MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9K photos
2.57K videos
90 files
7.12K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Пресс-тур: в Узбекистане установлена первая крупная ветряная турбина

Сегодня, 13 июня, Министерство энергетики организовало пресс-тур для представителей СМИ, журналистов и блогеров с целью ознакомления с работами, проводимыми в рамках проекта строительства ветряной электростанции мощностью 500 МВт в Томдинском районе Навоийской области.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tolimarjon IES: OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

Unda OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar korxonada amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihasi, quyosh fotoelektrstansiyasi hamda energotejamkor texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil

—————

Талимарджанская ТЭС: для представителей СМИ организован пресс-тур

В нем представители СМИ, журналисты и блогеры ознакомились с реализуемым новым инвестиционным проектом, солнечной фотоэлектрической установкой и энергосберегающими технологиями предприятия.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida tunggi vaqtda elektr ta’minoti vaqtincha tо‘xtatiladi

Iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik va elektr energiyasi iste’moli hajmi tunggi vaqtda kamayishini hisobga olgan holda, joriy yilning 14-iyun kuni poytaxtimizning Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi tunggi soat 01:00 dan tonggi 03:00 ga qadar vaqtincha о‘chiriladi.

Ayni vaqt oralig‘ida mazkur tumanlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/10/6 kVli “Xadra” podstansiyasining mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib boriladi.

Ushbu ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Shayxontohur tumanidagi – “Labzak”, “Jangoh”, “Eshonguzar” va “Kamolon” MFYlari;

Olmazor tumanidagi – “Eski shahar”, “Qо‘shtut”, “Zarhal”, “Chig‘atoy”, “Shoshiy”, “Guzarboshi”, “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Namuna” va “Hofiz Kо‘hakiy” MFYlari hududlarida elektr energiyasi vaqtincha о‘chiriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli iste’molchilardan uzr sо‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol tufayli Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Surxondaryo viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 18:45 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Denov shahri, Denov, Sho‘rchi, Uzun va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlaridagi jami 6 625 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yashnobod tumani: ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Soat 9:25 holatiga Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 10 kVli 5 ta tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumanning 58-harbiylar shaharchasi, “Aviasozlar 1,2,3,4-mavzelari, “Yangiobod” va  “Birlashgan” MFYlarning ayrim joylarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: yashil energetikaning ekologik foydasi va afzalliklari haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Poytaxtimizdagi qator tumanlarning ayrim hududlarida elektr qurilmalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari sabab elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida bugun, 14-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o`chirildi:

Yashnabod tumani:
«Shohsanam», «Katta Yangiobod», «Aviasozlar», «Navro‘zobod», «Parvoz» va «Dilbog‘» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Uchtepa tumani: «Bog‘iston» MFYning 4 ta ko‘p qavatli turarjoy binosida soat 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «Muqimiy» MFY hududida soat 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Do‘mbirobod» va «1-Charx Kamolon» MFYlari hududida soat 18:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xitoyda muqobil energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmi an’anaviy quvvatlarga nisbatan oshdi

“Muqobil energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmi jami quvvatlarning 50 foizidan oshdi”, deb xabar berdi “Reuters” axborot agentligi.

Xitoyda 2021-yili hayotga tatbiq qilina boshlagan strategik rejaga ko‘ra, muqobil, ya’ni shamol va quyosh elektr stansiyalari ishlab chiqarayotgan energiya quvvati 2025-yili umumiy hajmning 50 foizidan oshishi kerak edi. Biroq bunga 2023-yilning may oyidayoq erishildi. O‘tgan oyda muqobil energiya manbalari ishlab chiqargan elektr energiyasi 50,9 foizini tashkil qilgan.

Xitoy milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yakuniga kelib Xitoyning jami elektr energiyasi quvvati 2 564,05 GVt/soatga yetgan.

—————

China's installed non-fossil fuel electricity capacity exceeds 50% of total

China's non-fossil fuel energy sources now exceed 50% of its total installed electricity generation capacity, state media outlet Xinhua said on Monday, citing an official at state planner the National Reform and Development Commission.

Non-fossil fuel power sources, such as wind and solar power, account for 50.9% of the country's total installed capacity, marking the early completion of a government target proposed in 2021, under which renewable capacity was planned to exceed fossil fuel capacity by 2025.

By the end of 2022, China's installed power generation capacity was 2,564.05 GW, according to data from the National Bureau of Statistics (NBS).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi: ichimlik suvidan mashina yuvishda foydalanish mumkin emas

▶️ Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo‘yish) suvni to‘xtatib qo‘yish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qoidalarni buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (330 ming so‘m) 3 baravarigacha (990 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 650 ming so‘m) 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube