MINENERGY.UZ
16.4K subscribers
9K photos
2.57K videos
90 files
7.12K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha “Axborot 24” ko‘rsatuvining kechki sonida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

Ushbu o‘quv mashqlarining maqsadi isitish mavsumiga ixtisoslashtirilgan xizmatlarning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan iborat.

——————

Вчера в вечернем выпуске программы «Ахборот 24» был показан сюжет о проведении командно-штабных учений в Бухарской области.


Цель данных учений — проверить степень готовности профильных структур к отопительному сезону.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: “O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turarjoy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ta’lim / #Energetika

Axborot 24: Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika_tavsiya

Elektr jihozlaridan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#go‘zallik

Buxoro viloyatida barpo etilayotgan shamol elektr stansiyalaridan fotolavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Germaniyada QTEM boʻyicha rekord natija qayd etildi

Germaniyada elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 2024-yilning birinchi yarmida rekord darajani qayd etdi.

Mamlakat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, qayta tiklanadigan energiya manbalari(QTEM)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi joriy yil birinchi yarmida 61,5 foizga yetgan. Oʻtgan yilning xuddi shu davrida mazkur raqam 53,3 foiz boʻlgandi.

Anʼanaviy manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarish 21,8 foiz qisqarib, uning ulushi 2023-yilning birinchi yarmidagi 46,7 foizdan 38,5 foizga tushdi.

Koʻmirda ishlaydigan elektr stansiyalarida ishlab chiqarish 26,4 foiz kamayib, birinchi yarim yillikda 45,9 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi generatsiya qilindi. Natijada ishlab chiqarishda ularning ulushi oʻtgan yildagiga nisbatan 6 foiz kamayib, 20,9 foizni tashkil etdi.

Tabiiy gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish 1,8 foiz kamayib, bu yil 32,1 milliard kVt⋅soatdan iborat boʻldi. Shunga qaramay, joriy yilda uning ulushi oʻtgan yildagidan 0,5 foiz oshdi va 14,6 foizga yetdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika_tavsiya

Elektr jihozlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha muhim tavsiyalar.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 9-sentyabr kuni Energetika vazirligida vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda yoqilg‘i-energetika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash masalasi, sohadagi o‘zgarishlar, muammolar hamda ularning yechimlari haqida fikr almashildi.

Kengash yig‘ilishida quyidagi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi:

Jamoatchilik kengashining raisi va mas’ul kotibi saylandi, Kengashning Ishchi organi belgilandi.

Shuningdek, shu kunlarda yoqilg‘i-energetika sohasida muhim bo‘lib turgan tendensiyalar haqida qizg‘in muloqot qilindi.

Shundan kelib chiqib, Jamoatchilik kengashi Ishchi organining joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rishi uchun tegishli masalalar belgilab olindi.

👉 Jamoatchilik kengashi haqidagi buyruq va uning tarkibi ushbu havolada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga MUROJAATNOMASI

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda etiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

Mamlakatimizda mavsum davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan Sizlardan qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:

🔹 tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

🔹 elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

🔹 isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;

🔹 isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

🔹 nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

🔹 isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

🔹 gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

🔹 gaz taminoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil eting;

🔹 gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

🔹 yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

🔹 gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering.

Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” yoki “1050” telefon raqamiga xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi magistral gaz quvurlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Jarayondan fotolavhalar: “Tоlimarjon” IES quvvati oshirilyapti

Qashqadaryo viloyatidagi yagona issiqlik elektr stansiyasi hisoblangan “Tоlimarjon issiqlik elektr stansiyasida umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt