Debet
Ikki tomonlama jadval shakliga ega buxgalterlik hisobining bir tomoni. Pul mablagʻlari va korxonaning moddiy boyliklari zaxirasi (aktivlar) holati va harakatini roʻyxatga olish hisoblarining debet qismida oyning boshiga qiymat mavjudligi va oy davomida ularning tushumi koʻrsatiladi. Vositalar manbalari (passivlar) holati va harakatini roʻyxatga olish hisoblarining debet qismida manbalarning kamayishi. Masalan, korxonaga qarzdorlari tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan qarzlar aks etadi.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hisobvaraq
Xaridor tovarga buyurtma berganidan keyin xaridor nomiga sotuvchi tomonidan yoziladigan, sotiladigan tovar va uning sotuv narxi haqida maʼlumotlarga ega hisob.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taklif omili
Resurs mavjud sanogʻining koʻpayishi, sifati ortishi yoki tovar va xizmatlarni kattaroq hajmda ishlab chiqarishga imkon yaratuvchi, ularning takliflari ortishiga taʼsir koʻrsatuvchi texnik bilimlar, texnologik imkoniyatlar, yangiliklarning kengayishi.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talab elastikligi
Bu narx oʻzgarishiga nisbatan talab miqdorining oʻzgarish reaksiyasi, narxning ozgina oʻzgarishi, talabning nisbatan koʻproq oʻzgarishiga olib kelsa, bu talabning elastikligidir. Talabning narx boʻyicha egiluvchanlik koʻrsatkichi talab hajmiga taʼsir qiluvchi boshqa omillar oʻzgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga oʻzgarishi talabning necha foizga oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Loro-konto
Bank tomonidan oʻz bank-korrespondentiga ochib beriladigan tijorat hisobi, unda ushbu bank topshirigʻi bilan oʻtkaziladigan barcha amaliyotlar aks etadi; uchinchi bank tomonidan bank-korrespondent qoshida ochiladigan tijorat hisobi.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Likvidlik
1. Firma aktivlari, mulklarining naqd pulga aylana olishga qodirligi, aktivlarning harakatliligi.
2. Qarzdorning qarz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishga qodirligi, toʻlov qobiliyati.
3. Bozorning qimmatbaho qogʻozlarni singdirib yuborish qobiliyati, narxlarning mavjud darajasida jiddiy oʻzgarishlarsiz ularni sotish oʻlchovi, samaradorlik, natijadorlik.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diplyatsiya
Tabiiy resurslarni ehtiyojga va foydalanish imkoniyatlariga muvofiq mutanosib taqsimlash.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kalkulyatsiya
Jadval shaklida namoyon qilingan, ishlab chiqarish, mahsulot yoki mahsulotlar toʻplami birligi sotuviga, shuningdek, ish va xizmat amalga oshirilishiga sarflangan chiqimlar, xarajatlarning pul koʻrinishidagi buxgalterlik hisob-kitobi.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Onkol bitimi
Real tovar sotib olish shartnomasi. Unga koʻra, tovar xaridori buni talab qilmaguncha narx qayd etilmaydi.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yevrokredit
Yevropa mamlakatlari yirik tijorat banklarining yevro valyuta bozori resurslari hisobidan chiqaradigan xalqaro zayomlari.
#moliyaviysavodxonlik #financialiteracy
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM