Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.8K subscribers
8.09K photos
752 videos
81 files
5.24K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda

#narxlar #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

🔵O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘RQ-728-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 71-son qaroriga muvofiq:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

➡️Yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ariza olingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq o‘z ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.

➡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bazaviy soliq stavkasining Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida haq to‘lanadi.

#xususiylashtirish #yerlar #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏙 Aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi, ipoteka kreditlarini moliyalashtirish mablag‘lari oshiriladi

💬Bu haqda kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joy qurilishi va 2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

◀️Unda Davlatimiz rahbari qurilish hajmlarini oʻz vaqtida taʼminlash har bir viloyat iqtisodiy koʻrsatkichlarining oʻsishiga katta turtki berishini taʼkidladi.

◀️Endilikda aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratilib, ipoteka krediti va subsidiya bilan koʻproq aholi qamrab olinadi.

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qaroriga muvofiq 2020-2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha:

☑️o‘qitish;
☑️malakasini oshirish;
☑️interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
☑️buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
☑️imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

📄 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom”ga muvofiq:

🟣buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim oluvchi yoki ishlovchi talabalar;
🟣o‘qituvchilar;
🟣 davlat xizmatchilariga buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olish va imtihon xarajatlarini qoplash tartibi joriy qilingan.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

Hurmatli fuqarolar!

📲“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi. 2023-yil 18-mart soat 10:00 dan 7-aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo‘ylab “OpenBudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi.

☑️Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 1666 ta loyiha g'olib deb topildi!

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

↪️G'olib bo'lgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈"Tashabbusli budjet" 1-mavsum: sarhisob

Jamoatchilik fikri asosida, ovoz berish jarayoni natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur loyihada jami 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1 666 ta loyiha g‘olib deb topildi.

📊 Ushbu mavsumda ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) taʼmirlash bilan bog‘liq tadbirlar loyihasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Darxon” MFY Bo‘tasoy qishlog‘i hududidagi 2.5 km yo‘lni asfalt qilish tashabbusi 25 728 ta ovoz to‘plab eng yuqori natijani qayd etgan.

Batafsil

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

◀️Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

☑️Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Andijon viloyati tadbirkorlari bilan ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🔵 Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy sohada muhim o‘rin egallagan isitish tizimlarini modernizasiya qilishga oid “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish to‘g‘risida” gi PQ-118-son qarori tasdiqlandi.

Batafsil
_______________________

️Состоялась встреча с предпринимателями Андижанской области по обеспечению стабильной работы систем отопления на объектах социальной сферы

🔵10 апреля 2023 года Президентом Республики Узбекистан было утверждено постановление № ПП-118 “О модернизации систем отопления объектов социальной сферы на основе государственно-частного партнерства”, касающееся модернизации систем отопления, занимающих важное место в социальной сфере.

➡️ Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧Endi suv yetkazib beruvchilar va iste'molchilar “Suv hisobi” AT orqali ishlaydilar

🔵 “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” (01.04.2023 y. PQ-107-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

🟣tijorat banklari kreditlarining garov ta'minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta'minlanadi;

🟣tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida tashkil etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi muhokama etildi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
_______________________

️Обсужден проект “Развитие сельской инфраструктуры” при Министерстве экономики и финансов, созданный при участии Международной ассоциации развития Всемирного банка и Азиатского банка инфраструктурных инвестиций

🟢Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Адиз Бобоев провел встречу с представителями делегации Всемирного банка во главе со старшим специалистом по социальному развитию Робертом Вробелем.

🇬🇧ENG

#xalqaro_hamkorlik
#rural_infrastructure_development
#World_Bank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦Chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham iste’mol krediti beriladi

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (O‘RQ–828, 10.04.2023-y.) Qonunni imzoladi.

◀️Qayd etish joizki, bugun aholining moliyaviy iste’mol kreditlari olishi uchun talab ortib bormoqda. Biroq 2006-yilda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy iste’mol krediti ajratilishi cheklangan edi. Ya’ni iste’mol krediti faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari (xizmatlarni) olish uchun berilardi.

◀️Qonunchilikdagi yangilikka ko‘ra, endi mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) uchun ham moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

➡️Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Namanganda kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari D. Sultanov, viloyat hokimi o‘rinbosari S. Sultanov, ijtimoiy soha rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi (PQ-118, 10.04.2023-y.)qarorida belgilangan topshiriqqa binoan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Respublika ishchi guruhi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha mas’ul idora hisoblanadi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

⚡️“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

🔆Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

📆 Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #mening_yolim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️🛣"Mening yo‘lim" loyihasiga taklif kiritishga oid video qo‘llanma

➡️Buning uchun Siz "Ochiq budjet" axborot portalida ro‘yxatdan o‘tib, "Mening yo‘lim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun takliflaringizni kiritishingiz mumkin.

Loyihada faol qatnashib, tumaningiz (shahringiz), mahallangiz yo‘llarining ravon bo'lishiga hissa qo'shing!

📆Eslatib o'tamiz, "Mening yo'lim" loyihasi doirasida takliflar kiritish jarayoni 2023-yilning 27-apreliga qadar davom etadi.

#ochiq_budjet #mening_yolim 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Koreya Respublikasi Milliy tadqiqotlar kengashi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
_______________________


️Подписан меморандум о взаимопонимании с Национальным исследовательским советом Республики Корея

🟢Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан и Национальный исследовательский совет Республики Корея подписали меморандум о взаимопонимании по дальнейшему укреплению двустороннего сотрудничества.

🇬🇧ENG

#IMV #xalqaro_hamkorlik
#bilateral_cooperation

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonning BEPS xalqaro inklyuziv dasturiga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi

◀️Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi markazining Xalqaro aloqalar va rivojlanish bo‘yicha rahbari Ben Dikinsonni qabul qildi.

Batafsil

⚡️Обсуждены вопросы присоединения Узбекистана к международной инклюзивной программе BEPS

◀️Министр экономики и финансов Шерзод Кудбиев принял руководителя отдела глобальных отношений и развития Центра налоговой политики Организации экономического сотрудничества и развития Бена Дикинсона.

Подробнее

#xalqaro_hamkorlik
#IMV #IHTT

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️KfW Germaniya taraqqiyot banki vakillari bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🇺🇿🇩🇪Joriy yilning 20-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov Germaniya taraqqiyot bankining (KfW) Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Veronika Garsiya Del Arko xonim boshchiligidagi KfW vakillari bilan uchrashdi

️Batafsil
_______________________

Состоялось обсуждение вопросов сотрудничества по перспективным проектам с представителями Германского Банка Развития KfW

🇺🇿🇩🇪20 апреля текущего года заместитель министра экономики и финансов Илхом Норкулов встретился с представителями Германского Банка Развития (KfW) во главе с Директором KFW по Восточной Европе, Кавказу и Центральной Азии г-жой Вероникой Гарсия Дель Арко.

Подробнее

#KfW #xalqaro_hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ramazon_tabrigi

🕌 Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni insonparvarlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat ifodasi bo‘lmish muqaddas ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Inson qadrini yuksaltirishdek ezgu g‘oya mujassamlashgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Ehtirom ila,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🛣 “Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi yakunlandi


🔵Bugun, 27-aprel kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

📲Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi.

📆 Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️Xalqaro Moliya Korporatsiyasi vakillari bilan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan fikr almashildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) DXSh loyihalarida Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maslahat xizmatlari bo‘limining mintaqaviy rahbari Munir Feruzi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
_______________________


⚡️С представителями Международной Финансовой Корпорации состоялся обмен мнениями по проектам государственно-частного партнерства

Заместитель министра экономики и финансов Республики Узбекистан Гульнара Рахимова провела встречу с региональным руководителем отдела консультационных услуг по проектам ГЧП Международной Финансовой Корпорации (МФК) по Ближнему Востоку, Центральной Азии, Турции, Афганистану и Пакистану Муниром Ферузи.

🇬🇧ENG

#xalqaro_hamkorlik #IMV #IFC

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM