Bandlik vazirligi
49.6K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#vazir_Qashqadaryoda

Qashqadaryo viloyatida bo'lib turgan Nozim Xusanov Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda ishtirok etdi.

📝Tadbirda vazir Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida "hokim yordamchilari" va Markazlar xodimlarining shtat birliklari - mos ravishda mahalla fuqarolar yig'ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari, tuman (shahar) bandlikka ko'maklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etilayotganligini qayd etib o'tdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_Qashqadaryoda

Nozim Xusanov: "Juda katta imkoniyat - hammasi o‘z qo‘limizda, aniq vazifa bor"

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#vazir_Qashqadaryoda

Endilikda Shahrisabz shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binoda faoliyat olib boradi. Bugun ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan mazkur markaz nafaqat xodimlar, balki bu yerga murojaat qiluvchilar uchun ham zarur sharoit yaratadi. Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar va mahalliy aholi vakillari 140 mingdan ortiq fuqarolar istiqomat qilayotgan ushbu xududda barpo qilingan binoning zarur jihozlar bilan ta'minlanganligini ko‘zdan kechirishdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_Qashqadaryoda
#Yarmarka

Ayni paytda, Qarshi Davlat Universitetida "bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tmoqda, unda vazir Nozim Xusanov ishtirok etyapti.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_Qashqadaryoda

Nozim Xusanov: - "Siz o‘quvchilarga hunaringizni o‘rgatasiz ustoz-shogird dasturimiz bor, har bitta o‘rgatganingizga shartnoma asosida pul tushirib beriladi."

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnat_vaziri

Facebook I Instagram ITwitter I Telegram
#Vazir_Qashqadaryoda

Live

🇺🇿 🇹🇷 Ayni paytda Nozim Xusanov Qarshi shahar "Ishga marhamat" monomarkazida 17 nafar turkiyalik mutahassislar bilan muzokara olib bormoqda, unda mamlakatimizda band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha vazirlik tomonidan olib borilayotgan ishlar taqdimot qilinyapti.

Nozim Xusanov- "Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatingiz Mehnat va Ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin bilan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatishda tajriba almashish, mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladik."

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I
#Vazir_Qashqadaryoda

Bugun vazir Nozim Xusanov Qamashi tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida dars jarayonlari bilan tanishib, tinglovchilarga tavsiyalar berdi.

Ma'lumot uchun: Qamashi tumanidagi avvalgi Xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosi, Prezidentning 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140 qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan va o‘sha yilning sentyabr oyida, Qamashi Kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etildi. Ayni paytda u yerda jihozlash-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Markazda tumandagi band bo'lmagan aholiga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan sohalar o'qitiladi

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

Vazir Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi KOIKA Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘ldi. Bu yerdagi jarayonlarni kuzatish davomida vazir ayni kundagi yo'nalishlar yetarlicha qamrovga ega emasligi, qo'shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi lozimligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot uchun: Shahrisabz shahridagi KOIKA kasb-hunarga o‘qitish markazi 2018 -yil 6-sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan. Markazda ishsiz fuqarolarni avtomobilsozlik, metallga ishlov berish va chilangarlik, elektrotexnika, yigiruv va tikuv ishi, axborot texnologiyalari kabi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

LIVE

Ayni paytda vazir Nozim Xusanov Qarshi shahrida viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etyapti. Unda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari o‘rganilmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

Bugun kunning ikkinchi yarmida vazir Nozim Xusanov Shahrisabz shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etdi. Unda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari o‘rganildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

LIVE

Vazir Nozim Xusanov Koson tumani hokim yordamchilari bilan uchrashuv o'tkazmoqda.

Prezident qarori bilan shu yilning o‘zida Respublika bo‘yicha ishsiz fuqarolarga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun 80 ming gektar yer ajratilishi ko‘zda tutilgan. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 10 234 gektar yer ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda 7000 ming gektari taqsimlandi va ishsiz fuqarolar tomonidan dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi. 10-avgust holatiga ko‘ra 3400 gektar yer tanlov sifatida auksionga chiqarilgan biroq, fuqarolar tomonidan o‘zlashtirilmaganligi aniqlandi. Birgina Koson tumani o‘zida auksionga qo‘yilgan 2100 gektar yer maydoniga qiziqish kuzatilmayapti. Ushbu muammolarni o'rganish maqsadida vazir Nozim Xusanov "Raim So'fi" MFY raisi va boshqa mutasaddilar bilan suhbat o'tkazmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda


Vazir Nozim Xusanov Nishon tumanida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatida uchrayotgan mummolari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Vazir ushbu muammolar yechimi borasida ularning takliflarini tinglab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_Qashqadaryoda

💼 VAZIRNING BIR KUNI...

📍Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, ishlab chiqarish obyektlari bilan tanishdi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-93-son farmoni hamda “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturining ijrosi yuzasidan kengaytirilgan tartibda seminar o‘tkazildi. Unda viloyat, tuman, (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda hokim yordamchilari qatnashdi.

Qarshi tumanidagi "Beshkent agroklaster" va "Qarshi agroklaster” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish korxonalari hamda Qarshi shahridagi “Sulton tex group” tikuv fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Joriy yilda "Beshkent agroklaster" MCHJ tomonidan 590 nafar, "Qarshi agroklaster” MCHJ tomonidan 450 nafar ishsiz o‘qitilib, bandligi ta’minlanadi.

Yakkabog‘ tumani “Istiqlol” MFY hududidagi salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi, 50 nafar ishsizlarning bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Keyingi manzil Shahrisabz tumani «Sinabog‘» MFY hududidagi "Oqsaroy tekstil" MCHJ tomonidan ip-kalava va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. Ushbu korxonada ham 341 nafar qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladigan bo‘ldi.

Respublikamizda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Xitoy tajribasi tatbiq etiladigan 14 tumandan biri - Shahrisabz tumanida bo‘lim rahbarlari va hokim yordamchilari bilan uchrashuv bo'ldi.
Unda tuman drayveridan kelib chiqqan holda, yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratish, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni tizimli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM