Iqtisodiyot va moliya vazirligi
20.9K subscribers
7.77K photos
728 videos
81 files
5.01K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Hisobvaraq

Xaridor tovarga buyurtma berganidan keyin xaridor nomiga sotuvchi tomonidan yoziladigan, sotiladigan tovar va uning sotuv narxi haqida maʼlumotlarga ega hisob.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Taklif omili

Resurs mavjud sanogʻining koʻpayishi, sifati ortishi yoki tovar va xizmatlarni kattaroq hajmda ishlab chiqarishga imkon yaratuvchi, ularning takliflari ortishiga taʼsir koʻrsatuvchi texnik bilimlar, texnologik imkoniyatlar, yangiliklarning kengayishi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Talab elastikligi

Bu narx oʻzgarishiga nisbatan talab miqdorining oʻzgarish reaksiyasi, narxning ozgina oʻzgarishi, talabning nisbatan koʻproq oʻzgarishiga olib kelsa, bu talabning elastikligidir. Talabning narx boʻyicha egiluvchanlik koʻrsatkichi talab hajmiga taʼsir qiluvchi boshqa omillar oʻzgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga oʻzgarishi talabning necha foizga oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Loro-konto

Bank tomonidan oʻz bank-korrespondentiga ochib beriladigan tijorat hisobi, unda ushbu bank topshirigʻi bilan oʻtkaziladigan barcha amaliyotlar aks etadi; uchinchi bank tomonidan bank-korrespondent qoshida ochiladigan tijorat hisobi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Likvidlik

1. Firma aktivlari, mulklarining naqd pulga aylana olishga qodirligi, aktivlarning harakatliligi.
2. Qarzdorning qarz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishga qodirligi, toʻlov qobiliyati.
3. Bozorning qimmatbaho qogʻozlarni singdirib yuborish qobiliyati, narxlarning mavjud darajasida jiddiy oʻzgarishlarsiz ularni sotish oʻlchovi, samaradorlik, natijadorlik.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Diplyatsiya

Tabiiy resurslarni ehtiyojga va foydalanish imkoniyatlariga muvofiq mutanosib taqsimlash.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Kalkulyatsiya

Jadval shaklida namoyon qilingan, ishlab chiqarish, mahsulot yoki mahsulotlar toʻplami birligi sotuviga, shuningdek, ish va xizmat amalga oshirilishiga sarflangan chiqimlar, xarajatlarning pul koʻrinishidagi buxgalterlik hisob-kitobi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Onkol bitimi

Real tovar sotib olish shartnomasi. Unga koʻra, tovar xaridori buni talab qilmaguncha narx qayd etilmaydi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Yevrokredit


Yevropa mamlakatlari yirik tijorat banklarining yevro valyuta bozori resurslari hisobidan chiqaradigan xalqaro zayomlari.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

YIM deflyatori


Mamlakatda narxlar umumiy darajasining oʻsishini ifoda etuvchi makroiqtisodiy koʻrsatkich. U nominal YIM (yalpi ichki mahsulot) hajmini real YIM hajmiga boʻlish orqali aniqlanadi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Laspeyres indeksi


1️⃣ Tovarlar narxining oʻzgarishini tavsiflovchi narx indekslarining turlaridan biri. U Laspeyres deb ataladigan formula yoki sxema boʻyicha hisoblanadi. Ushbu usulni 1871-yilda nemis olimi Etyen Laspeyres asoslagan.

2️⃣ Umumiy narxlar indeksini (deflyator), savdoning jismoniy hajmi indeksini, sanoat ishlab chiqarish indeksini va boshqalarni yaratish uchun ishlatiladi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Listing


1️⃣ Mazkur birjada aylanayotgan aksiyalar roʻyxatiga kompaniya aksiyalarining kiritilishi.

2️⃣ Jamgʻarma birjasida qimmatbaho qogʻozlar savdosiga ruxsat berish qoidalari.

3️⃣ Qimmatbaho qogʻozlar emtenti va jamgʻarma birjasi yoki jamgʻarma birjasining birjadan tashqari ishtirokchisi oʻrtasidagi savdo uchun yoki bozorda aylanishi uchun qimmatbaho qogʻozlarni qabul qilishi haqidagi kelishuv.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Indeksatsiya


Daromadlarni toʻlaydigan davlat va boshqa subyektlarning pul daromadlari va fuqarolarning jamgʻarmalarini isteʼmol tovarlari va xizmatlari narxi oʻsishiga muvofiq oshirishdan iborat aholini inflatsiyadan saqlash usuli.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Kadastr

Davlat iqtisodiy resurslari haqida tizimlashgan, davriy yoki doimiy kuzatishlar asosida rasmiy tuzilgan maʼlumotlar majmuasi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Annulyatsiya


Hujjat, shartnomalar, huquqlar yoki vakolatlarning bekor qilinishi, haqiqiy emas deb topilishi.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📖 Moliyaviy savodxonlik

Aksiya


Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz.

#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM