Iqtisodiyot va moliya vazirligi
26.5K subscribers
9.08K photos
804 videos
81 files
5.85K links
Download Telegram
📄 Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi

🔹Kiritilgan o'zgarishlar elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, xususan:

☑️tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar qatnashchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;

☑️soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.

📌Batafsil

🇷🇺РУС

#buxgalteriya_hisobi #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌⌨️ Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ifrs.academy va profimsfo.uzonlayn ta’lim platformalari ishga tushirilgan.

📆 Mazkur ta’lim platformalari 2025-yilgacha har yili yangilangan shaklda bepul tarzda ochiq bo‘lib, tinglovchilar imkoniyatlariga qarab, o‘zlariga ma’qul vaqtda moliyaviy bilimlarini boyitishlari mumkin.

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish 2021-yildan boshlab faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

ACCA O‘zbekistonda tan olingan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, o‘quv markazlari uning akkreditatsiyasidan o‘tgan yoki o‘tmaganini ushbu havolada aniqlash mumkin.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qaroriga muvofiq 2020-2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo‘yicha:

☑️o‘qitish;
☑️malakasini oshirish;
☑️interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish;
☑️buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish;
☑️imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

📄 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom”ga muvofiq:

🟣buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim oluvchi yoki ishlovchi talabalar;
🟣o‘qituvchilar;
🟣 davlat xizmatchilariga buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olish va imtihon xarajatlarini qoplash tartibi joriy qilingan.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga doir qanday fan va sertifikatlar bo‘yicha o‘qitish va imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladi?

Ushbu savolga Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bosh mutaxassisi Sarvarbek Kurbanbayev javob beradi.

#moliyaviy_hisobot #buxgalteriya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va imtihon topshirish xarajatlari qaysi toifadagi shaxslar uchun qoplab beriladi?

Ushbu savolga Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bosh mutaxassisi Sarvarbek Kurbanbayev javob beradi.

#moliyaviy_hisobot #buxgalteriya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔍 Buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyati sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar

💠 Bundan 25 yil muqaddam qabul qilingan buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) amaldagi qonunchilik hujjatlarining oʻzgarishi hamda xalqaro standartlar talablari bilan muvofiqlashtirish maqsadida 25 ta BHMS va buxgalteriya hisobiga doir normativ-xuquqiy hujjatlar davlat tili talabiga muvofiq toʻliq qayta koʻrib chiqilib, birlashtirish va tizimlashtirish orqali jami 20 ta buxgalteriya hisobining hujjatlari yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shuningdek:

✔️ 4 ta BHMS Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) uygʻunlashtirildi;
✔️ MHXSga asoslangan moliyaviy hisobot shakllari va ularni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi;
✔️ MHXS boʻyicha dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish xarajatlarini qoplash jarayonlari avtomatlashtirildi;
✔️ auditorlar soni 1 154 nafarga, auditorlik tashkilotlar soni 153 taga yetdi;
✔️ “Audit” dasturiy majmuasining yangi shakli ishlab chiqildi (https://audit.imv.uz).

➡️ Batafsil

#mhxs #buxgalteriya #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🤔 Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi va audit sohalarining xalqaro standartlarga muvofiqligi baholanmoqda

Uchrashuv AA ROSC baholashlari doirasida oʻtkazilib, uning maqsadi — Oʻzbekistonning buxgalteriya hisobi va audit tizimini rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiqligini oshirish hamda bu sohadagi institutsional bazani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.

🇺🇿 Batafsil
____

🤔 Uzbekistan's accounting and auditing sectors are being assessed for compliance with international standards

The meeting was held within the framework of AA ROSC assessments and aimed to develop Uzbekistan’s accounting and auditing systems, enhance their compliance with international standards, and improve the institutional framework in this field.

🇬🇧 More

#mhxs #buxgalteriya #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📃 Buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyati sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar

Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Otabek Barakayev

💠 Bundan 25 yil muqaddam qabul qilingan buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) amaldagi qonunchilik hujjatlarining oʻzgarishi hamda xalqaro standartlar talablari bilan muvofiqlashtirish maqsadida 25 ta BHMS va buxgalteriya hisobiga doir normativ-xuquqiy hujjatlar davlat tili talabiga muvofiq toʻliq qayta koʻrib chiqilib, birlashtirish va tizimlashtirish orqali jami 20 ta buxgalteriya hisobining hujjatlari yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shuningdek:

✔️ 4 ta BHMS Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) uygʻunlashtirildi;
✔️ MHXSga asoslangan moliyaviy hisobot shakllari va ularni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi;
✔️ MHXS boʻyicha dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish xarajatlarini qoplash jarayonlari avtomatlashtirildi;
✔️ auditorlar soni 1 154 nafarga, auditorlik tashkilotlar soni 153 taga yetdi;
✔️ “Audit” dasturiy majmuasining yangi shakli ishlab chiqildi (https://audit.imv.uz).

➡️ Batafsil

#mhxs #buxgalteriya #audit

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔆 Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha oʻqitish va imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ–4611-sonli qaroriga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS boʻyicha oʻqitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihon topshirish xarajatlari uchun 2021-yildan 2024-yil 31-dekabrga qadar 7 798,8 mln soʻm qoplab berildi.

🇺🇿 Batafsil
_____

🔆 The costs of training and taking exams under the International Financial Reporting Standards (IFRS) are being reimbursed

According to the Presidential Decree of the Republic of Uzbekistan No. PD-4611 dated February 24, 2020, a total of 7 798.8 million UZS has been reimbursed from 2021 to the December 31, 2024 for the costs of IFRS training at accredited educational centers and for taking exams as part of the international certification of accountants.

🇬🇧 More

#buxgalteriya #mhxs

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM