Iqtisodiyot va moliya vazirligi
26.1K subscribers
9.18K photos
810 videos
81 files
5.89K links
Download Telegram
📄 Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi

🔹Kiritilgan o'zgarishlar elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, xususan:

☑️tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar qatnashchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;

☑️soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.

📌Batafsil

🇷🇺РУС

#buxgalteriya_hisobi #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌⌨️ Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ifrs.academy va profimsfo.uzonlayn ta’lim platformalari ishga tushirilgan.

📆 Mazkur ta’lim platformalari 2025-yilgacha har yili yangilangan shaklda bepul tarzda ochiq bo‘lib, tinglovchilar imkoniyatlariga qarab, o‘zlariga ma’qul vaqtda moliyaviy bilimlarini boyitishlari mumkin.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish 2021-yildan boshlab faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

ACCA O‘zbekistonda tan olingan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, o‘quv markazlari uning akkreditatsiyasidan o‘tgan yoki o‘tmaganini ushbu havolada aniqlash mumkin.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qaroriga muvofiq 2020-2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha:

☑️o‘qitish;
☑️malakasini oshirish;
☑️interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
☑️buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
☑️imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

📄 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom”ga muvofiq:

🟣buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim oluvchi yoki ishlovchi talabalar;
🟣o‘qituvchilar;
🟣 davlat xizmatchilariga buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olish va imtihon xarajatlarini qoplash tartibi joriy qilingan.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM