MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.54K videos
90 files
7.06K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki natijalari e'lon qilindi.

—————

Объявлены предварительные итоги референдума Республики Узбекистан.

▶️
@minenergy_uz
#Yangi_Konstitutsiya

🔰 Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.


“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

▶️
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining toʻliq matni bilan ushbu havola orqali tanishing.

▶️@minenergy_uz
🔰 Вступила в силу Конституция Республики Узбекистан в новой редакции.

Впервые в истории Конституционный закон Республики Узбекистан «О Конституции Республики Узбекистан» был принят всенародным голосованием на референдуме, состоявшемся 30 апреля 2023 года.

Ознакомьтесь с полным текстом Конституции Республики Узбекистан в новой редакции по данной ссылке.

▶️@minenergy_uz
“Germaniyaning moliya institutlari va kompaniyalari “yashil energetika” bo‘yicha gapirishdi” — energetika vaziri Germaniyaning “Siemens energy” kompaniyasi bilan kelishuv haqida

“Bugungi forumning naqadar muhimligini ishtirokchilar zalga sig‘may qolganidan ham bilsa bo‘ladi”, — deydi Mirzamahmudov.

Batafsil — https://dy.uz/SpPzr

▶️@minenergy_uz
3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni

Energetika vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

—————

3 мая – Всемирный день свободы печати

Министерство энергетики искренне поздравляет всех работников средств массовой информации, журналистов и блогеров с 3 мая – Всемирным днём свободы печати!

▶️
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siemens O‘zbekistonda ikkita IES quradi

Germaniyaning Siemens kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kelishuvning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/09402046

▶️@minenergy_uz
Energetika vaziri va BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, jumladan, vodorod energiyasini rivojlantirish va energiya tejamkorlik kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

—————

Состоялась встреча Министра энергетики с Заместителем Генерального секретаря ООН, Исполнительным секретарем Европейской экономической комиссии

На встрече была представлена информация о работе, проводимой в области энергетики в нашей стране, в частности, по таким вопросам, как развитие возобновляемых источников энергии, в том числе водородной энергетики, энергосбережении.

▶️@minenergy_uz
#infografika

Toshkent shahrida past va о‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bо‘yicha 2023-yil mart-aprel oyilarida amalga oshirilgan ishlar
infografikasi.

▶️
@minenergy_uz
#инфографика

Инфографика о проделанной работе в период с марта по апрель 2023 года по модернизации и реконструкции линий электропередачи низкого и среднего напряжения в городе Ташкенте.

▶️
@minenergy_uz
“O‘zenergoinspeksiya”: Aprel oyida iste’molchilar tomonidan 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 54 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

▶️@minenergy_uz
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Siemens Energy” yangi istiqbolli loyihani birgalikda amalga oshiradi

Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Siemens Energy” o‘rtasida Buxoro shahar 3-sonli issiqlik ta’minoti qozonxonasida va Muborak IEM korxonasida energosamarador gaz turbinasi o‘rnatish bo‘yicha ikkita loyiha doirasida 72 mln yevro miqdorida shartnoma imzolandi.

—————

АО «Тепловые электрические станции» и «Siemens energy» совместно будут осуществлять новые перспективные проекты

На полях бизнес-форума Германия-Узбекистан между АО «Тепловые электрические станции» и «Siemens Energy» в рамках двух проектов заключены договора на общую сумму 72 млн евро по установке энергоэффективных газовых турбин в котельной №-3 по теплоснабжения в г. Бухара и на Мубарекской ТЭЦ.

▶️@minenergy_uz
Gaz bosimi me’yorda: gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi”da ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning ma’lum muddatga pasayishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Hurmatli fuqarolar, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda bo‘lib, respublikamiz, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emasligini ma’lum qilamiz.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlanganligi, hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani bois ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Nazorat tadbirlari: aprel oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan qariyb 30 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yil aprel oyida 262 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 29,7 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha tahlil qilinganida, asosan:

AGTKSHlarda 4 ta holatda 0,5 mlrd so‘m;

issiqxonalarda 3 ta holatda 0,8 mlrd so‘m;

ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 43 ta holatda 10,8 mlrd so‘m;

umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 45 ta holatda 0,4 mlrd so‘m;

boshqa ulgurji iste’molchilar tomonidan 167 ta holatda 16,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

▶️@minenergy_uz
Elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun, 5-may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Uchtepa tumanlari hududlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00ga qadar vaqtincha oʻchiriladi. Xususan:

Mirzo Ulug‘bek tumanining “A.Temur” va “Jasorat” MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Uchtepa tumanining “Beshqayrag‘och” MFY hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.

Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

▶️@minenergy_uz