MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.18K photos
2.63K videos
90 files
7.27K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Axborot 24: Toshkentda «Mintaqaviy energetika islohotlari: tartibga solish amaliyotini kuchaytirish» mavzusida xalqaro sammit o‘tkazildi.

—————

Ахборот 24: В Ташкенте прошел международный саммит на тему «Региональные энергетические реформы: усиление практики регулирования».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari boʻyicha xodimlar uchun navbatdagi brifing oʻtkazildi

Unda Energetika vazirligi va Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#tavsiya

Isitish tizimi samaradorligini oshiring!


Buning uchun:

• isitish uskunalarini tekshiring va texnik xizmat koʻrsating;
• haroratni 18-22°C oraligʻida saqlash orqali energiyani tejang;
• tungi vaqtda haroratni 2°C pasaytiring – bu energiyani 10 foiz koʻp tejashga yordam beradi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Intervyu 24: O‘zbekiston Yevropaga “yashil” energiya eksport qiladi

“O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekistondagi loyihalari bo‘yicha mintaqaviy direktori Jon Zaidi bilan yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida suhbatlashdi.

👉Intervyuni ko‘rish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Sobiq ODO binosining orqa tomonidagi maydonda transformator yongani yoʻq

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yuridik universiteti asosiy binosining (sobiq Markaziy ofitserlar saroyi binosi) orqa tomonidagi yashil maydonda transformator yongani haqida xabar tarqaldi.

Shuni maʼlum qilamizki, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. 2024-yil 28-noyabr kuni soat 22:59 da Yunusobod tumani, “Qashqar“ MFY, “Markaz-4” kvartali, Istiqlol koʻchasida joylashgan Toshkent shahar Markaziy maydonlarini Obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan Boshqarmasiga qarashli ishchilarning kundalik jihozlari (ust-boshi, supurgisi, chelak, latta va boshqa buyumlar) saqlanadigan konteynerda yongʻin chiqqan. Oqibatda uning taxminan 20 kvadrat metr ichki qismi maydoni yongan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan soat 23:07 da qurshab olinib, soat 23:08 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Biz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va koʻp sonli obunachilarga ega kanallardan har bir xabarning toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilgach, tarqatishlarini soʻraymiz. Zero, yolgʻon va tasdiqlanmagan xabar eng avvalo ularning oʻziga nisbatan ishonch pasayishiga sabab boʻladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Youtube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Ахborot 24: Namangan viloyatida muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

Axborot 24: Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan targ‘ibot ishlarining borishi tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

Magistral elektr tarmoqlari nazorat koʻriklaridan oʻtkazilmoqda


“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan nazorat koʻriklari kuchaytirilgan tartibga oʻtkazilgan.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali Chinoz guruhi mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli elektr tarmogʻida nazorat koʻriklarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan olib borayotgan joriy taʼmirlash ishlari aks etgan.

Jumladan, mutaxassislar temir-beton hamda metall konstruksiyali tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash va korroziyaga qarshi boʻyoq tortish ishlarini bajarishmoqda.

Bundan tashqari, singan izolyatorlar almashtirilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

No comment: “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdagi tadbirlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

Buxoroda 8,85 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan issiqxona aniqlandi


Buxoro viloyatining Kogon tumanida gaz taʼminoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh oʻtkazgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, tumanning “Tutkunda” MFYda joylashgan “B. B.” MJCHga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichdan tashqari yer osti quvuri orqali aholi uchun moʻljallangan gaz quvuriga yashirincha ulanib, tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelingani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 8,85 mlrd soʻmlik zarar keltirilgani aniqlandi. Mazkur jarayon boʻyicha toʻplangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt