MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.26K photos
2.65K videos
90 files
7.31K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Diqqat, tanlov!

Energetika vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun quyidagi vakant lavozimiga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti laboranti

Arizalar 2024-yil 22-aprel kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda

Xususan, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro M.M. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 280 mln so‘mlik 62,4 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Dushanbega davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

—————

В рамках программы государственного визита в Душанбе Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял Премьер-министра Республики Таджикистан Кохира Расулзода.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infоgrafika

2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hisobi haqida ma’lumot.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infografika

2024-yil 1-may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan tabiiy gaz tariflari hisobi haqida ma’lumot.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

О расчете тарифов за электроэнергию, установленных с 1 мая 2024 года для бытовых потребителей (население)


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

О расчете тарифов за природный газ, установленных с 1 мая 2024 года для бытовых потребителей (население)
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ASKUE va ASKUGga press-tur tashkil qilindi

Bugun, 20-aprel kuni Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi markazlari (ASKUE hamda ASKUG)ga press-tur tashkil qilindi.

Xabaringiz bor, 1-maydan boshlab aholi isteʼmolchilari mamlakatimiz tarixida birinchi marta energoresurslar uchun ijtimoiy norma asosida tabaqalashtirilgan tartibda haq toʻlay boshlashadi va buni “aqlli” hisoblagichlar amalga oshiradi.

Xoʻsh, mazkur hisoblagichlar qanchalar “aqlli”? Ertaga tizimda yangilanishlar qoʻllanilgach, bu borada aholiga qandaydir muammolar tugʻilmaydimi? Oʻsuvchan tabaqalashtirilgan tarifni aniqlashda qaysi dasturlar asosida maishiy isteʼmolchilarning kundalik xarajati ajratib olinadi? Aholi uchun tizim tashkilotlari veb-saytlarida bu borada qanaqa qulayliklar yaratilmoqda? Press-tur ishtirokchilari ushbu markazlarga tashriflari chogʻida bu haqda tajribali mutaxassislardan batafsil maʼlumot oldilar.

Shu bilan birga, press-tur ishtirokchilari “ASKUE” va “ASKUG” tizimlarining samarasi, elektr energiyasi, tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminotini raqamlashtirish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida yoʻlga qoʻyilgan yumushlar, isteʼmolchilar uchun yaratilgan qulayliklar va sohadagi boshqa yangiliklar bilan tanishdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oltinchi Toshkent xalqaro marafonida Energetika vazirligi jamoasi munosib ishtirok etdi

Bugun, 21-aprel kuni poytaxtimizda “VI International Tashkent Marathon” bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa dasturiga binoan ishtirokchilar 3, 10 va 21 kilometr masofada kuch sinashdilar.

Mazkur nufuzli marafonda Energetika vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

—————

Команда Министерства энергетики приняла участие в шестом Ташкентском международном
марафоне

Сегодня, 21 апреля, в нашей столице прошел «VI International Tashkent Marathon».

Согласно программе, участники соревновались на дистанциях 3, 10 и 21 километров.

Команда Министерства энергетики Республики Узбекистан приняла активное участие в данном марафоне.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda yangi issiqlik elektr stansiyalari loyihalari

2028-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 ming 17 megavattga teng bo‘lgan 11 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2022 – 2023-yillarda O‘zbekistonning 4 ta viloyatida (Buxoro, Toshkent, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari) umumiy quvvati 2 ming 374 megavatt bo‘lgan 7 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilaga kimlar kiradi?

🔰 Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.

📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Знаете_ли_вы_что

Какие малообеспеченные семьи являются получателями компенсации в отопительный сезон?

🔰 Под малообеспеченными семьями - получателями компенсации в отопительный сезон - понимаются семьи, включенные в систему «Единого реестра социальной защиты».

📌 Семьи, не включенные в систему «Единого реестра социальной защиты», могут обратиться к «Махаллинской семерке». «Махалинской семеркой» формируется дополнительный список малообеспеченных семей, не включенных в Единый реестр.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube