MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9.4K photos
2.7K videos
90 files
7.42K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#yashil_transport

Elektromobillardan foydalanishning afzalliklari


🚘Mazkur transport vositalari nafaqat tejamkor, balki chiqindilarni kamaytirish va shaharlardagi havo sifatini yaxshilashga sezilarli yordam beradi. Elektr transport vositalari chiqindi gazlarini ishlab chiqarmaydi, bu esa karbonat angidrid (CO2), azot oksidi (NOx) va zarrachalar (PM) kabi havoni ifloslantiruvchi moddalar darajasini bevosita kamaytiradi.

Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#зеленый_транспорт

Плюсы использования электромобилей

🚘Внедрение электромобилей может значительно способствовать сокращению выбросов вредных веществ и улучшению качества воздуха в городах. Электромобили не производят выхлопные газы, что непосредственно снижает уровень загрязняющих веществ в воздухе, таких как углекислый газ (CO2), оксиды азота (NOx) и твердые частицы (PM).

Подробнее

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligida quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan telefon raqamlari soni oshirildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Energetika vaziri qabulxonasidagi +99871-231-14-41 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmagan yurtdoshimizning e’tirozi tarqaldi.

Bu bo‘yicha Energetika vazirligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Avvalo, shuni aytish kerakki, 7-oktyabr kunning ikkinchi qismidan boshlab, 8 oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1232 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Ularning 131 tasiga qabulxona xodimlari hamda vazirlik Axborot xizmati tomonidan qabul qilinib, javob berilgan. Bitta qo‘ng‘iroqqa o‘rtacha 3 daqiqadan 6 daqiqagacha vaqt sarflangan. Mazkur vaqt oralig‘ida qabulxonaga yana 4-8 ta atrofida qo‘ng‘iroq bo‘lib turgan. Qabulxonada bir kishi telefonga javob berganligi sababli ularni qabul qilishning imkoni bo‘lmagan.

Qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning 54 tasi quyosh panellarining afzalliklari, uni o‘rnatishga davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishi, quyosh panelini qayerda arzon sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi savollardan iborat bo‘lgan. 28 ta qo‘ng‘iroq egasi mahallasidagi elektr tayanch ustuni hamda elektr uzatish havo tarmog‘ining eskiligini aytib, yangilashda yordam so‘ragan. 31 ta qo‘ng‘iroq quyosh paneli o‘rnatishga majburlanayotganini aytgan fuqarolardan tushgan bo‘lib, ularning 14 tasi bu hodisa bir necha kun avval bo‘lganini bildirgan. Ularning 6 nafari Energetika vazirligining “Quyosh paneliga majburlash yo‘q” nomli materialini asos qilib keltirgan holda, bugungi kunda elektr energiyasini yoqtirib olishganini ma’lum qilgan, 8 nafar murojaatchi esa quyosh paneli qo‘yganini, bugungi kunda elektr energiyasi mavjudligini, ammo bunga majburlanganidan norozi ekanini aytgan. Shu bilan birga, o‘rnatilgan quyosh paneli foydali ekanini his qilganliklarini ham bildirib o‘tishgan.

Qolgan 18 ta qo‘ng‘iroqning 6 tasi vazirlik qabulxonasi raqami “Haqiqatan ham ishlayaptimi yoki yo‘qmi?” ekanini bilish uchun qilingan bo‘lsa, 4 ta qo‘ng‘iroq egasi vazirlikka ishga joylashish imkoniyati bilan qiziqqan. 8 ta qo‘ng‘iroq egasi Energetika vaziriga rahmat aytish uchun telefon qilganliklarini bildirishgan.

Faqat 17 ta qo‘ng‘iroq egasigina bugungi kunda bu borada real muammoga ega ekanligini ma’lum qilgan. Vazirlik xodimlari ularning murojaatlarini o‘rganib, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektr energiyasidan uzib qo‘yilgan tadbirkorlarning elektr energiyasini ulatib berdi.

Ikki kun mobaynida Toshkent shahrining Sergeli, Yashnobod, Yunusobod hamda Bektemir tumanlari, Sirdaryo viloyatining Boyovut, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Farg‘ona viloyatining Buvayda, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanlaridagi bir qator tadbirkorlar elektr energiyasiga qayta ulandi.

Suhbat davomida ularga huquqi tushuntirilib, kelgusida faoliyatlarida yana qandaydir to‘sqinlikka uchrashsa, Energetika vazirligining Axborot xizmati hamda Ijro nazorati va murojaatlar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.

Aytish joizki, 7-oktyabr kuni kechasi soat 23:00 dan 8-oktyabr soat ertalabki 8:00 ga qadar aholidan qabulxonadagi telefon raqamiga 173 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ularning birontasiga javob berilmagan.

Biz yurtdoshlarimizdan o‘tgan ikki kun mobaynida qabulxonaga juda ko‘p telefon bo‘lganini, bitta raqam buncha murojaatni qabul qilishda qiyinchilikka duch kelishi tabiiy ekanligini, bu vaqt mobaynida barcha qo‘ng‘iroqni qabul qilishga imkoniyat yetmasligini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 9-oktyabrdan boshlab murojaatlar nafaqat bu raqam orqali, balki +99871-231-16-61 (ichki 7046, 7037 va 7057) raqamlari orqali ham qabul qilinishini bildiramiz. Barcha ma’lumotlarni maksimal darajada qabul qilib, ijobiy yechimini ta’minlashga harakat qilamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Энергетика вазирлигида қуёш панеллари бўйича мурожаатларни қабул қилиш учун мўлжалланган телефон рақамлари сони оширилди

Бугун ижтимоий тармоқларда Энергетика вазири қабулхонасидаги +99871-231-14-41 рақамига қўнғироқ қилиб, боғлана олмаган юртдошимизнинг эътирози тарқалди.

Бу бўйича Энергетика вазирлиги Ахборот хизмати қуйидагиларни маълум қилади:

Аввало, шуни айтиш керакки, 7 октябрь куннинг иккинчи қисмидан бошлаб, 8 октябрь соат 20:30 га қадар вазирлик қабулхонасига жами 1232 та қўнғироқ бўлган.

Уларнинг 131 тасига қабулхона ходимлари ҳамда вазирлик Ахборот хизмати томонидан қабул қилиниб, жавоб берилган. Битта қўнғироққа ўртача 3 дақиқадан 6 дақиқагача вақт сарфланган. Мазкур вақт оралиғида қабулхонага яна 4-8 та атрофида қўнғироқ бўлиб турган. Қабулхонада бир киши телефонга жавоб берганлиги сабабли уларни қабул қилишнинг имкони бўлмаган.

Қабул қилинган қўнғироқларнинг 54 таси қуёш панелларининг афзалликлари, уни ўрнатишга давлат томонидан қандай имтиёзлар берилиши, қуёш панелини қаерда арзон сотиб олиш мумкинлиги тўғрисидаги саволлардан иборат бўлган. 28 та қўнғироқ эгаси маҳалласидаги электр таянч устуни ҳамда электр узатиш ҳаво тармоғининг эскилигини айтиб, янгилашда ёрдам сўраган. 31 та қўнғироқ қуёш панели ўрнатишга мажбурланаётганини айтган фуқаролардан тушган бўлиб, уларнинг 14 таси бу ҳодиса бир неча кун аввал бўлганини билдирган. Уларнинг 6 нафари Энергетика вазирлигининг “Қуёш панелига мажбурлаш йўқ” номли материалини асос қилиб келтирган ҳолда, бугунги кунда электр энергиясини ёқтириб олишганини маълум қилган, 8 нафар мурожаатчи эса қуёш панели қўйганини, бугунги кунда электр энергияси мавжудлигини, аммо бунга мажбурланганидан норози эканини айтган. Шу билан бирга, ўрнатилган қуёш панели фойдали эканини ҳис қилганликларини ҳам билдириб ўтишган.

Қолган 18 та қўнғироқнинг 6 таси вазирлик қабулхонаси рақами “Ҳақиқатан ҳам ишлаяптими ёки йўқми?” эканини билиш учун қилинган бўлса, 4 та қўнғироқ эгаси вазирликка ишга жойлашиш имконияти билан қизиққан. 8 та қўнғироқ эгаси Энергетика вазирига раҳмат айтиш учун телефон қилганликларини билдиришган.

Фақат 17 та қўнғироқ эгасигина бугунги кунда бу борада реал муаммога эга эканлигини маълум қилган. Вазирлик ходимлари уларнинг мурожаатларини ўрганиб, қуёш панели ўрнатмагани учун электр энергиясидан узиб қўйилган тадбиркорларнинг электр энергиясини улатиб берди.

Икки кун мобайнида Тошкент шаҳрининг Сергели, Яшнобод, Юнусобод ҳамда Бектемир туманлари, Сирдарё вилоятининг Боёвут, Сурхондарё вилоятининг Бандихон, Фарғона вилоятининг Бувайда, Тошкент вилоятининг Қуйи Чирчиқ туманларидаги бир қатор тадбиркорлар электр энергиясига қайта уланди.

Суҳбат давомида уларга ҳуқуқи тушунтирилиб, келгусида фаолиятларида яна қандайдир тўсқинликка учрашса, Энергетика вазирлигининг Ахборот хизмати ҳамда Ижро назорати ва мурожаатлар бўлимига мурожаат қилишлари сўралди.

Айтиш жоизки, 7 октябрь куни кечаси соат 23:00 дан 8 октябрь соат эрталабки 8:00 га қадар аҳолидан қабулхонадаги телефон рақамига 173 та қўнғироқ бўлган ва уларнинг биронтасига жавоб берилмаган.

Биз юртдошларимиздан ўтган икки кун мобайнида қабулхонага жуда кўп телефон бўлганини, битта рақам бунча мурожаатни қабул қилишда қийинчиликка дуч келиши табиий эканлигини, бу вақт мобайнида барча қўнғироқни қабул қилишга имконият етмаслигини тўғри тушунишларини сўраймиз.

Мавжуд вазиятдан келиб чиқиб, 9 октябрдан бошлаб мурожаатлар нафақат бу рақам орқали, балки +99871-231-16-61 (ички 7046, 7037 ва 7057) рақамлари орқали ҳам қабул қилинишини билдирамиз. Барча маълумотларни максимал даражада қабул қилиб, ижобий ечимини таъминлашга ҳаракат қиламиз.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24: Olmazor tumanida yangi kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda.

Qurilma ishga tushgach, hududdagi 17 ta ko‘p qavatli uy, ijtimoiy soha obyektlari va mingdan ortiq aholi xonadonlari issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlanadi.

—————

Факт 24: В Алмазарском районе сооружается новая коогенерационная установка.

В результате ввода в эксплуатацию современной когенерационной установки 17 многоэтажных домов, объекты социальной сферы и более тысячи квартир жителей региона будут обеспечены стабильной тепловой энергией.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Jizzax viloyati hududdan o‘tgan magistral gaz quvurining nuqsonli qismlari almashtirildi.

Buning natijasida Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyatlariga tabiiy gaz uzatish sifati va samaradorligi yanada ortadi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Axborot 24: Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi va «Sherobod-2» podstansiyasi faoliyati haqida lavha.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#зеленая_энергия

Ахборот 24: Деятельность солнечной фотоэлектрической станции и подстанции «Шерабад-2» в Шерабадском районе Сурхандарьинской области.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Ахborot 24: Qashqadaryo viloyatining elektr va gaz ta’minotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: MDH mamlakatlarimizning ulkan sivilizatsion va iqtisodiy salohiyatini ochish uchun noyob imkoniyatlar yaratib beradigan makon bo‘lib qolishi kerak.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев: СНГ
должно оставаться пространством, где создаются уникальные возможности для раскрытия огромного цивилизационного и экономического потенциала наших стран.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Maxsus reportaj
: Farg‘ona viloyatida muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#energiya_tejamkorlik

Energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari:

oila byudjetini tejaydi;

tashkilotlarda xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, mahsulot tannarxi pasayadi;

resurslarning barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetkazib berilishiga hissa qo‘shadi;

tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinadi;

ekologiya yaxshilanishiga hissa qo‘shiladi;

ushbu qimmatli resurslarni kelajak avlodga yetkazish imkoniyati yaratiladi.

Aziz vatandoshlar, energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaning va barcha insonlar uchun manfaatli bo‘lgan ushbu ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.

—————

#энергосбережение

Преимущества рационального использования энергоресурсов:

экономия семейного бюджета;

значительное снижение затрат в организациях, снижение себестоимости продукции;

более равномерная поставка энергоресурсов всем потребителям;

предотвращение возможных сбоев в работе сетей поставки энергоресурсов;

улучшение экологической обстановки;

сбережение ценных природных ресурсов для будущих поколений.

Дорогие соотечественники, экономно используйте энергоресурсы и вносите свой вклад в дело, приносящее пользу всему человечеству.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: AQSHdagi birinchi yirik ofshor shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Umumiy quvvati 806 MVtga teng bo‘lgan mazkur elektr stansiyasi 400 mingdan ortiq uy xo‘jaligining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Bundan tashqari, atmosferaga yiliga 1,6 mln tonnadan ziyod zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#energiyadan_oqilona_foydalanaylik

Energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish – ta’minot barqarorligiga katta
hissa qo‘shadi.

Energiya tejamkorlik va samaradorlik har doim dolzarb masala bo‘lib, ulardan oqilona hamda tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt