MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9K photos
2.57K videos
90 files
7.12K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Press-tur: O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

Bugun, 13-iyun kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Пресс-тур: в Узбекистане установлена первая крупная ветряная турбина

Сегодня, 13 июня, Министерство энергетики организовало пресс-тур для представителей СМИ, журналистов и блогеров с целью ознакомления с работами, проводимыми в рамках проекта строительства ветряной электростанции мощностью 500 МВт в Томдинском районе Навоийской области.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tolimarjon IES: OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

Unda OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar korxonada amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihasi, quyosh fotoelektrstansiyasi hamda energotejamkor texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil

—————

Талимарджанская ТЭС: для представителей СМИ организован пресс-тур

В нем представители СМИ, журналисты и блогеры ознакомились с реализуемым новым инвестиционным проектом, солнечной фотоэлектрической установкой и энергосберегающими технологиями предприятия.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida tunggi vaqtda elektr ta’minoti vaqtincha tо‘xtatiladi

Iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik va elektr energiyasi iste’moli hajmi tunggi vaqtda kamayishini hisobga olgan holda, joriy yilning 14-iyun kuni poytaxtimizning Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi tunggi soat 01:00 dan tonggi 03:00 ga qadar vaqtincha о‘chiriladi.

Ayni vaqt oralig‘ida mazkur tumanlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/10/6 kVli “Xadra” podstansiyasining mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib boriladi.

Ushbu ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Shayxontohur tumanidagi – “Labzak”, “Jangoh”, “Eshonguzar” va “Kamolon” MFYlari;

Olmazor tumanidagi – “Eski shahar”, “Qо‘shtut”, “Zarhal”, “Chig‘atoy”, “Shoshiy”, “Guzarboshi”, “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Namuna” va “Hofiz Kо‘hakiy” MFYlari hududlarida elektr energiyasi vaqtincha о‘chiriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli iste’molchilardan uzr sо‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol tufayli Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Surxondaryo viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 18:45 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Denov shahri, Denov, Sho‘rchi, Uzun va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlaridagi jami 6 625 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yashnobod tumani: ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Soat 9:25 holatiga Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 10 kVli 5 ta tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumanning 58-harbiylar shaharchasi, “Aviasozlar 1,2,3,4-mavzelari, “Yangiobod” va  “Birlashgan” MFYlarning ayrim joylarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube