Bandlik vazirligi
49.2K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ishchi guruhi Farg'ona viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sayyor qabul va qaytib kelgan mehnat muhojirlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 28 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 400 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan fuqarolarninig 62 nafari ishga joylashtirildi, 38 tasi kasbga qayta o‘qitishga yuborildi va yana 100 nafari vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Monomarkaz_Namangan

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi “Ishga marhamat" Monomarkazi tashabbusi bilan tumandagi imkoniyati cheklangan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka ko‘maklashish orqali bandligi ta’minlanmoqda.
Jumladan, Namangan tumandagi Urganji mahallasi hududida yashovchi ishsiz, imkoniyati cheklangan fuqaro Lobarxon Yuldashova “Ishga marxamat monomarkaz”ga tikuvchi usta sifatida ishga qabul qilindi. U o‘z xonadonida tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun kichik ishlab chiqarish korxonasini tashkil etdi.
Unga 10 nafar imkoniyati cheklangan tikuvchilik qilish istagi bo‘lgan ishsiz fuqarolar jalb qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

Vazir Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi KOIKA Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘ldi. Bu yerdagi jarayonlarni kuzatish davomida vazir ayni kundagi yo'nalishlar yetarlicha qamrovga ega emasligi, qo'shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi lozimligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot uchun: Shahrisabz shahridagi KOIKA kasb-hunarga o‘qitish markazi 2018 -yil 6-sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan. Markazda ishsiz fuqarolarni avtomobilsozlik, metallga ishlov berish va chilangarlik, elektrotexnika, yigiruv va tikuv ishi, axborot texnologiyalari kabi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov,Xalqaro taraqqiyot departamenti direktori Stefan Dyuss bilan uchrashdi.

Unda Avstriya tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy mehnat loyihalarini moliyalashtirish, ta’lim, elektron yechimlar va elektron hukumat yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube