Toyloq tumanida tadbirkor foydalangan elektr energiyasining hisob-kitobini sun’iy ravishda kamaytirib ko‘rsatishi natijasida tizimga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “O.E” MChJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitobi miqdori sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etib kelingani aniqlandi.
Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzar MChJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda
▶️@minenergy_uz

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlandi
Bugun, 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”dagi shoir haykali poyida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida adabiy-ma’rifiy tadbir hamda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Videoni ko‘rish

Bo‘stonliq tumanida elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida kuchli shamol hamda qor yog‘ishi natijasida tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqlarda nosozliklar yuzaga kelgan.
Buning natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 9-fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.
Qator iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishish, aholi bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
————
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.
Предусматривается ознакомление с деятельностью ряда экономических и социальных объектов, проведение диалога с народом, обсуждение актуальных вопросов развития региона.

1-maydan barcha gaz shoxobchalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralari majburiy o‘rnatiladi
Prezidentimizning 2023-yil 10-fevralda “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-son farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan, 2023-yil 1-maydan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi.

Rasmiy munosabat: Vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari belgilangan tartibda faoliyat yuritadi, tarmoqlarda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz
Ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi” mazmunida xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz.
Respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKShlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.
O‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining navbatdagi sonida tahlil qilinadigan mavzular:
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yerusti metrosining yangi bekatlari va transformator zavodi bilan tanishdi, poytaxt uchun dolzarb masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi;
- Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga safari tafsilotlari;
- Zamindan kuch olayotgan kuchli ayol qissasi.
Ko‘rsatuvni bugun, 11-fevral kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 12-fevral kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Yakkasaroy tumanining ayrim ko‘chalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun, soat 21:52da Yakkasaroy tumanining ayrim ko‘chalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.
Buning natijasida tumanning Abdulla Qahhor, Bobur va Kichik Beshyog‘och ko‘chalaridagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirda elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari tez orada yakunlanadi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

2026-yilga borib Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 3073 MVt bo‘lgan 2 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Xususan:
➖2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;
➖2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilning noyabr oyida Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
—————
К 2026 году в Сырдарьинской области будут введены в эксплуатацию 2 современные тепловые электростанции общей мощностью 3073 МВт
В частности:
➖К концу 2023 года саудовской компанией «ACWA Power» будет введена в эксплуатацию тепловая электростанция мощностью 1500 МВт на территории города Ширин и Баяутского района;
➖В 2026 году консорциумом компаний «EDF» (Франция), «Nebras» (Катар), «Sojitz Corporation» (Япония) и «Kyuden International Corporation» (Япония) будет введена в эксплуатацию тепловая электростанция мощностью 1573 МВт в Баяутском районе.
Для справки: В ноябре 2022 года теплоэлектростанция мощностью 220 МВт была введена в эксплуатацию турецкой компанией «Cengiz Enerji» в Хавастском районе.
Пресс-служба Министерства энергетики

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on» — energetika vaziri
—————
«Информация о том, что Узбекистан передал России эксклюзивные права на все месторождения нефти и газа, является ложью» — министр энергетики

Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
A.Jumanazarov elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha Energetika vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.
Mazkur tayinlovga qadar A.Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Quyosh energiyasi xonadonning elektr energiyasiga sarflanadigan xarajatini 4 barobarga qisqartirdi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘z xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatib, uning bir qator foydalari haqida so‘zlab berdi.
Bu haqda batafsil ushbu lavhada tanishishingiz mumkin.

YouTube
Quyosh energiyasi: xonadonning elektrga sarflanadigan xarajati 4 barobar qisqardi
Shovot tumanidagi metan gaz shoxobchasida 11-fevral kuni soat 7:00dan 8:00ga qadar avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gaz 3000 so‘mdan sotilgani maʼlum bo‘lgan. Shundan so‘ng, tushuntirish ishlari olib borilib, 2700 so‘mdan sotilishi taʼminlangan
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Shovot tumanida metan gaz narxini 2700 so‘mdan 3000 so‘mga chiqarishdi” sarlavhali xabar eʼlon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Ushbu holat Xorazm viloyati, Shovot tumani, Xitoy qishlog‘ida joylashgan “Yashnarbek Rajabov” xususiy korxonasiga qarashli AGTKSHda 2023-yil 11-fevral kuni soat 7:00dan 8:00ga qadar avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gaz 3000 so‘mdan sotilganligi maʼlum bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida korxona rahbariyati bilan shoxobchada yuzaga kelgan ushbu holat muhokama qilinib tushuntirish va tavsiyalar berilgan.
Shundan so‘ng, 2023-yil 11-fevral kuni soat 8:00dan boshlab shoxobchada avtomobillarga 1 metr kub siqilgan gazni 2700 so‘mdan sotilishi yo‘lga qo‘yilgan va hozirgi kunda ham ushbu narxda sotilmoqda.

Buxoro viloyatida 6 kun ichida 1,7 mlrd so‘m miqdoridagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Joriy yilning 9-14-fevral kularida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 66 ta holatda 3,6 mln kVt⋅soat miqdoridagi (jami 1,7 mlrd so‘m) elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 18 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi. Xususan:
➖G‘ijduvon tumanida joylashgan “Mirzayon zamini sardori” fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 428 mln so‘m;
➖Buxoro shahar, “Havzi Nav” MFY, “Beruniy” ko‘chasi, 52-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Y. ga tegishli mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi orqali 321 mln so‘m;
➖Shofirkon tumanida fuqaro U.I. ga tegishli qum tarkibidan rangli metal ajratish uskunasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 134 mln so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirildi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
👉Batafsil
▶️@minenergy_uz
👉Batafsil
▶️@minenergy_uz
Vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
So‘nggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosimning me’yordan pasayishi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabining keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning iste’moli o‘rtasidagi me’yorni ta’minlash, xususan, energotizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.
Shuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortishi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida inson omilisiz o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda uzilish holatlari kuzatilmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Yuqoridagi holatlar tufayli keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.