MINENERGY.UZ
17K subscribers
9.78K photos
2.82K videos
90 files
7.68K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Dushanbega davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

—————

В рамках программы государственного визита в Душанбе Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял Премьер-министра Республики Таджикистан Кохира Расулзода.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infоgrafika

2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hisobi haqida ma’lumot.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infografika

2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan tabiiy gaz tariflari hisobi haqida ma’lumot.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

О расчете тарифов за электроэнергию, установленных с 1 мая 2024 года для бытовых потребителей (население)


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

О расчете тарифов за природный газ, установленных с 1 мая 2024 года для бытовых потребителей (население)
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ASKUE va ASKUGga press-tur tashkil qilindi

Bugun, 20-aprel kuni Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi markazlari (ASKUE hamda ASKUG)ga press-tur tashkil qilindi.

Xabaringiz bor, 1-maydan boshlab aholi isteʼmolchilari mamlakatimiz tarixida birinchi marta energoresurslar uchun ijtimoiy norma asosida tabaqalashtirilgan tartibda haq toʻlay boshlashadi va buni “aqlli” hisoblagichlar amalga oshiradi.

Xoʻsh, mazkur hisoblagichlar qanchalar “aqlli”? Ertaga tizimda yangilanishlar qoʻllanilgach, bu borada aholiga qandaydir muammolar tugʻilmaydimi? Oʻsuvchan tabaqalashtirilgan tarifni aniqlashda qaysi dasturlar asosida maishiy isteʼmolchilarning kundalik xarajati ajratib olinadi? Aholi uchun tizim tashkilotlari veb-saytlarida bu borada qanaqa qulayliklar yaratilmoqda? Press-tur ishtirokchilari ushbu markazlarga tashriflari chogʻida bu haqda tajribali mutaxassislardan batafsil maʼlumot oldilar.

Shu bilan birga, press-tur ishtirokchilari “ASKUE” va “ASKUG” tizimlarining samarasi, elektr energiyasi, tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminotini raqamlashtirish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida yoʻlga qoʻyilgan yumushlar, isteʼmolchilar uchun yaratilgan qulayliklar va sohadagi boshqa yangiliklar bilan tanishdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oltinchi Toshkent xalqaro marafonida Energetika vazirligi jamoasi munosib ishtirok etdi

Bugun, 21-aprel kuni poytaxtimizda “VI International Tashkent Marathon” bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa dasturiga binoan ishtirokchilar 3, 10 va 21 kilometr masofada kuch sinashdilar.

Mazkur nufuzli marafonda Energetika vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

—————

Команда Министерства энергетики приняла участие в шестом Ташкентском международном
марафоне

Сегодня, 21 апреля, в нашей столице прошел «VI International Tashkent Marathon».

Согласно программе, участники соревновались на дистанциях 3, 10 и 21 километров.

Команда Министерства энергетики Республики Узбекистан приняла активное участие в данном марафоне.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda yangi issiqlik elektr stansiyalari loyihalari

2028-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 ming 17 megavattga teng bo‘lgan 11 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2022 – 2023-yillarda O‘zbekistonning 4 ta viloyatida (Buxoro, Toshkent, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari) umumiy quvvati 2 ming 374 megavatt bo‘lgan 7 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilaga kimlar kiradi?

🔰 Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Знаете_ли_вы_что

Какие малообеспеченные семьи являются получателями компенсации в отопительный сезон?

🔰 Под малообеспеченными семьями - получателями компенсации в отопительный сезон - понимаются семьи, включенные в систему «Единого реестра социальной защиты».

📌 Семьи, не включенные в систему «Единого реестра социальной защиты», могут обратиться к «Махаллинской семерке». «Махалинской семеркой» формируется дополнительный список малообеспеченных семей, не включенных в Единый реестр.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi


🗓 Qonunchilikka ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Знаете_ли_вы_что

Ежемесячно населению будет направляться информация об объёме использованного газа и электричества


🗓 Согласно законодательству, с 1 июня 2024 года ежемесячная информация касательно потребленной электроэнергии и природного газа в пределах базовой нормы и сверх будет направляться потребителям.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

❗️Ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun pul beriladi
.

Batafsil infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Korrupsiyasiz ta’lim

Korrupsiya sifatli ta’lim olishga to‘siq bo‘ladi va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hududlarda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-R.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJ noturar binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 155,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bekobod va Ohangaron shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar T.X. va J.A. o‘z uylarida tashkil etgan issiqxonalarda yasama isitish qozonlarini gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 248,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bo‘ka tumanida bitta “metan zapravka” tomonidan 1 oyda 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

“TRAST M.” MCHJning Bo‘ka tumanida joylashgan AGTKSHda elektron gazni hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali hisoblagichlarning elektron xotira ma’lumotlarini yo‘qotishga erishib, tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 2024-yil 28-fevraldan 28-martga qadar 30 kun davomida 1 mlrd 809,3 mln so‘mlik 1 275 120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “TRAST M.” MCHJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube