shu bilan birga, Boysun tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Qoʻrgʻoncha” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlikni qisqa vaqt ichida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Buxoro viloyatidagi 110 kVli “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etilib, tarmoq ishga tushirildi.

Hozirgi vaqtda “L-Gazli-1” elektr uzatish tarmogʻida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, elektr energiyasi bilan ushbu tarmoqdan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar ayni paytda zaxiradagi “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali taʼminlanyapti.

Eslatib oʻtamiz, 17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida mazkur tarmoqlar jiddiy shikastlangan boʻlib, ularni taʼmirlash-tiklash ishlari murakkab ob-havo sharoitlarida ogʻir kechmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari sanoat korxonalarida suvni tejash va uni qayta ishlash texnologiyasini yaratdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube