MINENERGY.UZ
16.2K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
“Mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi.

Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida 20 daqiqa elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan

Bugun soat 11:22 da Uchtepa tumanidagi “Ozodlik” podstansiyasining bitta avtotransformatorida kichik nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlari ( jami 3 ming 750 ta) iste’molchilari elektr ta’minotidan uzilgan.

Soat 11:42 da (20 daqiqada) iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#avtomobilsiz_kun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tashabbusi bilan bugun, 29-mart kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkazilmoqda.

“Avtomobilsiz kun”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad — sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdan iboratdir.

Energetika vazirligi yurtdoshlarimizdan bugun xizmat va shaxsiy avtomobilida harakatlanishdan voz kechib, piyoda yurishga yoki avtobusdan, metrodan, velosipeddan foydalanishga, ushbu muhim tadbirda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga chaqirib qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashishda Energetika vazirligi ko‘rsatkichlari “yaxshi” deya baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali tatbiq etilganligi baholandi.

Reyting natijalariga ko‘ra, Energetika vazirligining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘rsatgichlari “yaxshi” deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlikning 2022-yilgi natijalari qoniqarsiz deya baholangan edi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Elektr energiyasidan oqilona foydalanaylik” — Imom noibi Muhammadjon domla

Farg‘ona tumanidagi “Xo’ja Ahmad Valiy” jome’ masjidi imom noibi Muhammadjon domla energiya resurslaridan oqilona foydalanish va ushbu resurslarning bugungi kunda ahamiyati nechog‘li katta ekanligi haqida ma’ruza qildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan energiya tejamkorligini taminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24: Работы, осуществляемые прокуратурой Самаркандской области по обеспечению энергоэффективности.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Baxram Mamatmuratovich Mansurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Azim Israilovich Axmedxadjayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Azizxo‘ja Ochilovich Qobilov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Ayrim hududlarning elektr ta’minotida 25 daqiqa uzilish kuzatilgan

Soat 14:45 da Qashqadaryo viloyatidagi “Tolimarjon” issiqlik elektr stansiyasining 2 ta bug‘-gaz qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlaridagi iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

Soat 15:10 da (25 daqiqada) yuqoridagi barcha iste’molchilar zaxira manbalar yordamida elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan.

Hozirgi vaqtda mazkur stansiyaning maxsus brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro Gʻ.Yu. “Gulbahor” massivi hududidagi yer maydonida va fuqaro I.Z. “Toshloq” MFYdagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 258,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q-Q.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari fermer xo‘jaligining noturar binosida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 144,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Amal_qiling

Energiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish o‘g‘rilik sifatida baholanadi


🔰Qonunchilikka ko‘ra, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Соблюдайте

Самовольное подключение к энергосетям расценивается как кража

🔰Законодательством установлено, что самовольное подключение к сетям, повреждение приборов учета, их пломб либо изменение показателей приборов учета расцениваются как кража или мелкое хищение, и влекут за собой ответственность.

‼️Незнание закона не освобождает от ответственности...

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Issiqlik elektr stansiyalari tizimidagi yangi loyihalar tahlili haqida reportaj.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173-sonli qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti.

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №173 от 30 марта 2024 года продлевается срок действия максимальной розничной цены, установленной на газ «метан».

Теперь при продаже природного газа на автозаправочных компрессорных станциях для легковых автомобилей его максимальная розничная цена установлена на уровне 3350 сумов за кубометр до 1 июня 2024 года.

То есть предельный срок действия самой высокой розничной цены, который должен закончиться 1 апреля, будет действовать еще два месяца с учетом поправок (предыдущая цена составляла 3250 сумов).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube