MINENERGY.UZ
16.2K subscribers
9.5K photos
2.75K videos
90 files
7.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida fuqaro Gʻ.Yu. “Gulbahor” massivi hududidagi yer maydonida va fuqaro I.Z. “Toshloq” MFYdagi savdo do‘konida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 258,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q-Q.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari fermer xo‘jaligining noturar binosida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 144,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Amal_qiling

Energiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish o‘g‘rilik sifatida baholanadi


🔰Qonunchilikka ko‘ra, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Соблюдайте

Самовольное подключение к энергосетям расценивается как кража

🔰Законодательством установлено, что самовольное подключение к сетям, повреждение приборов учета, их пломб либо изменение показателей приборов учета расцениваются как кража или мелкое хищение, и влекут за собой ответственность.

‼️Незнание закона не освобождает от ответственности...

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24: Issiqlik elektr stansiyalari tizimidagi yangi loyihalar tahlili haqida reportaj.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173-sonli qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti.

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №173 от 30 марта 2024 года продлевается срок действия максимальной розничной цены, установленной на газ «метан».

Теперь при продаже природного газа на автозаправочных компрессорных станциях для легковых автомобилей его максимальная розничная цена установлена на уровне 3350 сумов за кубометр до 1 июня 2024 года.

То есть предельный срок действия самой высокой розничной цены, который должен закончиться 1 апреля, будет действовать еще два месяца с учетом поправок (предыдущая цена составляла 3250 сумов).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rasmiy munosabat: “metan zapravka”larda sotilayotgan tabiiy gazning 3 350 so‘mdan oshmasligi ta’minlanmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravka”larda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilganligi aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSH mas’ullariga tushuntirish ishlari o‘tkazildi va “metan” gazning 3 350 so‘mdan sotilishi ta’minlandi.

Bugun, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKSHda shunday holat kuzatilgan bo‘lib, ular ham “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 173-sonli qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangan.

Shu o‘rinda AGTKSH mas’ullaridan ushbu qaror talablariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat yuritishlarini, aks holda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, agar AGTKSHlarda tabiiy gaz asossiz ravishda qimmat narxlarda sotilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi manzillarga murojaat qilishlaringizni so‘raymiz:

Bosh prokuraturaning telegram boti @EnergonazoratBot va ishonch telefoniga 71-232-10-07;

“O‘zenergoinspeksiya”ning telegram boti @energoInspeksiya_bot va ishonch telefoniga 71-200-02-86;

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ishonch telefoniga 71-207-47-00.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga munosabat: «Tolimarjon» IES bug‘-gaz qurilmalari reja asosida ko‘rikdan o‘tkazilib, texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda tabiiy gaz tejamkorligi yuzasidan tajriba tariqasida Paxtakor tumanida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida batafsil so‘z bordi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mo‘minxo‘ja” MFY hududidagi uyda yashovchi R.S. tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 587,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.” fermer xo‘jaligini norasmiy boshqarib kelgan N.I. fermer xo‘jaligi suv nasosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 260,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan “Uchqo‘rg‘on tumangaz” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “D.S.” MCHJ rahbari R.S. novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 135,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tolimarjon” IES bug‘-gaz qurilmalari bir maromda ishlamoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infografika

Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlanishi belgilangan energoqurilmalar.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

Энергооборудования тепловых электрических станций и централей, подлежащих ремонту в рамках подготовки к осенне-зимнему периоду 2024-2025 годов.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi taʼlim va turizm obyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

——————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в сессии Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов.

Глава государства также ознакомится с проводимой в столице созидательной работой, условиями, созданными на новых объектах в сфере образования и туризма.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘n yil oldin mana shu yerda o‘tirganlarning qaysi birida kir yuvadigan moshina bor edi? U ham juda katta tok iste’mol qiladi...”.

Jurnalist Abror Zohidov energiya ta’minoti va ushbu resurslar barqarorligining omillari haqida fikr bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorij_xabarlari

AQSh va Yevropada avtomobil transporti uchun benzin va dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab allaqachon eng yuqori choʻqqiga chiqdi va bu yil Xitoyda eng yuqori choʻqqiga chiqishi kutilmoqda. Hindistonda ushbu yoqilgʻiga nisbatan talab 2030-yillarda pasayishni boshlaydi.


Bloomberg prognozlariga koʻra, elektr transport vositalari 2040-yilga borib neftga boʻlgan kunlik 20 million barrel talabni siqib chiqaradi. Bu elektr transport vositalari tufayli hozirgi pasayishdan 10 baravar koʻp.

Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi Davlat Iqtisodiyot va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti prezidenti Lu Jusyuanning taʼkidlashicha, 2024-yilda Xitoyda elektr transport vositalari neftga nisbatan 20 million tonnalik talabni kamaytiradi. Bu esa mamlakatdagi benzin va dizel yoqilgʻisining barcha isteʼmolini 10 foiziga teng.

Xitoyda akkumulyatorli elektr transport vositalarini sotish yanvar-fevral oylarida 18,2 foiz oshgan. Shunga qaramay, 2023-yildagi 20,8 foizli oʻsishning pasayishi tendensiyasi kuzatilgan.

Biroq Xitoyda gibrid avtomobillar bilan bir qatorda, yangi elektr transport vositalari (NEV) sotuvi ikki oylik davrda 2023-yildagi 36,2 foizdan 37,5 foizga oʻsgan.

—————

#Мировые_новости

Спрос на бензин и дизельное топливо для автомобильного транспорта уже достиг своего пика в США и Европе и должен достичь своего пика в Китае в текущем году. Спрос в Индии начнет сокращаться в 2030-х годах.


Bloomberg прогнозирует, что к 2040 году электромобили вытеснят 20 миллионов баррелей в сутки спроса на нефть, что в 10 раз выше нынешнего сокращения из-за электромобилей.

По словам Лу Жуцюаня, президента государственного научно-исследовательского института экономики и технологий Китайской национальной нефтяной корпорации, в 2024 году электромобили вытеснят в Китае более 20 млн тонн спроса на сырую нефть, что соответствует 10% потребления бензина и дизельного топлива в стране.

Продажи электромобилей с аккумуляторным питанием в Китае выросли на 18,2% в январе-феврале, что ниже роста по сравнению с 20,8% за весь 2023 год.

Однако вместе с подключаемыми гибридами продажи новых энергетических транспортных средств (NEV) в Китае подскочили на 37,5% за двухмесячный период против 36,2% за 2023 год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Andijon shahrida 752,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida “S.i.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar, Andijon shahridagi 23 ta ijtimoiy soha obyektining qozonxonalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 752,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Energetika_vazirligi_ogohlantiradi

Maishiy gaz ballondan foydalanish qoidalari:

🔸nostandart gaz ballonlarni gaz plitaga o‘rnatmang;

🔸gaz ballonlarini oddiy rezina shlanglar orqali ulamang;

🔸ballondan gaz sizib chiqishini sovunli ko‘pik bilan doimo tekshiring;

🔸olov hosil qilish mumkin bo‘lgan narsalar gaz ballonidan kamida 10 metr uzoqlikda tursin;

🔸ballonlarni quyosh tig‘ida qoldirmang;

🔸gaz plitalarini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazing;

🔸ballon gaz plitadan kamida 2 metr uzoq turishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

—————

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев 5 апреля посетит нашу страну
с визитом.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diqqat, tanlov: Energetika vazirligi markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va energiya auditi boshqarmasi boshlig‘i

Investitsiyalar va istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Arizalar 2024-yil 8-aprel kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Murojaat uchun
bot — @vacancy_argos_bot

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#bir_raqam_sharhi

2023-yilda yoqilg‘i-energetika korxonalarida jami 868 ta yangi ish o‘rni yaratildi.


Xususan:

Soha korxonalarida – 553 ta (neft-gaz tarmog‘ida 274 ta va elektr tarmog‘ida 279 ta),

Ishga tushirilgan investisiya loyihalari doirasida – 315 ta (yangi Sirdaryo IES – 120 ta, QTEM – 195 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida bosqichma-bosqich olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari tufayli soha yanada rivojlanib, korrupsion holatlarning oldi olinmoqda. Texnik va texnologik jarayonni masofadan turib, inson omilisiz samarali boshqarish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga erishilyapti.

Birgina misol, “Sirdaryo IES”da 2 ming nafar xodim tarafidan bajariladigan yumushlar “Yangi Sirdaryo IES”da qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar tufayli atigi 120 nafar xodim tomonidan amalga oshiriladi.

—————

#обзор_одной_цифры

В 2023 году на предприятиях ТЭК создано 868 новых рабочих мест.

В частности:


На предприятиях отрасли – 553 (в нефтегазовой отрасли – 274 и в электроэнергетической отрасли – 279),

В рамках запущенных инвестиционных проектов – 315 (Ново-Сырдарьинская ТЭС – 120, ВИЭ – 195).

Для информации: В последние годы благодаря цифровизации ТЭК отрасль бурно развивается, предупреждаются коррупционные ситуации. Достигается эффективное управление техническим и технологическим процессом на расстоянии, без человеческого фактора, и качественное обслуживание потребителей.

Например: благодаря цифровым технологиям, используемым в «Ново-Сырдарьинской ТЭС», работу 2 тысяч сотрудников «Сырдарьинской ТЭС» на новой станции выполняют всего 120 сотрудников.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube