Iqtisodiyot va moliya vazirligi
22K subscribers
8.37K photos
762 videos
81 files
5.41K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Oʻzbekistonda “yashil” va iqlim oʻzgarishiga moslashuvchan hudud va shaharlarni barpo etish” mavzusidagi Oʻzbekiston hududiy rivojlanish forumi o‘z ishini boshladi

Dastlab “Hududiy barqaror rivojlanishga koʻmaklashishda hukumatning roli” mavzusida yalpi sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya muhokama uchun asos yaratuvchi eng muhim nutqlar bilan ochilib, unda urbanizatsiya, hududiy rejalashtirish, fuqarolar ishtiroki va mahalliy boshqaruv yuzasidan o‘zaro fikr almashilmoqda.

Sessiyada hukumatning islohotlar kun tartibi va hozirda amalga oshirilayotgan asosiy dasturlar hamda tashabbuslar ham muhokama qilinadi.

Unda:

➡️ Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov;
➡️Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev;
➡️ Nyu-York universiteti Marron institutining shaharsozlik boʻyicha professori Shlomo Enjl;
➡️ London Universitet kolleji Rivojlanishni rejalashtirish kafedrasi Sunʻiy muhit fakulteti vakili Iv Kabannes;
➡️ Osiyo taraqqiyot bankining Suv resurslari va shaharsozlik boʻlimi direktori Jingming Huang;
➡️ Jahon bankining Shaharsozlik, barqarorlik va yerdan foydalanish boʻyicha global amaliyot boʻlimi amaliyot menejeri Kristof Push;
➡️ BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl ishtirok etmoqda.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Yashil” va iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchan shaharlar va hududlar” mavzusida 1-panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Ushbu muhokama shaharlarda iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish masalalariga qaratildi. Muhokamada shaharsozlik va barqaror rivojlanish boʻyicha mutaxassislar ishtirok etib, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Ekspertlar shaharlarga iqlim boʻyicha harakat rejalarini ishlab chiqishda hamda “yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirishning innovatsion manbalarini aniqlashda koʻmaklashuvchi strategiyalarni tahlil qildi.

Panel muhokamasida:

➡️ Oliy Majlis deputati Boriy Alixonov;
➡️ Vena shahar kengashi Yashash uchun qulay joylarni rivojlantirish boʻyicha dastur rahbari Andreas Trisko;
➡️ Albaniyaning Tirana shahri meri oʻrinbosari Anuela Ristanti;
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Suna Pak;
➡️ Osiyo taraqqiyot bankining iqlim oʻzgarishi boʻyicha mutaxassisi Okju Chong;
➡️ Moderator — Jahon bankining shaharsozlik boʻyicha katta mutaxassisi Aksel Beumler ishtirok etdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Bosh reja va master rejalarga “yashil” iqtisodiyotga oʻtish maqsadlarini kiritish” mavzusida 2-panel muhokamasi o‘tkazildi

Ushbu panel muhokamasi “yashil” iqtisodiyotga oʻtish maqsadlarini shahar bosh rejalari va master rejalar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga integratsiya qilishga qaratildi.

Ekspertlar shaharlarni iqlim oʻzgarishiga nisbatan chidamliroq qilish, barqaror iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish hamda jarayonga xususiy sektor va fuqarolarni jalb etish uchun shaharsozlik strategiyalari va vositalari boʻyicha oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Muhokamada:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Odilov;
➡️ Turkiyaning Shahinbey viloyati hokimi Mehmet Tahmazoglu;
➡️ “Studio Vertebra” kompaniyasi bosh direktori Mexmet Bektosh;
➡️ “Policy Analytics Laboratory” kompaniyasi bosh direktori Esen Jaglar;
➡️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) dastur rahbari Bayatu Shorait;
➡️ Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov;
➡️ Moderator — “Superwien Studio” kompaniyasi direktori Roland Krebs ishtirok etdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Oʻzbekiston tumanlarini rivojlantirish dasturi — mahalliy davlat hokimiyati organlarining samaradorligini oshirish uchun mahalliy darajada oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish” mavzusida 3-panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Panel muhokamasida xalqaro tajriba asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining samaradorligini oshirish vositalari va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda mahalliy harakatlarni ragʻbatlantirish hamda fuqarolar ishtirokini qoʻllab-quvvatlash asosiy masala sifatida koʻrib chiqildi.

Shuningdek, ushbu muhokamada mahalliy boshqaruvni takomillashtirish hamda shahar va tumanlarda barqaror, integratsiyalashgan va inklyuziv rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hukumat islohotlarining kun tartibi tahlil qilindi.

3-panel muhokamasida:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri boshqarma boshlig’i Sherzodbek Otaboyev;
➡️ London Universitet kolleji Rivojlanishni rejalashtirish kafedrasi Sunʻiy muhit fakulteti vakili Iv Kabannes;
➡️ BMTTDning Mahalliy boshqaruv va shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi mintaqaviy dastur mutaxassisi Bilyana Svetanovska-Gugoska;
➡️ Davlat sektori boshqaruvi boʻyicha katta ekspert Gerhard Vant Land;
➡️ Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov;
➡️ Moderator — Jahon bankining shaharsozlik boʻyicha katta mutaxassisi Muhammad Nada qatnashdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 Oʻzbekiston hududiy rivojlanish forumining yakuniy sessiyasi o‘tkazildi

Forum kun tartibidagi yakuniy sessiyada sessiyalarning asosiy jihatlari haqida qisqacha maʼlumot berildi.

Shundan so‘ng yakunlovchi soʻzlar va keyingi qadamlar bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Mazkur sessiyada:

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov;
➡️ Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toivo Klaar;
➡️ Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Konstantin Obolenski;
➡️Jahon bankining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida ishlaydigan katta infratuzilma iqtisodchisi Aksel Beumler;
➡️ Moderator — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxoʻjayev ishtirok etdi.

#forum #sessiya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM