Laylo Sobir qizi
114 subscribers
233 photos
35 videos
11 files
125 links
So‘zni sevganlarni xush ko‘rdik!
@tongqizi11 ham meniki
@qishloqi_kopirayter ham
✍️ @Sobirqizi11
Download Telegram
Forwarded from Ijodiyot
#hikoya

Oxirgi poyezd

Kech bo'lgandi.
Stansiya sukunatga cho‘kkan.
Bo‘sh. Sovuq. Kimsasiz.

Faqat uch kishi: men, bir qariya va choy sotuvchi ayol.
Uchchalamiz ichida eng tirik — shamol edi.
Gapirardi. Shivirlar, o‘ksinar, yolvorardi.
Go‘yo bizdan biror javob kutayotgandek.

Yelkamda bir xalta — yengil.
Yuksiz.
Ichim esa — to‘la.
Og'ir bir yukli.

Og‘irlikning nomi yo‘q edi, lekin u yuragimni bosib turardi.
Na ko‘tarib bo‘ladi, na tashlab.

Qayerga ketayotganimni bilmasdim.
Bilmoqchi emasdim ham.
Menga yo‘lning o‘zi kerak edi.
Ketishning o‘zi.

— Siz qayerga borasiz? — dedi choychi.

Nigohi yumshoq.
Savoli oddiy.
Ovozi sokin.
Ammo sokinligi qadar aks-sado bilan yuragimda gumburladi.

Men... javob berolmadim.

— Hech qayerga, — dedim nihoyat. — Faqat... ketishim kerak.

U tushunmadimi?
Yoki... haddan tashqari yaxshi tushundimi?
Jim qoldi.
Faqat bir piyola issiq choyni qo‘yib ketdi yonimga.

Bu — mehr edi.
So‘zsiz. Talabsiz. Tovushsiz.
Faqat yurakdan quyilgan choy kabi... issiq.

Men kutdim.
Oxirgi poyezdni.
U kechikdi.
Balki kelmadi ham.
Yoki men... bu yerga juda erta kelgan edim.

Qariya yonimga kelib o‘tirdi.
Ko‘zlari uzoqlarga termulgan.
Ovozi cho‘kkan, ammo baribir odamni yupatadi.

— Bolam, — dedi u. — Ketish har doim ham najot emas.

Men jim qaradim.
Uning ko‘zlarida ham qachonlardir ketganligining izi bor edi.
Ammo qolish ham huddi shunday iz qoldirgandi.

— Qolish ham... har doim jasorat degani emas, - dedim ichikkan odam kabi.
— Balki... kutarsan?

Shamol bu so‘zlarni ko‘tarib ketdi.
So‘zlar yo‘qoldi.
Faqat ko‘ksimda bir nima qoldi.

U ketdi.
Men qoldim.

Poyezd keldi.
U yorug‘lik, shovqin va kuch-qudrat bilan go'yo uchib kirdi stansiyaga.
Ammo... to‘xtamadi.
U yonimdan o‘tdi.
Menga bir qarab ham qo‘ymadi.

Issiq choy sovib bo‘lgan edi.
Hovuri yo‘q.
Mehrning izi esa — sovuqqina chinni idishda qolgan.

Og‘irlik endi yelkamda emas.
U yuragimda yashay boshlagan edi.
Har urishda — yana bir marta eslatardi:
men hali ham shu yerdaman.
Ketmaganman.
Unutmaganman.
Tirikman...

Tamom.

©️ Saida Jalolova
@ijodiyot_kitobiston
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢1
Forwarded from RANGIN RUHUNAT
РАНГИН РУҲУНАТ.pdf
701 KB
Yozning jazirama kunlarida qalbingizni she’r bilan yayratmoqchimisiz?
Unda sizni ijodiy tanlovga chorlaymiz!
💫 Shart oddiy:
Guli Nigor Avazovaning “Rangin ruhunat” kitobidagi she’rlardan birini tanlab, audio yoki video tarzida o‘qing va bizga yuboring!

🎧 Audio yo‘nalishi

🎬 Video yo‘nalishi


– har ikkisida 1-, 2- va 3-o‘rin egalari ajoyib sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📅 So‘nggi muddat: 8-iyul

🏆 G‘oliblar 11-iyul kuni e’lon qilinadi va Milliy matbuot markazida taqdirlanadi!
Shoshiling, sovg‘alar sizni kutmoqda!
Ijodiy ishlaringizni @agulinigora manziliga jo'natishingiz mumkin.
Men bugun tutdayin to‘kilib ketdim,
Hovuching qaydaydi, qaydaydi, ota?
Tuproqqa qorishdim hislarim bilan,
Nega taqdir buncha xo‘rlaydi, ota?

Hayot bu — kurashib yashamoq, derlar,
Sinov lashkarlari tortishadi saf.
Behosdan siltanib ketadi qo‘llar —
Kurashib-kurashib topolmasang naf.

Chashmim uzra yana yomg‘irlar paydo,
Qanchalar og‘irdir, arta olmaysan.
Ketgansan — manziling cheki yo‘q samo,
Qaytmaysan, qaytmaysan, qayta olmaysan!

Simyog‘och simiga qo‘ngan qushdayman,
Salgina adashsam — yiqilgim qotib.
Sen esa ro‘yobi sarob tushdaysan,
Uyg‘onsam hamisha qo‘ygim yo‘qotib...

Yelkamga ortilgan zil-zambil osmon,
Qachon qulab tushar? Bilmayman, ota!
O‘nglarimda armon, so‘limda armon,
Yomg‘ir sherigim-u, cho‘ldayman, ota!

Ko‘nglimdagi nima? Rango-rang gulmi?
Yoki azoblardan suv ichgan tikan?
Ota, amin bo‘ldim birorta kimsa,
Hech qachon o‘rningni bosolmas ekan!

Laylo SOBIR qizi

@meningquyoshlidunyoyim
😢4
Men bu kunni uzoq kutdim. Ayni xayrli vaqtda nasib qildi 🥹
Mushoira klubi ijodkorlari Zomin seminarining Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar!

Barcha ijodkor yoshlarga omad tilab qolamiz.

@mushoira_klubi
👍1
🔥1
Nasrga tobingiz qalay?
Anonymous Poll
63%
Kutamiz
38%
Sheʼr joylang
Men seni kutishla, ichikdim rosa,
Bir, ikki, uch, to‘rt, besh...
Hali ancha bor!
Intizorlik og‘ir — mevasi totli
Aniq, senla birga gullaydi bahor!

Quyosh yondiradi, balki yonadi,
Bo‘g‘zimga tiqilib qolar nafasim.
Ey, sen, jannat isli jajji mo‘jizam
Qalbimga keltirgin eng toza nasim...

Men seni kutyapman...
"Bir, ikki, uch"lar
Ko‘zimning o‘ngida qular birma-bir.
Tayyorlab qo‘yganman sehrli quchoq
Hamda onaga xos tuganmas mehr...

Kelaqol...
🥰5
Laylo Sobir qizi
Nasrga tobingiz qalay?
QUM...

U 20-qavatda joylashgan shinam, ammo negadir fayzsiz uyining keng derazasidan tashqariga tikildi. Toshlar bag‘ridan ungan toshdaraxtday katta-yu kichik binolar osmonu falak sari qad rostlab turardi. Yashillik deyarli ko‘rinmasdi, hamma yoq qandaydir xiralik bilan qoplangan—changmi, qummi, bilib bo‘lmasdi. Xuddi o‘zining yuragi singari g‘uborsigan shaharga tikilgancha xayol sura boshladi. Yo‘q, bu xayol emasdi, o‘zi bilan suhbat edi — jimgina, lekin ichkarida isyon qilayotgan hislarning nolasi edi bu.
" — Bu nima? Changmi? Qummi? Nega bu qadar xira? Nega ko‘zlarim ochiq bo‘lsa-da, hech narsani tiniq ko‘ra olmayapman? Nahotki bu mening ruhimning ifodasi bo‘lsa? Yuragim ham shunchalar kirlashib ketdimikan? Axir men emasmidim shu kunni orzu qilgan? Axir men emasmidim: 'Baland binolar bag‘rida joylashgan hashamatli uyimning derazasidan tashqariga tikilib, qahva ichaman, hayotimdan mamnun jilmayaman",— degan? Ha, ha, men edim! Aniq men edim! Ammo nega xotirjam emasman? Nega halovatim yo‘q? Nega bu sovuq devorlar ichida baxtning taftini tuymayapman?!"
Qum. Faqat qum. Barchasi qum singari… Shamollar qumni o‘zi istagan tomonga sovurgani kabi, uning hayoti ham qaysidir kuch tomonidan sovurilayotgandek edi. Nazarida, u allaqachon zarra-zarralarga bo‘linib, hech kimga kerak bo‘lmay qolgan edi.
"Shahar poklovchi yomg‘irga qanchalar muhtoj bo‘lsa, men ham qalbimni yuvib, har qanday chirkinlikdan ozod qiladigan yomg‘irga shunchalar muhtojman. Yo Xudo, nega yuragim simillab og‘riyapti?! Nega nafasim siqyapti?! O, men qanday ahmoqlik qildim?! Nega kayf-u safoga berildim? Nega dunyoning aldovlariga laqqa tushdim? Kimga oqibat qildiki bu dunyo, menga ham qilsin deyman?! Oqibat? Oqibatlimanmi men?!"
U titrab ketdi. O‘zi ham sezmagan holda pichirlab gapira boshladi.
"Bolalarim, xotinim… Ularni tashlab ketdim. Ota-onam… Ularni unutdim. Holidan xabar olmadim. O‘zimni o‘yladim, faqat o‘zimni. Endi esa, men… men hech kimga kerak emasman. Qumman, qum! Vayronalar ustida sochilib yotgan, shamol uchirib ketayotgan, poymol bo‘lgan qum. Hech qanday nafi yo‘q, faqat zarar keltiradigan qum!"
Shu tobda uning ruhi yuragida kechgan hislar zilzilasining vayronasi ichida azoblanardi. Ko‘zlaridan ikki tomchi yosh sirg‘alib chiqib, polga tushdi. Ammo bu yoshlar hech narsani o‘zgartirmasdi. Bu jarayon kech his qilingan afsus, kech tan olingan xatolarning badali edi go‘yo. Qumga aylanib ulgurgan odamning "kechiringlar!" degan faryodi kimlargadir yetib bormasdi.
U chuqur nafas oldi. Yuragi og‘riqdan burqsib, butkul jim qoldi… Chunki uning davosi yo‘q, jirkanch kasallikka chalingani allaqachon hamma narsani o‘z izmiga olgan edi.
👍2🔥21
#Zomin_seminari_2025

Barchasi uchun rahmat, Zomin!
#Zomin_seminari_2025

*   *   *

Yoningga men uzoq yo‘l bosib keldim,
Ko‘kdalam bag‘ridan tashladim qadam.
Hali hayratlarim o‘lmagan — bildim,
Demak, to‘xtamasdan yozurman men ham!

Tog‘ning shamolidan entikar yurak,
To‘yib sipqorurman toza havosin.
Eng katta anglamim mustahkamlandi
Adabiyot, ijod — yurak davosi!

Qalb degan buloqda qaynamish so‘zlar,
Ruhim chaqnoqlari quyoshdan yorqin.
Bu yasham, bu anglam, bu ilhom uchun,
Senga tashakkurlar aytaman, Zomin!

Laylo Sobir qizi
6👍1🥰1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_seminari_2025

* * *

Yoningga men uzoq yo‘l bosib keldim,
Ko‘kdalam bag‘ridan tashladim qadam.
Hali hayratlarim o‘lmagan — bildim,
Demak, to‘xtamasdan yozurman men ham!

Toshlar diyorida ajib yashillik,
To‘yib sipqoraman tog‘ning havosin.
Eng katta anglamim mustahkamlandi
Adabiyot, ijod — yurak davosi!

Qalb degan buloqda qaynamish so‘zlar,
Ruhim chaqnoqlari quyoshdan yorqin.
Bu yasham, bu anglam, bu ilhom uchun,
Senga tashakkurlar aytaman, Zomin!

✍️Laylo BEKMURODOVA

🎙️ Dildora UKTAMOVA
👍7🔥32🥰1🤩1
#Zomin_seminari_2025

Tog‘dan tog‘dek ilhom bilan...

7 yil. Kim uchundir uzoq, kim uchundir arzimasgina tuyulgan yil. Men bu kunni 2018-yildan buyon kutganman. Ishtirokchi tengdoshlarimga, ijodkorlarga havas bilan boqqanman. Shukrki, bu havasim haqiqatga aylandi. Endi men ham bu seminar anjumanning ishtirokchisiman!

Onalik va boshqa vazifalar deb ijod olamimda birmuncha sokinlik muhiti hukm surayotgandi. To‘g‘ri, yozardim,  ammo avvalgiday tez-tez emas! Hozir-chi? Seminar davom etayotgan davr oralig‘ida ilhomim qaynadi. Ko‘hna tog‘lar bag‘rida ko‘hna va zalvori baland dardlar, muammolarni olib chiqib, yechim bera oladigan asarlar yoza olishim uchun kuch olib keldim.

Ustozlarimiz Kenesboy Karimov, Maʼmura Zohidova, Nurilla Choriyevlardan ham hikoyalarimizning har biriga astoydil fikr bildirganlaridan minnatdorman. Garchi nasr yo‘nalishidan qatnashgan bo‘lsamda, bu qalbim nazmga ham, bolalar adabiyoti-yu sarguzashtlarga ham hamohang ekanini chuqur anglayman. Nazmda ijodimga ijobiy baho bildirgan ustoz Sirojiddin Sayyidning fikrlari meni judayam ruhlantirdi. Anglamim shu: adabiyot, ijod — yurak davosi!

Ruhim tog‘dek... Endi o‘z missiyamni bilaman. Endi qaysi ruhda davom etishni, yozarlarim aynan kimlar uchun kerakligini yurakdan his etib qaytdim. Ustozlarning mahorat darslari, bebaho xazinaga teng tavsiyalari bizning ijod yo‘limizni quyosh misoli yoritib turishi shubhasiz. Zomin tog‘larida kechgan har bir lahzam uchun minnatdorman! Biz — ustozlar, yoshlar, O‘zbekiston xalqi — birgalikda katta kuchmiz! Biz olamga nafi tegadigan, yuraklarga ezgulik urug‘ini qaday oladigan, go‘zallik ulashadigan asarlar yarata olamiz!

***

Yoningga men uzoq yo‘l bosib keldim,
Ko‘kdalam bag‘ridan tashladim qadam.
Hali hayratlarim o‘lmagan — bildim,
Demak, to‘xtamasdan yozurman men ham!

Toshlar diyorida ajib yashillik,
To‘yib sipqoraman tog‘ning havosin.
Eng katta anglamim mustahkamlandi
Adabiyot, ijod — yurak davosi!

Qalb degan buloqda qaynamish so‘zlar,
Ruhim chaqnoqlari quyoshdan yorqin.
Bu yasham, bu anglam, bu ilhom uchun,
Senga tashakkurlar aytaman, Zomin!

Bekmurodova Laylo Sobir qizi
Zomin seminari ishtirokchisi
(Qashqadaryo viloyati)
3👍1🔥1
Forwarded from LAYL
ASABLAR

Asablar, asablar, asablar...
Sababsiz sochilgan g'azablar,
Gunohsiz chekilgan azoblar.
Ko'z yoshlar...
Bariga sabablar
Asablar, asablar, asablar.

Asablar kimlarni qulatmas,
Asablar uyquni yo'latmas,
Qalbni hech shodlikka to'latmas,
Odamlar temirmas, po'latmas!
Asablar kimlarni qulatmas!..

Asabga so'z bermang, odamlar,
G'azabga yo'l bermang, odamlar,
Umr-ku shunchalar qisqadir,
Shuni ham qilmaymiz biz qadr.
Asabga so'z bermang, odamlar,
Azobga yo'l bermang, odamlar!

Erkin Vohidov

Odamlar temirmas, po'latmas!


@Chilzarra
👍41🔥1
#alhamdulillah

20.07.2025

19:23
5👍5