MINENERGY.UZ
16.6K subscribers
10.5K photos
2.97K videos
90 files
8.07K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Энергетика_хавфсизлиги_ойи

Қайта тикланувчи энергия манбалари фойдаланувчилари мол-мулк ва ер солиғидан озод қилинади


✳️ Қонунчиликка кўра, умумий қуввати 100 кВтгача бўлган қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмаларини ўрнатган ва улардан фойдаланувчи шахслар, улар фойдаланишга топширилган кундан эътиборан 3 йил муддатга, қуйидаги солиқларни тўлашдан озод этилиши белгиланган:

🔹ушбу қурилмалар бўйича — юридик шахсларнинг мол-мулкига солинадиган солиқни, алоҳида турувчи қурилмалар билан банд бўлган ер участкалари бўйича — юридик шахслардан олинадиган ер солиғини, электр энергиясини умумий тармоққа сотишдан олинган фойда бўйича — фойда солиғини;

🔹уй-жой фондининг кўчмас мулк объектлари бўйича жисмоний шахслардан олинадиган мол-мулк солиғи ва жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғини.

⚠️ Агар қурилмалар ўрнатилаётган қуёш панеллари қувватининг 25 фоизидан кам бўлмаган қувватни ташкил этадиган электр энергиясини сақлаш тизими билан ўрнатилган бўлса, юқоридаги солиқ имтиёзлари улар фойдаланишга топширилган кундан бошлаб 10 йил муддатга қўлланилади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Месяц_энергетической_безопасности

Пользователи возобновляемых источников энергии освобождаются от налога на имущество и земельного налога


✳️ Законодательством установлено, что лица, установившие и использующие установки возобновляемых источников энергии общей мощностью до 100 кВт, освобождаются сроком на 3 года, со дня введения их в эксплуатацию от уплаты:

🔹налога на имущество юридических лиц — по данным установкам, земельного налога с юридических лиц — по земельным участкам, занятым отдельно стоящими установками, налога на прибыль — по прибыли, полученной от реализации электроэнергии для общей сети;

🔹налога на имущество физических лиц и земельного налога с физических лиц — по объектам недвижимости жилищного фонда.

⚠️В случае установления установок с системой накопления электрической энергии мощностью не менее 25 процентов мощности устанавливаемых солнечных панелей вышеуказанные налоговые льготы применяются сроком на 10 лет со дня введения их в эксплуатацию.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

⁉️Is gazining qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

🚫Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam.

Is gazidan zaharlanish alomatlari.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Axborot 24
: Energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining seminari bo‘lib o‘tdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Месяц_энергетической_безопасности

Ахборот 24: Семинар Республиканской рабочей группы по эффективному использованию энергоресурсов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам рационального использования и снижения потерь водных и энергетических ресурсов в сельском хозяйстве.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yigʻilish boshlandi.

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida oʻtgan yilga nisbatan koʻp suv yigʻilgani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari bu holat xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi.

Dunyoda bir vaqtlar choʻl boʻlgan hududlarda yogʻingarchilik koʻpayib, boshqa joylarda qurgʻoqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash boʻyicha tanlangan yoʻl toʻgʻri boʻlgani taʼkidlandi.

Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod boʻlayapti.

Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni oʻrgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra koʻp suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual taʼlim” asosida biriktirish muhimligi taʼkidlandi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha boʻlgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES qurish boshlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori boʻlgan, Navoiyni oʻzida ishlab chiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.

Umuman, respublikada 2 mingta mana shunday mikro GES qurib, yiliga qoʻshimcha 600 million kilovatt elektr olish mumkinligi taʼkidlandi.

Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida oʻz hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori boʻlgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezidentimiz 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻlishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sugʻorishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017-yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini oʻrnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Fermer xoʻjaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard soʻm subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard soʻm ajratilmoqda.

Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos oʻrnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli oʻrnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qoʻshimcha 7-8 million soʻm daromad olayapti.

Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari oʻrnatishga bogʻlash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Bugun, 7-noyabr kuni AOKAda is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, yong‘inlarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan
matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bu haqda ushbu lavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

—————

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание по мерам рационального использования воды и энергетических ресурсов, а также сокращению потерь в сельском хозяйстве.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt