MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
11.1K photos
3.14K videos
90 files
8.51K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Xonada gaz hidi sezilganda harakat qilish bo‘yicha tavsiya.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va “yashil” energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi “ACWA Power” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Mamlakatimiz hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, “yashil” vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках участия во внеочередном арабо-исламском саммите в городе Эр-Рияде
принял министра энергетики Саудовской Аравии принца Абдулазиза Бин Салмана Аль Сауда.

Были рассмотрены вопросы реализации совместных инвестиционных проектов и дальнейшего расширения практического взаимодействия в области «зеленой» энергетики.

Глава нашего государства с особым удовлетворением отметил плодотворное партнерство с ведущей компанией «ACWA Power», которая активно участвует в модернизации энергетического сектора Узбекистана на основе прямых инвестиций и передовых технологий.

Особое внимание уделено ускорению реализации проектов по строительству ветряных и солнечных электростанций в регионах нашей страны, а также по производству «зеленого» водорода.

Достигнута договоренность о привлечении саудовских компаний и консультантов в процессы повышения локализации и энергоэффективности предприятий страны.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.

—————

В рамках программы рабочего визита в город Эр-Рияд Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял министра инвестиций Саудовской Аравии Халида аль-Фалиха.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Uchtepa tumanining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bugun, 11-noyabr kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 14-mavze, 11-uy yonidan o‘tgan past bosimli gaz quvurining ustunini avtomashina urib yuborishi tufayli hududdagi 72 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni vaqtda gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlar olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlanganidan keyin gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2024-yilda toza energetika va infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar jahon miqyosida 2 trillion dollarga yetadi

Bu haqda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasi ijrochi kotibi Saymon Stil maʼlum qildi.
“Mazkur miqdor qazilma yoqilgʻiga sarflanadigan mablagʻdan deyarli ikki barobar koʻproq”,

— dedi u Boku shahrida boʻlib oʻtgan COP-29 konferensiyasi ochilishida.

Iqlim oʻzgarishi keltirib chiqargan inqiroz, xohlaymizmi-yoʻqmi, butun dunyo aholisini qamrab oladi va
“...bugun biz Boku shahrida ana shu muammolarni hal qilish uchun toʻplandik”,

deya taʼkidladi Stil.

Uning soʻzlariga koʻra, iqlimni moliyalashtirish boʻyicha yangi global maqsad kelishib olinishi lozim.

Bugun Bokuda toʻplanganlar Parij shartnomasining 6-moddasi boʻyicha kelishuvni yakunlab, xalqaro uglerod bozorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari kerak, dedi Saymon Stil.

—————

Инвестиции в чистую энергетику и инфраструктуру в 2024 году достигнут в глобальном масштабе $2 трлн.

Заявил исполнительный секретарь Рамочной конвенции ООН об изменении климата Саймон Стил.
"Это почти в два раза больше, чем в ископаемое топливо",

- сказал он в Баку на открытии COP29.

Кризис, вызванный климатическими изменениями, так или иначе затронет каждого человека в мире и сегодня
"мы собрались в Баку решать эти проблемы".

Должна быть согласована новая глобальная цель по климатическому финансированию, сообщил Стил.

Собравшиеся сегодня в Баку должны дать старт работе международных углеродных рынков, завершив согласование по Статье 6 Парижского соглашения, добавил он.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika xavfsizligi oyligi: Energetika vazirligida xodimlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi

Xabar berganimizdek, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan “Qish mavsumini betalofat oʻtkazish va isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish” boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilinib, unga koʻra, 2024-yilning noyabr oyi — “Energetika xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilingan.

Taʼkidlash kerakki, mazkur qaror ijrosi yuzasidan hududlar boʻylab barcha tizim korxonalari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, ulardan oqilona foydalanish, qish mavsumiga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi masalalari yuzasidan Energetika vazirligi va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil qilindi.

Seminarda oylik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar, energiya resurslari taʼminotida korxonalar va xodimlarning burch va majburiyatlari haqida zarur tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hurmatli fuqarolar❗️

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisidan ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida davlat organlari va tashkilotlari uchun energiya menejerlari tayyorlanadi

Energetika vazirligi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniya energetika agentligi (DENA) bilan birgalikda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida Energiya menejerlarini tayyorlash va energiya samaradorligi bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Qirg‘iziston OAV: O‘zbekiston 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirishni maqsad qilgan

👉
Batafsil / Батафсил

—————

«Вечерний Бишкек»: Узбекистан обладает уникальным потенциалом по развитию возобновляемых источников энергии

👉Подробнее

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt