MINENERGY.UZ
16.2K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Olmazor tumanida yangi kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida investitsiya loyihasi asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1,2 MVt, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati 6,4 Gkal bo‘lgan zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda.

Qurilma ishga tushgach, hududdagi 17 ta ko‘p qavatli uy, ijtimoiy soha obyektlari va mingdan ortiq aholi xonadonlari issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlanadi.

👉Batafsil / Батафсил

—————

В Алмазарском районе сооружается новая коогенерационная установка

Со стороны АО «Тепловые электрические станции» на основании инвестиционного проекта в махалле «Шон-Шухрат», Алмазарского района города Ташкента, сооружается современная когенерационная установка мощностью 1,2 МВт по производству электроэнергии и 6,4 Гкал по производству тепловой энергии.

В результате ввода в эксплуатацию современной когенерационной установки 17 многоэтажных домов, объекты социальной сферы и более тысячи квартир жителей региона будут обеспечены стабильной тепловой энергией.

👉Подробнее

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Axborot 24: O‘zbekiston Prezidenti “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston–Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

—————

Ахборот 24: Президент Узбекистана принял председателя правления компании «ACWA Power».

В рамках программы ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка инфраструктурных инвестиций Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял сопредседателя узбекско-саудовского Делового совета, председателя правления компании «ACWA Power» Мухаммада Абунайяна.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Qo‘ng‘irot tumanida 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.N.B.” MCHJning Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 222 litr dizel yoqilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 2 222 litr dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Gaz quvuriga avtomobil urilishi hamda qurilish jarayonidagi e’tiborsizlik sabab yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi

24-sentyabr kuni soat 21:40 da Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani, Darband mahallasi hududidagi diametri D-219 mm bo‘lgan gaz quvuriga haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan avtomobilning kelib urilishi natijasida quvurdan gaz sizib chiqqan. Ushbu avariya holatini bartaraf etish maqsadida tumandagi ayrim iste’molchilar (1 915 ta xonadon)ga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish uchun hududga maxsus brigada jalb etildi va avariya oqibatlari 25-sentyabr kuni soat 18:11 da to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich tiklandi.

Shuningdek, 25-sentyabr kuni soat taxminan 14:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Piskent tumanining “Baxt” uchastkasi hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ekskavator haydovchisining e’tiborsizligi oqibatida yer ostidagi yuqori bosimli D-325 mm gaz tarmog‘iga qattiq shikast yetkazilgan. Natijada quvurdan gaz sizib chiqish holati kuzatilgan. Avariyani bartaraf etish maqsadida tumandagi ayrim iste’molchilar (15 198 ta aholi xonadoni hamda 320 ta ulgurji iste’molchi)ga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish uchun hududga maxsus brigada jalb etildi va avariya oqibatlari 26-sentyabr kuni soat 10:15 da to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich tiklandi.

Shu o‘rinda haydovchilardan avtomobilni boshqarayotganda yoki texnika vositasi bilan ishlayotganda, hushyorlikni, bir zum bo‘lsin, unutmasliklarini, mas’uliyatli hamda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.

Avtomobil boshqarayotganda nafaqat o‘zingizning, balki boshqalarning xavfsizligi uchun ham mas’ul ekaningizni unutmang.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiiy gazni yer qa’ridan qazib olib to aholi xonadonlariga yetkazib bergungacha bo‘lgan mashaqqatlarni tasavvur qilib ko‘rganmisiz?

Energiya resurslarini asrab-avaylab, ulardan samarali foydalanaylik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

“Siyosiy-ma’rifat soati”


Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Youtubedagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Fakt 24: “Tolimarjon IES”da investitsiya loyihasi doirasida umumiy quvvati 1065 MVtga teng bo‘lgan 3-4-sonli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda.

Ayni paytda 3-bug‘-gaz qurilmasining gaz-turbina va gaz-turbina generatori o‘rnatildi.

Mazkur qurilma 375,7 MVt quvvatga ega bo‘lib, Yaponiyaning “Mitsubishi Power” kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.

Loyihada Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari qatnashyapti. Shuningdek, qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.

—————

Факт 24: В рамках инвестиционного проекта на «Талимарджанской ТЭС» строятся 3-4 парогазовые установки общей мощностью 1065 МВт.

На данный момент привезены и установлены газовая турбина и газотурбинный генератор 3-й парогазовой установки.

Данное устройство мощностью 375,7 МВт поставлено японской компанией «Mitsubishi Power».

В ходе реализации проекта участвуют компании «Intecsa Ingeniera Industrial S.A.», Испания и «Mitsubishi Corporation», Япония. К строительным работам привлечены также специалисты турецкой компании «Çalik Enerji».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik

Videorolik: Xonalarni yoritishda zamonaviy LED lampasidan foydalaning.

100 Vt quvvatli energiya samarasiz cho‘g‘lanma lampa beradigan nur o‘rnini undan qariyb 15 marotaba energiya tejamkor bo‘lgan 7 Vt quvvatli LED lampasi bosa oladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Toshkent viloyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish choralari haqida lavha.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Infografika

Pulingizni tejang: bir dona qo‘lbola va nostandart gaz jihozini bir dona zamonaviy, energiya tejamkor gaz jihoziga almashtirish orqali bir soatda, bir kunda
hamda bir oyda qancha mablag‘ni tajab qolishni bilasizmi?

Batafsil ushbu infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Инфографика

Пулингизни тежанг: бир дона қўлбола ва ностандарт газ жиҳозини бир дона замонавий, энергия тежамкор газ жиҳозига алмаштириш орқали бир соатда, бир кунда ҳамда бир ойда қанча маблағни тажаб қолишни биласизми?

Батафсил ушбу инфографикада👆


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Ахborot 24: Toshkent davlat agrаr universiteti binosi o‘z ehtiyojlari uchun muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya samaradorlik ishlarining borishi Paxtakor tumani misolida tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt