zouᴉɹɥǝW
3.57K subscribers
154 photos
49 videos
1 file
73 links
telba-teskari olamimga xush kelibsiz)
Download Telegram
#nozlik

Xudo har birimizning ichimizga sir joyladi va bu sirni go’zal fosh qilish shaklini berdi. Shoir she’r, olim ilm, rassom suvrat, tikuvchi libos bilan ifoda qildi.

Ammo biling, sirni san’at bilan aytishga ruxsat berildi, g’iybat bilan emas.

@mehrnoz_abbos
58💯23🔥13❤‍🔥5👏3🥰1💘1
#nozlik

Yutuqlaringiz uchun aza ochadiganlar, kulfatingizni nishonlaydiganlar bor va siz ularni do’st deb atab yurgan bo’lishingiz mumkin.

@mehrnoz_abbos
💯6623👍12🔥9❤‍🔥4🙏3😢1
#nozlik

Ha, mening bir g’irromligim bor: yog’izligimni o’zimdan ham yolg’iz odamlarning yelkasiga yuklamoqchi bo’laman. Ular qalbimning bir qismini o’pirib, battar huvvillatib ketganlarida esa hayotning menga naqadar adolat qilganini tushunaman.

@mehrnoz_abbos
39❤‍🔥19😢10🙏5😇4💔2
#nozlik

Tugatish imkoni berilganda, ketgan nuqtamizga yana qaytishimiz o’zimizning oldimizdagi hurmatimizni tushiradi.

O’ziga hurmati yo’q inson tanlagan yo’liga oson xiyonat qiladi.

@mehrnoz_abbos
59💯29🔥13👍8❤‍🔥7👏3😢3😁1
#nozlik

Shoirning ishi tun-u kun Xudo haqida o’ylashdan iborat.

@mehrnoz_abbos
97🔥18😢16💯12👍8❤‍🔥4🕊4🥰3💘3
#nozlik

Ichimdagi qizaloqni yashirishni o’rganmadim, uni “kattalardan” asramadim. Har kimni, har zarrani Xudoni sevgandek sevdim. Tuyg’umda yolg’on yo’q edi. Rost do’st bo’ldim. Qalbimni ochgan insonlarimni o’zimdek samimiy deb o’yladim. Ishonch – eng katta e’tiqodimga aylandi. Har doim shubhalanishni emas, ishonishni tanladim.

lmkonimdan tashqari va’dalar bergan kezlarim bo’ldi. Bu aldovdan emas, o’sha insonlarga yordam berishni qattiq xohlaganimdan edi. Va’damni ustidan chiqolmaganimda, yuzimga tupirib ketishganida angladim – va’dalarimni, niyatlarimni isloh qilishim kerak.

Boshqalarni tuzatish imkonim nolga teng, ammo o’zimni to’g’rilash chorasi hamisha bor.

Mehrinoz, seni ko’p malomat qilaman, ustingdan kulaman, ayblaringni topib, ta’na toshlarini otaman, buni to’xtatib qo’ymoqchi emasman. Bu o’sishing, rivojlanishing, butun shaxs bo’lishing uchun muhim.

Ammo hozir negadir ochiqcha aytgim kelyapti: Seni yaxshi ko’raman, faxrlanaman borliging bilan.

Qalbingni asra, u seni hali eng baland, eng toza olamlarga olib boradi.

@mehrnoz_abbos
114❤‍🔥35🔥16😢15👏10😘2😁1
Uyg‘on, ey malagim, tur, o‘rningdan tur,
Otashin muzlarga isinaylik, yur.

Yong‘inli daryoda quloch otaylik,
Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik.

Undan ham olisroq ketarmiz hali,
Undan ham olisroq, mening go‘zalim.

Qaragil, eng yorqin bir yulduz yonar,
Yorug‘ bir chaman bu... ketarmiz yana.

Bu kun shoh erurman, tilak tilagil,
Bu kun men gadoman, tingla, malagim.


Rauf Parfi, 1966.

@mehrnoz_abbos
62🔥17❤‍🔥4👍4🕊4👏1😁1💘1
#nozlik

Aytmay turib aytish san’ati bu – she’r. Kurashmay turib kurashish san’ati bu – hayot. She’riyat hayot bilan ayni tushuncha ekan.

@mehrnoz_abbos
64❤‍🔥15🔥13👍11💯5
#nozlik

Har kelgan katta omadim kechikkan haqqimdir. Vaqtida haqqimni olmasam, buni olish uchun yopishmasligim, qaytanga xursand bo’lishim shundan.

Aniq bilib turaman:

haq qancha kechiksa, shuncha kattalashadi.

@mehrnoz_abbos
🔥6646❤‍🔥17💯17👍11🥰2
#fikrdosh

Insonlar mushuklarga nisbatan oqibatsizroq. Chunki mushuk yelkasini silagan odamga yelka tutadi, inson esa yelkasini silagan odamga orqa o‘giradi.

Zigmund Freyd

@mehrnoz_abbos
👍51🔥2315❤‍🔥9💔5
***
Yarador qushlarning ko'z yoshlarida,
Kesilgan daraxtlarning yashil og'riqlarida,
Tug'ilmagan daholarning qilinmagan kashfiyotlarida
Men borman–
Mening hadsiz jimliklarim bor.

Yaxshilarning umri qisqa,
Ezgulikning qo'li kalta
Mening jimliklarim uzun bo'lgani uchun…

@mehrnoz_abbos
43🔥19😢10❤‍🔥6💔5💘1
Marosim

Qaydan kelgan bo’lsang, chiq.
Oydan kelgan bo’lsang, chiq,
Arshdan mehmonsan balki,
G’aybdan kelgan bo’lsang,chiq.

Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….

Sakkiz yilda chiqqan jin,
Poklading ruhimni chin.
Sakkiz jannat eshigin
ochib berding tep-tekin.

Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….

Totib ko’rdim do’zaxni,
Tuydim rizvoniy baxtni,
Lahzalarda ulg’aydim,
Kengaydi hayot sahnim.

Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….

Sirin ochib samoga,
Yaqinlashib Xudoga,
Ayol o’ttiz yoshida
o’t qo’yarkan dunyoga

Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….

Azobim oydek to’lin,
O’ksik tun bilar holim.
Kirsin shaffof tanimga
boshqa jon, boshqa o’lim.

Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….

✍🏻MehrNoz

@mehrnoz_abbos
37❤‍🔥19😁11🕊6👍5👏2😐2🆒2
***

Tasavvur qiling, sizni sevmaganman,
Tasavvur qiling, meni sog’inmagansiz.
Yodingizda go’yo mag’rur qolganman,
Huzurimda siz ham cho’kmagansiz tiz.

Tasavvur qiling, hali tug’ilmaganmiz –
Tanimaymiz odamni
bilmaymiz Vatanni,
Miyamizni teshmas ishora, ramz,
Farqini sezmaymiz yo’rgak yo kafanni.

Tasavvur qiling,
tasavvuringiz yo’q –
Haqsizlik injitmas, o’ylatmas mahshar.
Kimdir ko’rgan tushdek uzuq va yuluq
yashay boshlagaysiz odamga o’xshab….

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos
58❤‍🔥26🔥13👍9🥰5🕊2
#nozlik

Shubha bor joyda mo’jiza yo’q.

@mehrnoz_abbos
🔥3720👍6🕊1
#nozlik

Birovga qarayverganning ko’zi qolmaydi.

@mehrnoz_abbos
😁5625🔥13👍9💔2🕊1
#nozlik

Yoshimiz kattarmaydi, o’yinlarimiz kattarib boradi xolos.
Bolalikdayam “o’ynamayman”, derdim o’rtoqlarimga, hozir ham shunday…

Mendan hech yaxshi o’yinchi chiqmadi haliyam.

@mehrnoz_abbos
😢5127🔥15😁7👏4🕊2❤‍🔥1
Channel photo updated
#nozlik

Odam baxtdan ko’ra, dardga toqatliroq, aslida. Katta muhabbat va baxtni ko’tarish uchun mo’jizaviy bardosh kerak.

@mehrnoz_abbos
67❤‍🔥30💯18🔥17👍10🕊2
#nozlik

Kimnidir sevaman yoki sevmayman, tamom! Nafratlanish varianti yo’q menda. Qachonki nafratlansam, bilamanki, bu –qo’rqinchli.

Chunki nafrat – sevgining cho’qqisi degani.

@mehrnoz_abbos
43❤‍🔥19🔥9👍7