MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
11.1K photos
3.15K videos
90 files
8.54K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident quyosh panellarini o‘rnatish ham energetika tizimi uchun, ham oilalar uchun manfaatli bo‘lishini tushuntirdi

—————

Президент объяснил, как установка солнечных панелей будет выгодна и для энергетической системы, и для семей

▶️@minenergy_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, turk qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турецкой Республики в Узбекистане и вновь
выразил соболезнования турецким братьям.

▶️
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasiga tashrif buyurib, qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

—————

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турции в нашей стране и
выразил соболезнования братскому турецкому народу

▶️
@minenergy_uz
“O‘zbekgidroenergo” AJ – “MACLEC”: suv yuzasida suzib turuvchi kinetik turbinali innovatsion gidroagregatlarni yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Hindistonning “MACLEC” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, quvvati 50 MVt bo‘lgan suv yuzasida suzib turuvchi kinetik turbinali innovatsion gidroagregatlarni O‘zbekistonga yetkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

▶️@minenergy_uz
Toyloq tumanida tadbirkor foydalangan elektr energiyasining hisob-kitobini sun’iy ravishda kamaytirib ko‘rsatishi natijasida tizimga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “O.E” MChJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitobi miqdori sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etib kelingani aniqlandi.

Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Qoidabuzar MChJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

▶️@minenergy_uz
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlandi

Bugun, 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”dagi shoir haykali poyida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida adabiy-ma’rifiy tadbir hamda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Videoni ko‘rish

▶️@minenergy_uz
Bo‘stonliq tumanida elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida kuchli shamol hamda qor yog‘ishi natijasida tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqlarda nosozliklar yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

▶️@minenergy_uz
O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi A. Miller hamda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri B. Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.

▶️@minenergy_uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Qator iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishish, aholi bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.

Предусматривается ознакомление с деятельностью ряда экономических и социальных объектов, проведение диалога с народом, обсуждение актуальных вопросов развития региона.

▶️@minenergy_uz
1-maydan barcha gaz shoxobchalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralari majburiy o‘rnatiladi

Prezidentimizning 2023-yil 10-fevralda “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-son farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, 2023-yil 1-maydan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi.

▶️@minenergy_uz
Rasmiy munosabat: Vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari belgilangan tartibda faoliyat yuritadi, tarmoqlarda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi” mazmunida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz.

Respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKShlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.


O‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha” teleloyihasining navbatdagi sonida tahlil qilinadigan mavzular:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yerusti metrosining yangi bekatlari va transformator zavodi bilan tanishdi, poytaxt uchun dolzarb masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi;

- Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga safari tafsilotlari;

- Zamindan kuch olayotgan kuchli ayol qissasi.


Ko‘rsatuvni bugun, 11-fevral kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 12-fevral kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

▶️@minenergy_uz