#Qonunchilikda_yangilik
📝 Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi belgilandi
📖 Hukumat qarori (287-son, 13.07.2023 y.) bilan “Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom tasdiqlandi
➡️ Qarorga ko‘ra, vaxta usulida ishlashni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
➡️ o‘rmon xo‘jaligi, geologiya-qidiruv, aloqa va temir yo‘l transporti tashkilotlarida;
➡️ qurilish-montaj, shuningdek, rekonstruksiya-ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkilotlarida;
➡️ energetika ob’yektlaridan foydalanishda (ekspluatasiya qilishda);
➡️ neft va gaz sanoati ob’yektlarida, shu jumladan, quvur o‘tkazuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;
➡️ rangli va qimmatbaho metallar, ko‘mir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini o‘zlashtirishda;
➡️ vaxta usuli qo‘llangan tashkilotlar xodimlariga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;
➡️ avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.
➡️ Vaxta usulida ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
❗️ Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:
➡️ 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
➡️ homilador ayollar;
➡️ 3 yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biri (vasiy);
➡️ tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan shaxslar.
➡️ Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar transport, savdo-maishiy xizmatlar hamda kuniga uch mahal issiq ovqat bilan markazlashgan holda ta’minlanadi va ularning ovqatlanishi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.
➡️ Bunda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.
➡️ Vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga mehnat ta’tili vaxta smenasi oralig‘idagi dam olish vaqtida berilishi mumkin emas.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
🌐 Facebook 🌐 Instagram 💬 Telegram 🌐 You tube
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
#Qonunchilikda_yangilik
📝 Ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi belgilandi
“Ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023 y.) qabul qilindi
📖 Qarorga ko‘ra, Mehnatga natura shaklida haq to‘lash xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
➡️ xodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan o‘zi ishlab chiqargan va yetishtirgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
➡️ o‘ziga xizmat ko‘rsatilishi va uy xo‘jaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtinchalik yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.
📄 Ish haqini natura shaklida to‘lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat sharnomasida ko‘rsatiladi.
❗️ Bunda, ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
✍️ Xodimning yozma roziligidan qat’i nazar uning ish haqidan:
➡️ 50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to‘lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas;
➡️ 50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi.
❗️ Ish haqini natura shaklida to‘lashda quyidagilar taqiqlanadi:
➡️ xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lganda (ish vaqtining oylik normasidan kam ishlagan holarda);
➡️ qishloq xo‘jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;
➡️ alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o‘simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o‘simlik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
➡️ uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va vaqtinchalik uy-joydan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.
❌ Qishloq xo‘jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan sifatsiz yoki iste’molga yaroqsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqatlarni, shuningdek sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kelmaydigan uy-joyni taqdim etishi mumkin emas.
❗️ Ish beruvchi tomonidan o‘zi ishlab chiqargan va yetishtirgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan mehnat haqi to‘lash hamda uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtinchalik yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida mehnat haqi to‘lash mumkin. Boshqa hollarda ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
🌐 Facebook 🌐 Instagram 💬 Telegram 🌐 You tube
“Ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023 y.) qabul qilindi
Vazirlikning rasmiy sahifalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.