Iqtisodiyot va moliya vazirligi
26.9K subscribers
9.02K photos
802 videos
81 files
5.8K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 Jahon bankining davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) mezonlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash ishlari boshlandi.

➡️PEFA mezonlari asosida baholashdan O‘zbekiston Davlat moliyasi tizimini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, budjet xarajatlari natijadorligini ta’minlash hamda sohada amalga oshiriladigan islohotlarni davom ettirish maqsadida muhim yo‘nalishlarni aniqlash kutilmoqda.

💬Seminar davomida mahalliy mutaxassislar tomonidan 2020 – 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda xorijiy ekspertlar bilan birgalikda PEFA baholash ishlarining dastlabki yo‘nalishlari muhokama qilindi.

✔️Joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida Jahon bankining davlat moliyasini boshqarish tizimini baholash maqsadida tashkil etilgan missiyasi doirasida xorijiy hamda mahalliy ekspertlar bilan birgalikda Budjet jarayonining barcha bosqichlarini, ya’ni budjetni tuzishdan to Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobotni taqdim etishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar baholanadi.

📝“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish hamda PEFA mezonlari asosida o‘tkaziladigan amaldagi budjet tizimining diagnostik baholash natijalari 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashadi.

#PEFA #davlatmoliyasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️ “2025-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

➡️Tadbirda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hisob palatasi vakillari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etishdi.

💬 Mazkur strategiya O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining muhim hujjatlaridan biri bo‘lib, davlat moliyasini boshqarish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

🟣 Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

✔️Budjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;
✔️Strategik ustuvorlik va budjetni oʻrta muddatli rejalashtirishni takomillashtirish;
✔️Davlat xarajatlari va investitsiyalarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish;
✔️Budjetning samarali ijrosini taʼminlash;
✔️Fiskal axborot sifati va hisobdorligini yanada oshirish.

⚡️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan ushbu strategiyaning asosiy maqsadlari davlat budjetining barqarorligi va ochiqligini ta'minlash, soliq ma'muriyatini takomillashtirish, davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish, davlat qarzini xavfsiz darajada boshqarishdan iboratdir.

🇺🇿 Batafsil | 🇬🇧 More

#PEFA #davlatmoliyasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📹 “2025–2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati

Tadbirda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hisob palatasi vakillari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari ham ishtirok etdi.

#PEFA #davlatmoliyasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM