Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21K subscribers
7.88K photos
732 videos
81 files
5.09K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚡️ Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishning qanday afzalliklari bor?

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali kichik elektr stansiyalari qurish mumkin.

✔️ Bu har bir aholi vakillari va tadbirkorlarda oʻz kichik stansiyasiga ega boʻlish imkoniyati bor deganidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassisi Behruz Mirzayev video orqali batafsil maʼlumot beradi.

#green_energy #green_economy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿🏦 O‘zbekiston Jahon banki bilan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlashda hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon banki ishtirokida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori imzolandi.

✔️ Unga ko‘ra, “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 46,25 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

📄 Loyiha 20 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” hamda 25 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponentlaridan iborat.

Loyiha doirasida 1,25 mln AQSh dollari Jahon banki orqali O‘zbekiston nomidan Moslashish va emissiyalarni qisqartirish global jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Qo‘shimcha texnik ko‘mak sifatida ajratiladigan 2 mln AQSh dollari esa institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda issiqxona gazlari emissiyasini nazorat qilish infratuzilmasini yaratish (issiqxona gazlari reyestrini yaratish, monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish) ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha 2023–2028-yillar davomida Jahon banki guruhi va Uglerod birliklari transformativ fondi (TCAF) koʻmagida amalga oshiriladi.

#green_energy #green_economy #world_bank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM