MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Surxondaryo viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda va ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish muhim hisoblanadi.

Surxondaryo viloyatida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, bugun, 5-aprel kuni kompaniyaning Surxondaryo viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.

Endi kompaniya viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish hamda ekspluatatsiyasini nazorat qilish, shu bilan birga ularni doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.

Mazkur filial quyosh fotoelektr stansiyalarining ish rejimlarini doimiy nazorat qilish, yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish, quyosh panellariga servis xizmati ko‘rsatish singari xizmatlarni ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 10-11-dekabr kunlari Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, joriy yil yanvar-mart oylarida Jizzax, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xuddi mana shunday quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazlari ishga tushirildi.

Yana bir ahamiyatli jihati, “Yashil energiya” kompaniyasi quyosh panellarini changdan tozalash xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi.

Ma’lumot uchun: Ertaga Qashqadaryo viloyatida ham mana shunday servis markazlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Qashqadaryo viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi

Yurtimizda yuqori surʼatlarda joriy etib borilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish masalasi dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Shu maqsadda Qashqadaryo viloyatida ham kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, bugun, 6-aprel kuni kompaniyaning Qashqadaryo viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.

Endi kompaniya viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish hamda ekspluatatsiyasini nazorat qilish bilan birga, doimiy ravishda monitoring ham qilib boradi.

Mazkur filial quyosh fotoelektr stansiyalarining ish rejimini doimiy nazorat qilish, yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish, quyosh panellariga servis xizmati ko‘rsatish singari xizmatlarni taqdim qilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
“Sirdaryo” IES: quyosh panellari o‘rnatilishi hisobiga qariyb 1 mlrd so‘m iqtisod qilindi

Sirdaryo viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Sirdaryo” IES korxonasida 2023-yilda quvvati 1326 kVt bo‘lgan quyosh panellari ishga tushirilgan bo‘lib, korxonada o‘z ehtiyojlari uchun ushbu quyosh panellari yordamida 1430 MVt•soat muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va natijada elektr energiyasi iste’molidan qariyb 1 mlrd so‘m iqtisod qilingan.

Shuningdek, “Sirdaryo” IES korxonasi hududida 2024-yilning 1-choragida qo‘shimcha ravishda 520 kVt hajmdagi quyosh panellari o‘rnatilib, hozirgi kunda to‘liq ishga tushirilgan.

Viloyatda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan davom ettirilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirishga erishilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.

_____________

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.

Глава государства ознакомится с реализуемыми проектами в высокотехнологичных отраслях промышленности, сельском хозяйстве и других сферах, проводимой работой по повышению доходов населения в махаллях. Предусмотрены также запуск новых предприятий и обсуждение приоритетных задач социально-экономического развития области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida sanoat va energetikada yangi loyihalarni boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

—————

В рамках поездки в Джизакскую область Президент Узбекистана принял участие в церемонии запуска новых проектов в промышленности и энергетике.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari qurilishiga start berdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube