MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.53K videos
90 files
7.05K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Soat 11:04 da Yunusobod tumanidagi “Botanicheskaya” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Yunusobod tumanining bir qismi elektr taʼminotidan uzilgan. Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Axborot 24 | Energetika vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida 833 ming dollarlik shartnoma imzolandi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Новости 24 | Министерство энергетики подписало контракт с ПРООН на $833 тыс.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini tejash

- Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga o‘rtacha 10 vatt va oyiga o‘rtacha 7,3 kVt⋅soat elektr energiyasini sarflaydi. Ularni tarmoqdan to‘liq uzib qo‘yish lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Экономия электрической энергии

- А знаете ли вы, что телевизор, аудио система, магнитофон, в режиме ожидания, потребляет в среднем 10 ватт в час и за месяц в среднем 7,3 кВт⋅час. Их необходимо полностью отключать из сети.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 17:28 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumandagi 3500 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’ziya

O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Abdullayev Hamidulla Nabibullayevich 70 yoshida vafot etdi.

H.Abdullayev 1953-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1976-yilda “Toshissiqliktarmoq” korxonasi qozon mashinisti vazifasidan boshlagan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida rahbar lavozimlarda, 2005-2007-yillarda “Apartak” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari, 2007-2021-yillarda “Energota’mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Energetika vazirligi butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga baxsh etgan fidoyi energetik Abdullayev Hamidulla Nabibullayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

H.Abdullayevning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimiy saqlanib qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 3 ta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 14-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Olmazor tumani:
“Namuna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Elektr taʼminotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini qanday tejash mumkin

— Odatda, ochiq rangli devorlar yoki ochiq rangli oboylar bo‘lgan xonalar to‘q rangli xonalarga qaraganda kamroq yoritishni talab qiladi. Buni keyingi ta’mirlash vaqtida hisobga olish mumkin. Bundan tashqari, oq rangli pardalardan foydalanish yaxshiroqdir.

— Sovutgichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Bu muzlatgichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foizga oshiradi.

— Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Как экономить электроэнергию

— Если стены в комнатах выкрашены в светлые тона или обклеены светлыми обоями, то в них обязательно будет светлее. А значит, электроэнергии в течение суток будет затрачиваться меньше, чем для комнат, оформленных в тёмных тонах. Это можно учесть во время следующего ремонта. Также лучше использовать светлые шторы.

— Не устанавливайте холодильник рядом с газовой плитой или радиатором отопления. Это увеличивает расход электрической энергии, потребляемой холодильником, на 20-30 %.

— Покупайте электробытовую технику и электронные приборы с низким электропотреблением и высокой энергоэффективностью класса «А», «А +», «А ++» или «А +++»

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangiliklar 24 | Xorazm viloyatida “Quyoshli xonadon” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayadi

Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab Kavkazdan kirib kelayotgan havo harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Dam olish kunlari harorat +33…+38 daraja, faqat ayrim joylarda +39…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Жара в Узбекистане немного спадёт на выходных

В пятницу воздух с Кавказа продолжит своё продвижение по территории Узбекистана, и жара повсеместно начнёт ослабевать. Температура будет в пределах +33…+38 градусов, и лишь местами будет достигать +39…+40.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг Ўзбекистон Республикаси сайланган Президентининг лавозимига киришишига бағишланган қўшма мажлиси мажлиси бошланди. Тантанали маросимни "O`zbekiston 24" телеканалида ва қуйидаги ҳаволалар орқали жонли эфирда томоша қилинг:

Youtube

Facebook

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV: elektr uskunalaridan foydalanish qoidalariga rioya qiling! Ogoh bo‘ling, hayotingiz va mol-mulkingizni yong‘in xavfidan himoya qilish o‘z qo‘lingizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi.

—————

Выступление вновь избранного Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии вступления в должность на совместном заседании палат Олий Мажлиса.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Muborak issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Stansiyaning umumiy maydoni 1,3 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1780 tadan ortiq quyosh panellari o‘rnatildi.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida markazda yiliga qo‘shimcha 2,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

—————

На Мубарекской тепловой электроцентрали введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция  мощностью 1,2 МВт

С целью использования для собственных нужд на предприятии введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1,2 МВт. 

Общая площадь фотоэлектростанции составляет 1,3 га. На станции установлено более 1780 солнечных панелей.

В результате ввода в эксплуатацию этой электростанции дополнительно будет вырабатываться  2,7 млн кВт⋅час электроэнергии в год. 

В результате будет сэкономлено 500 тысяч кубометров природного газа в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon

Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha elektr ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga uzluksiz va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ishlar jadal olib borilmoqda. Jumladan:

Yakkasaroy tumanining Hamid Sulaymon nomidagi MFY hududida joylashgan transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu hududga 3 kilometrdan ortiq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortildi. Buning natijasida 300 dan ortiq aholi xonadonlari elektr energiyasi bilan sifatli taʼminlanadi.

Yangihayot tumanining iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tuman hududidagi transformator punktidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida 150 ga yaqin aholi xonadonlari elektr energiyasi bilan sifatli taʼminlanadi.

Yashnobod tumanining “Bahor” MFY, Yangihayot ko‘chasidagi transformator punktidan ta’minlovchi yer ostidan o‘tgan elektr uzatish kabel tarmog‘inining shikastlangan qismini ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Bu bilan isteʼmolchilarning elektr taʼminoti yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.

Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Xorazm” podstansiyasidan chiquvchi “L-Xorazm” 110 kVli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tezkor brigadalar tomonidan bartaraf qilindi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Qorasuv shahrining Mirzo Ulug‘bek nomidagi MFY hududida yashovchi 80 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube