MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.2K photos
2.63K videos
90 files
7.27K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Mazkur quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari yakunlanib, qurilma toliq yashil energiyasi ishlab chiqarishni boshladi.

Korxonada muqobil energiya manbalarini joriy etish hisobiga o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini 30-40 foizi tejalishiga erishilmoqda.

Mazkur stansiya yiliga 1 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 100 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Ma’lumot uchun: Markazda 2022-yilda jami sig‘imi 2400 litr bo‘lgan 17 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yiliga 100 ming Gkal issiqlik energiyasi iqtisod qilinmoqda.

—————

На Ташкентской ТЭЦ сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 505,6 кВт

Завершены работы по установке солнечных панелей и станция начала производить «зеленую энергию». 

На предприятии за счет внедрения возобновляемых источников энергии, обеспечивается экономия электрической энергии на 30-40 процентов, используемая для собственных нужд. Станция будет производить 1 млн кВт/час электроэнергии в год.

В результате будет сэкономлено 100 тыс. кубометров природного газа в год.

Для информации: в прошлом году данном предприятии было установлено 17 солнечных водонагревателей общей емкостью 2400 литров, что способствует  экономии 100 тыс. Гкал тепловой энергии в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent viloyati: tadbirkor elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida davlat manfaatlariga 493 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Toshkent viloyati, Qibray tumanida faoliyat olib borayotgan “N. Sh.” MChJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu tadbirkorga qarashli tо‘yxona va choyxonaning elektr qurilmalari elektr energiyasidan foydalanish shartnomasini rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada 1,1 mln kVt/soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 493 mln so‘m miqdorida qayta hisob ishlari amalga oshirildi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Soat 23:25da Toshkent shahridagi “Qo‘qon” podstansiyasida 35 kVli kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Buning natijasida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining bir qismida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirda Toshkent shahar elektr tarmoqlari filialining maxsus brigasi tomonidan podstansiyadagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024-yil 1-yanvardan Nukus shahrida:

▫️ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi;

▫️yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi;

▫️g‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.

Mazkur tajriba 2025-yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.

—————

В Нукусе с 1 января 2024 года предусмотрено следующее:

▫️запуск рейтинговой системы по использованию питьевой воды среди многоэтажных домов «Экономичный дом» и «Экономичная квартира»;

▫️поощрение по итогам года 20 квартир, потребивших наименьший объем воды, и 20 многоэтажных домов, в которых более 50 процентов квартир использовали воду в объеме меньше установленной нормы;

▫️бесплатная установка победившим квартирам и домам солнечных панелей или приборов освещения вокруг домов.

С 2025 года данный опыт будет внедрен в городе Ташкенте и во всех областных центрах.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’mirlash ishlari tufayli Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00ga qadar vaqtincha oʻchiriladi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Ma’rifat va Hurriyat ko‘chalari hamda “Oltintopgan” MFYning Oltintopgan ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining Baku, Boysun, G‘ijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy, Tuzel 1-mavzesi, Sialkova, Parkent, Oltintepa, S.Azimov, To‘ytepa, Istiqbol va Qashqadaryo ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Chilonzor tumanining Nurxon, Afshona hamda Qo‘shchinor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#exhibition #cooperation

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o'tadi

Ertaga, 9-iyun kuni soat 10:00da “O‘zeltexsanoat” uyushmasi
va Energetika vazirligi o‘rtasida kooperatsiya aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad — mamlakatimizda mahalliy tashkilot va korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

Ko‘rgazma doirasida uyushmaga a‘zo korxonalarning muqobil energiya, transformator va kuchlanish qurilmalari, kabel-sim va nasos va elektrodvigatel qurilmalari yo‘nalishlarida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari namoyish etiladi.

Ishtirokchilar: O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va boshqa tashkilotlar.

Manzil:
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosida. Toshkent sh, Shayxontoxur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi 10-uy.

Qo'shimcha ma'lumot

Murojaat uchun telefon: +99890-806-22-06

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Tuzel” podstansiyasining quvvati oshirilаdi

Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida “Tuzel” podstantsiyasidagi quvvati 6 300 kVА boʼlgan kuch transformatorining quvvati 10 000 kVA quvvatga almashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun, 8-iyun kuni quyidagi manzillarda soat 16:00dan 18:00gacha elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

Uchtepa tumanining
“Sharq yulduzi” mahallasi Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko‘chalari hududida;

Shayxontohur tumanining Bog‘ ko‘cha, Shayxontohur, Labzak, S.Xo‘jayev, Arxitektorlar va X.Asomov ko‘chalari hududida;

Mirzo Ulug‘bek tumanining Parkent, Oltintepa va Bo‘z mahallalari hududlarida.

Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Qo‘qon” podstansiyasi: nosozlik bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda

Bugun, 8-iyun kuni soat 17:14 da poytaxtimizdagi “Qo‘qon” podstansiyasida nosozlikning bir qismi bartaraf etilib, ushbu podstansiya orqali ta’minlanuvchi uchta podstansiyadan ikkitasi tarmoqqa ulandi va Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda.

Hozirgi vaqtda qolgan bitta podstansiyani tarmoqqa ulash choralari ko‘rilyapti. Ishlar yakunlangach, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklanadi.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi “Qо‘qon” podstansiyasida yuqori kuchlanishdagi 35 kVli kabel tarmog‘ini tiklash ishlari davom etmoqda.

Soat 21:00 holatiga, podstansiyadan chiquvchi 35 kVli Saziit-2 kabel tarmog‘iga kuchlanish berildi. Natijada Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Hozirgi paytda 35 kVli Saziit-1 kabel tarmog‘ida montaj ishlari olib borilmoqda. Tez fursatlarda qolgan hududlarning ham elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr sо‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nosozlik bartaraf etildi: Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Toshkent shahridagi “Qo‘qon” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun, 9-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

Chilonzor tumanining
“Bog‘iston” va “Lutfiy” MFYlari ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumanining
“Iyk ota” MFYning Imon (Ma’rifat), Mevazor, Orasta hamda Taraqqiyot ko`chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumanining
“Sh.Burxonov”, “Katta qorasuv”, “Bo‘z”, “Alpomish”, “Podshobog‘” va “Yalong‘och” MFYlari hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;

Yashnobod tumanining
Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2-, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To‘rtko‘l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko‘chalari hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha efirga uzatildi.

—————

Как сообщали, на Ташкентской ТЭЦ сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 505,6 кВт.

Об этом смотрите в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘rnatilgan kichik quvvatli quyosh tizimlari haqida ma’lumot

So‘nggi operativ ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan umumiy quvvati 240 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilgan.

Natijada respublika bo‘yicha iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 1,1 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

O‘rnatilgan quyosh panellarining 31,7 MVt quvvatga teng qismi Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, poytaxt iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 152 ming kVt/soat (shahar umumiy kunlik iste’molining – 0,6 % qismi) elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Ta’kidlash joizki, quyosh panellari o‘rnatilayotgan joylarda iste’mol ko‘rsatkichlari ma’lum bir darajada pasayayotgan bo‘lib, umumiy tarmoqning ma’lum miqdorlarda qizib ketishi yoki ishdan chiqishining oldi olinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “SACE” kredit agentligi birgalikda yangi istiqbolli loyihani amalga oshiradilar

Davlatimiz rahbarining Italiyaga tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes forum davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va Italiyaning “SACE” kredit agentligi o‘rtasida umumiy qiymati 2263,3 mln yevroga teng uchta yirik shartnoma va bitta memorandum imzolandi.

—————

АО «Тепловые электрические станции» и кредитное агентство «SACE» совместно реализуют новый перспективный проект

В ходе бизнес-форума, состоявшегося в рамках визита Главы нашего государства в Италию, между АО «Тепловые электрические станции» и итальянским кредитным агентством «SACE» подписаны три крупных соглашения и один меморандум с общей стоимостью 2263,3 млн евро.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube