Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.8K subscribers
8.16K photos
755 videos
81 files
5.28K links
Download Telegram
Tashabbusli budjet jarayonida g'oliblar qachon va kim tomonidan e'lon qilinadi?

Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 30- iyundagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ213-sonli namunaviy nizomda belgilangan.

Joriy yil "Tashabbusli budjet" jarayonlarining birinchi mavsumi g'olib loyihalari 7-aprel kuni soat 10-00 da "Ochiq budjet" axborot portali orqali avtomatik tarzda e'lon qilinadi.


#tashabbusli_budjet #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚍 Yangi tizimga asoslangan jamoat transportini moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?

Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarorida belgilangan bo'lib, unga ko'ra:

1️⃣Shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni “Brutto-shartnoma” asosida tashkil etiladi.

2️⃣Tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10 foiz miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi.

3️⃣ Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.

4️⃣ Tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimini saqlash, yo‘lkira haqi bo‘yicha tushumlarni jamlash uchun transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari tashkil etiladi.

5️⃣ Transport boshqarmalarining maxsus jamg‘armalari xarajatlari bilan ularning daromadlari o‘rtasidagi tafovut Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

➡️Batafsil

#savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌⌨️ Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ifrs.academy va profimsfo.uzonlayn ta’lim platformalari ishga tushirilgan.

📆 Mazkur ta’lim platformalari 2025-yilgacha har yili yangilangan shaklda bepul tarzda ochiq bo‘lib, tinglovchilar imkoniyatlariga qarab, o‘zlariga ma’qul vaqtda moliyaviy bilimlarini boyitishlari mumkin.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish 2021-yildan boshlab faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

ACCA O‘zbekistonda tan olingan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, o‘quv markazlari uning akkreditatsiyasidan o‘tgan yoki o‘tmaganini ushbu havolada aniqlash mumkin.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

🔵O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘RQ-728-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 71-son qaroriga muvofiq:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

➡️Yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ariza olingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq o‘z ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.

➡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bazaviy soliq stavkasining Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida haq to‘lanadi.

#xususiylashtirish #yerlar #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qaroriga muvofiq 2020-2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha:

☑️o‘qitish;
☑️malakasini oshirish;
☑️interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
☑️buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
☑️imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

📄 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom”ga muvofiq:

🟣buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim oluvchi yoki ishlovchi talabalar;
🟣o‘qituvchilar;
🟣 davlat xizmatchilariga buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olish va imtihon xarajatlarini qoplash tartibi joriy qilingan.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
Fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lagan mablag'i uchun soliq olinmaydi

Talabalarning to‘lov-kontrakt shartnomasi bo‘yicha to‘lagan mablag‘idan soliq olinmasligi haqida eshitgandim. Aytingchi, ipoteka kreditini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘ bo‘yicha ham soliq imtiyozlari bormi? Bu masalada qonunchilikda nima deyilgan?

Ha, ilgari qiymati uch yuz million so‘mdan oshmagan miqdordagi uy-joy olgan fuqarolarning ipoteka krediti va uning foizini qoplashga yo‘naltirilgan o‘n besh million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘i uchungina soliq olinmas edi. Prezidentning tegishli qarori bilan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilib, ushbu cheklov olib tashlandi.

➡️ BATAFSIL

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatgan aholi qanday rag‘batlantiriladi?

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-57-son qaroriga muvofiq⤵️

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
Pensiyalarni bir turidan boshqa turiga o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Pensiya turini o'zgartirish mumkinligi haqida eshitgandim. Aytingchi, pensiya turini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan pensioner qayerga ariza bilan murojaat qilishi kerak va bu jarayon qay tartibda amalga oshiriladi? Bu masalada qonunchilikda nima deyilgan?

🔵Pensionerda qonunga muvofiq, boshqa turdagi pensiya olish huquqi mavjud bo‘lsa, u pensiyani boshqa turga o‘tkazish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bunday holatda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi. Qonunchilik bilan qo‘yiladigan ish staji va oylik ish haqini hisoblash talablariga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi. Ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tayinlanadi.

➡️
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM