Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.7K subscribers
8.17K photos
755 videos
81 files
5.29K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈Tashabbusli budjet” — amalda!

Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Dehqonobod tumanidagi Boyqo‘rg‘on va Yangi hayot mahallalarida ravon yo‘llar aholiga xizmat ko‘rsata boshladi;

➡️ Toyloq tumanidagi Adas mahallasidagi bog‘cha uchun 60 o‘rinli bino, oshxona va yozgi ayvoncha qurildi;

➡️ Ko‘kdala tumanidagi Naymansaroy mahallasining 2,5 kilometrdan ortiq qismi asfaltlandi;

➡️ Yangiobod tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi;

➡️ Sariosiyo tumani Sebzor mahallasidagi tog‘li Zarxona qishlog‘ida 3,3 kilometrli beton yo‘l qurildi;

➡️ Mingbuloq tumanidagi Alami mahallasida yangi futbol maydoni qurildi.

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga 2025-yilda “Ochiq budjet axborot portalida o‘tkaziladigan jarayonlar taqvimi taqdim etilmoqda.

#open_budget #ochiq_budjet #tashabbusli_budjet #mening_maktabim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈Tashabbusli budjet” — amalda!

Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Kogon tumanidagi 18-umumta’lim maktabida yangi futbol maydoni qurildi;

➡️ Urganch tumanidagi 2 ta oilaviy poliklinikaga zarur jihozlar sotib olindi;

➡️ Qo‘shko‘pir tumani Boʻrloq mahallasidagi ko‘chalarning 1,7 km qismi asfaltlandi;

➡️ Konimex tumanidagi istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda;

➡️ Urganch tumanidagi Xojiboylar mahallasining 2 km ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi;

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

➡️2024-yilda "Tashabbusli budjet" jarayonlari yuzasidan erishilgan natijalar toʻgʻrisida

2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalar uchun 6 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilib, tarixiy ko‘rsatkich qayd etdi. Tashabbusli budjet amaliyoti kengaytirilib “Mening maktabim”, “Mening bog‘cham” va “Mening bog‘im” loyihalari amaliyotga tatbiq etildi.

🎬 Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalar bilan ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Choriyev intervyu orqali batafsil ma’lumot berdi.

#Open_Budget #Tashabbusli_budjet #Results2024

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊Tashabbusli budjet”da hududlarning faolligiga ko‘ra reyting natijalari e’lon qilindi

Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2024-yil yakunlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlar asosida hududlar reytingi shakllantirildi.

Baholash natijalariga ko‘ra:

📉 Hududlar bo‘yicha umumiy to‘plangan ballarga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Namangan va Sirdaryo viloyatlari eng faol hududlar sifatida e‘tirof etilgan. O‘z navbatida, Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan ko‘rsatkichlar eng past ballar bilan baholangan.

💠 Natijalarga ko‘ra, Andijon, Qarshi, Shahrisabz va Samarqand shaharlari hamda Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Shahxrixon, Xo‘jaobod, Nishon, Bulung‘ur, Urgut va Olmazor tumanlarida eng past ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 Tashabbusli budjet” jarayoniga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

📄 Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, har yili tuman va shahar budjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosanTashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

📄 Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

➡️ Batafsil

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔆 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar uchun 7 trln so‘m yo‘naltiriladi

“Ochiq budjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalar uchun joriy yilda 7 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda.

📄 Jumladan, 2025-yil uchun tasdiqlangan “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra:

1️⃣Tashabbusli budjet” jarayonining ikki mavsumi uchun* — 5,4 trln so‘m;

2️⃣ “Mening maktabim” loyihasi uchun — 605 mlrd so‘m;

3️⃣ “Mening bog‘cham” loyihasi uchun — 400 mlrd so‘m;

4️⃣ “Mening bog‘im” loyihasi uchun — 100 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

*Bunda, “Tashabbusli budjet” jarayoni uchun tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi ham yo‘naltirilishi hisobiga mazkur mablag‘lar hajmi qariyb 6 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan.

📆 Avvalroq joriy yilda “Ochiq budjet” portalida o‘tkaziladigan loyihalarning kalendar-rejasi e’lon qilingan edi.

#ochiq_budjet #tashabbusli_budjet #mening_maktabim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠Tashabbusli budjet” jarayonida ilgari surilgan loyihalar qanday mezonlar asosida tanlab olinadi?

Avval xabar berilganidek, 1-fevraldan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi boshlanadi. Ilgari surilgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

1️⃣ loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli bo‘lishi;

2️⃣ jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yo‘llarni ta’mirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash yoki jihozlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar);

3️⃣ jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy avtomashina, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, ma’muriy binolarni ta’mirlash);

4️⃣ tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligi hamda loyihani amalga oshirish natijasida pullik xizmat asosida foydalanilmasligi;

5️⃣ budjet tashkilotini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun to‘lovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);

6️⃣ mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini qurish, ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lmasligi;

7️⃣ boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni o‘z ichiga olmasligi;

8️⃣ loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari — 1,5 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.

Bunda, bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan bo‘lsa, ulardan ma’lumoti to‘liq ko‘rsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM