MINENERGY.UZ
16.2K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligida 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot.

—————

Информация о проведенной работе в Министерстве энергетики по рассмотрению обращений, поступивших от физических и юридических лиц в течении 2024 года.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тирик қолган динозаврнинг боши, дейсизми? Йўқ, бу бўлажак шамол электр станциясига етказиб берилаётган шамол генераторининг паррагидир.

Глобал шамол энергияси кенгаши (GWEC) маълумотига кўра, ер шамол генераторларининг парраги максимал диаметри 2000 йилдаги 80 метрдан 2023 йилга келиб, 220 метргача узайган. Бунинг натижасида шамол қурилмаларининг энг юқори қуввати 2 МВтдан 10 МВтгача етган.

Парракларнинг баҳайбат ўлчамлари паст шамолли об-ҳаво шароитида ҳам электр энергияси ишлаб чиқариш самарадорлигини оширади. Аммо бундай илғорликка парракларни ташиш ва етказиб беришдаги мураккабликлар эвазига эришилмоқда.

__________

Голова выжившего динозавра? Нет, это лопасть ветрогенератора, которая транспортируется к месту будущей эксплуатации ВЭС

По данным Глобального совета по ветроэнергетике (GWEC), максимальный диаметр лопастей наземных ВЭС увеличился с 80 метров в 2000 г. до 220 метров в 2023. В результате предельная мощность коммерчески используемых наземных ветроустановок выросла с 2 МВт до 10 МВт.

Большие габариты лопастей повышают эффективность выработки электроэнергии при маловетреной погоде. Однако «ценой» прогресса является сложность транспортировки

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent IEM: yangi gaz-turbina qurilmalari to‘xtovsiz rejimda barqaror ishlamoqda

2024-yil may oyida markazda har birining quvvati 32 MVtdan bo‘lgan zamonaviy gaz-turbina qurilmalari ishga tushirilgan edi.

Qurilma ishga tushgach 100 mingga yaqin xonadon elektr, 170 mingta xonadon issiqlik energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Saudiya Arabistonida umumiy quvvati 2 GVt⋅soat boʻlgan 122 ta moduldan iborat dunyodagi eng yirik energiya saqlash majmualaridan biri foydalanishga topshirildi.

Loyiha uchun uskunalarni Xitoyning “BYD” kompaniyasi yetkazib bergan. Mazkur kompaniya elektromobillar ishlab chiqaruvchisi sifatida koʻproq tanilgan.

Taqqoslash uchun: Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 2022-yilda turarjoy sektori tomonidan elektr energiyasiga boʻlgan oʻrtacha talab 41,8 GVt⋅soatni tashkil qilgan.

—————

#мировые_новости / #зеленая_энергия

В Саудовской Аравии
введен в строй один из крупнейших в мире комплексов для хранения энергии, насчитывающий 122 модуля общей емкостью 2 ГВт⋅ч электричества.

Поставщиком оборудования для проекта стала китайская BYD, которая больше известна как производитель электромобилей.

Для сравнения: в столице Саудовской Аравии Эр-Рияде спрос на электроэнергию со стороны жилищного сектора в 2022 г. составлял в среднем 41,8 ГВт⋅ч в час.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fransiyada kam uglerodli elektr energiyasining ulushi 95% ga yetgani xabar qilindi.

Atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan energiya hajmi 13 foiz oshib, oxirgi olti yilda eng yuqori darajani koʻrsatdi va mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 67 foizini tashkil qildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) esa rekord darajadagi 148 teravatt⋅soatga yetdi. Bu umumiy ishlab chiqarish hajmining qariyb 28 foizini tashkil etadi.

Kuchli yomgʻirlar sababli gidroenergetika 2013-yildan buyongi eng yuqori darajaga koʻtarildi. Shu bilan birga, shamol energetikasida pasayish kuzatilmoqda. Oʻtgan yili quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi esa mamlakat energiya balansida 4,3 foizdan iborat boʻldi.

Gaz, koʻmir va mazutdan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950-yillardan buyon eng past koʻrsatkichga tushgan.

__________

#мировые_новости / #зеленая_энергия

Франция отчиталась о росте доли низкоуглеродной электроэнергии до 95%

Выработка АЭС увеличилась на 13% до шестилетнего максимума, составив 67% от общего объема производства электроэнергии в стране. ВИЭ достигли рекордных 148 тераватт-часов, или почти 28% от общего объема.

Гидроэнергетика взлетела до самого высокого уровня с 2013 года на фоне сильных дождей, в то время как ветроэнергетика пошла на спад. Выработка СЭС достигла 4,3% в энергобалансе.

Производство электроэнергии с использованием газа, угля и мазута было самым низким с начала 1950-х годов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB-” “Barqaror” xalqaro kredit reytingini oʻzgarishsiz saqlab qoldi

Joriy yilning 20-yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-“ “Barqaror” darajada saqlab qoldi va Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb eʼlon qildi.

—————

АО «Тепловые электрические станции» сохранило международный кредитный рейтинг «BB-» «Стабильный» без изменений


20 января текущего года международное рейтинговое агентство «Fitch Rating» подтвердило международный индикативный рейтинг АО «Тепловые электрические станции» на уровне «BB-» с прогнозом «Стабильный», объявив его равным суверенному кредитному рейтингу Республики Узбекистан.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

2024-yilda Hindistonda 24,5 GVt quvvatga ega quyosh panellari ishga tushirildi. Xususan, ularning:

▪️ 18,5 GVti yirik elektr stansiyalarida;
▪️ 4,6 GVti xususiy uylar, koʻp qavatli binolar, shuningdek, savdo va maʼmuriy muassasalar tomlarida;
▪️ 1,5 GVti esa umumiy elektr tarmogʻidan ajratilgan va olis hududlarni taʼminlash uchun ishlatiladigan elektr stansiyalarida oʻrnatildi.

Oʻtgan yil yakuniga koʻra, Hindistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) boʻyicha umumiy oʻrnatilgan quvvat 209,4 GVtga yetdi.

Mamlakat hukumati 2030-yilga borib, bu koʻrsatkichni 500 GVtga yetkazishni rejalashtirmoqda.

__________

#мировые_новости / #зеленая_энергия

В 2024 году в Индии было введено в строй 24,5 ГВт мощности солнечных панелей, из них:

▪️18,5 ГВт приходилось на крупные электростанции;
▪️4,6 ГВт – на PV-модули, размещенные на крышах частных и многоквартирных домов, а также коммерческих и административных зданий;
▪️1,5 ГВт – на электростанции, изолированные от общей сети и использующиеся для снабжения удаленных территорий.

Установленная мощность ВИЭ в Индии по итогам 2024 года достигла 209,4 ГВт. Власти страны планируют к 2030 году довести этот показатель до 500 ГВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri va Jomboy tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “S.u.” MCHJ rahbari Sh.X. oʻziga tegishli klubda, “S.e.” MCHJ ish boshqaruvchisi R.X. ishlab chiqarish sexida elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 359,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay barcha elektr stansiyalarda 24 soatlik navbatchilik asosidagi rejali ishlar tashkil etilgan.

Ayni damda Sirdaryo IESning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida texnik ko‘rik ishlari bajarilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida havo o‘chirgichlarining kontaktlari ko‘zdan kechirilib, ishchi holatdaligiga aniqlik kiritilmoqda.

Shuningdek, avtotransformatorlar fazalarining moy sathi me’yorlari va bir maromda ishlashi muntazam nazorat qilinmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda:

Joriy yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi hisob-kitob qilingan.

Bunga qo‘shimcha 15 ming xonadon Yangi Toshkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.

Energiya barqarorligini ta’minlash uchun xususiy sheriklik asosida 100 megavatt-soat sig‘imli elektr saqlash quvvati o‘rnatiladi.

Yangi Toshkentdagi uylarni isitish va sovutish markazlashgan trigeneratsiya tizimi orqali bo‘ladi.

Barcha bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaradlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt