Bandlik vazirligi
49.4K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi bitiruvchilari viloyatdagi yirik sanoat korxonalarida faoliyat olib borishmoqda.

Batafsil "Ахborot 24"da

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Korxonamizga xomashyo o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi sababli bir muncha vaqt ishlab chiqarish to‘xtab qoldi, bekor turib qolgan vaqtimiz uchun maosh beriladimi?

Mehnat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra,
ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ishni vaqtincha to‘xtatib turish) xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun esa bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.

❗️Xodimning aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi.

Asbob-uskunaning buzilishi va mehnat vazifalarini bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, xodim darhol o‘zining bevosita rahbariga, ish beruvchining boshqa vakiliga xabar berishi shart.

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Kislorodni “eksa” boʻladi, parvarishlasang koʻkka boʻy choʻzadi

Bugun “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida “Yangi Andijon”da ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur aksiya doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi xodimlari tomonidan “Yangi Andijon” hududiga yuzlab koʻchatlar ekildi.

Har mavsumda farzandlarimiz salomatligi uchun ham bir tup koʻchat ekaylik! Axir daraxtlar biz uchun beminnat kislorod ishlab chiqaradiku!

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_kasblari

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

QISHLOQ XOʻJALIGI....

Zamonaviy texnologiyalar – genetika, 3D-printer, sun’iy intellekt va robotlar qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan millionlab odamlarni og‘ir jismoniy mehnatdan ozod qiladi. Meva-sabzavot yetishtirish dalalardan shaharlardagi ko‘p qavatli uylar tomlarida barpo etiladigan mini-fermalarga o‘tkaziladi. Shuningdek, chorva mollarning ommaviy so'yish muammosini bartaraf etadi. Masalan, bitta hayvon hujayrasidan probirkada yetishtirilgan go'sht yoki asl ta'mi va foydali xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan 3D printerda chop etilgan go'sht mahsulotlari.

1. Agrokibernetika (agroinformatik) — qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish tizimlari, maʼlumotlarni tahlil qilish va sunʼiy intellektdan foydalanish bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.

2. GMO agronomi — ekinlarning genlarini o'zgartirish bilan shug'ullanadigan mutaxassis.

3. 3D-mahsulotni chop etish bo'yicha muhandis — uskuna, dasturiy ta'minot va 3D modellarni yaratuvchi mutaxassis.

4. Qishloq xo‘jaligi ekologi — chiqindilarni bartaraf etish usullarini ishlab chiquvchi mutaxassis. Shuningdek ekolog tuproqni qayta tiklash bilan ham shug'ullanadi.

5. Raqamli asalarichi — asalarilarning salomatligi, changlatish jarayonlari, uyalarni loyihalash va turli hududlardagi o'simliklarga ari to'dalarni moslashtirish bo'yicha mutaxassis.

Keyingi safar qurilish sohasidagi yangi kasblarga to‘xtalib o‘tamiz.

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_huquqi

Avval ishdan boʻshadi, keyin barchasi...”oʻxshadi”

Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan fuqaroning huquqlari tiklandimi?

Batafsil videoda

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Xodim boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tayotganda kompensatsiya to‘lovlari

Ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga, shuningdek taqsimot bo‘yicha yashash joylaridan tashqarida ish joyi berilgan ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

📊xodim va oila a’zolari (er, xotin, ular bilan birga yashaydigan, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari) yo‘lkirasining yo‘l chiptalarini olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlari miqdoridagi qiymati;

📊temir yo‘l yoki avtomobil transportida xodimning o‘ziga besh yuz kilogrammgacha va u bilan birga ko‘chib o‘tayotgan oila a’zolariga jami besh yuz kilogrammgacha bo‘lgan mol-mulkni tashish xarajatlari;

📊yo‘lda bo‘lishning har bir kuniga xizmat safarlari uchun nazarda tutilgan miqdorda sutkalik to‘lovlar;

📊agar ko‘chib o‘tayotgan xodimning ushbu joyda shaxsiy uy-joyi mavjud bo‘lmasa hamda ish beruvchi ushbu xodimga va uning oila a’zolariga tegishli uy-joy taqdim etmasa, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;

📊yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul), shuningdek xodim bilan birga ko‘chib o‘tayotgan har bir oila a’zosiga ko‘chib o‘tayotgan xodim tarif stavkasining (maoshning) uchdan bir qismi, basharti ushbu oila a’zolari xodimga alohida uy-joy berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida ko‘chib o‘tsa.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_2030_stratetegiyasi

Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish va bandligini ta'minlash uchun qulay sharoitlar bormi?


Bu haqida batafsil Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari ishtirokidagi teledasturda👇

https://youtu.be/Wj0dHa6HM9c

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
🇩🇪🇸🇦 Shoshiling❗️Xorijda yuqori daromadli bo'sh ish o'rinlari uchun ro'yxatdan o'tishga imkoniyatingiz bor

Yo'nalishlar

🇩🇪Germaniyada mehmonxona xizmatchisi - Ish haqi 2600 evro (talablar va ro'yxatdan o'tish)

🇩🇪 Germaniyada dehqonchilik - Ish haqi 2350 evro (talablar va ro'yxatdan o'tish)

🇩🇪Germaniyada elektrik -Ish haqi 2400 evro (talablar va ro'yxatdan o'tish )

🇸🇦Saudiya Arabistonida hamshira - Ish haqi 1000 dollar (talablar va ro'yxatdan o'tish)

(Ro'yxatdan o'tish muddati 05.04.2024-yil soat 18:00 gacha)

Veb sayt
| Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

O'zbekistondagi davlat tashkilotlarida ishlayotganlar soni qancha?

Xususiy sektorda-chi?

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ish sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya to‘lovlari

Sayyor xususiyatga ega ish uchun ustamalar quyidagi eng kam miqdorlarda belgilanadi:

📊tashkilot joylashgan joydan ish joyiga (obyektga) yetib borish va orqaga qaytish uchun safar kun davomida uch soatdan kam bo‘lmagan va ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilgan hollarda, — qonunchilikda belgilangan sutkalik stavkaning sakson foizigacha va sakson foizi miqdorida, uch soatdan kam bo‘lgan hollarda esa qirq foizigacha va qirq foizi miqdorida;

📊ishlarni yo‘lda bajarish bilan bog‘liq safar chog‘ida — yo‘lda o‘tgan har bir kun uchun oylik tarif stavkasining (maoshning) bir yarim foizi, yo‘lovchi poyezdlariga, pochta-bagaj poyezdlariga, yo‘lovchi poyezdlari va pochta vagonlarining restoran-vagonlarida (kafe-bufetlarda) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga esa uch foizi miqdorida;

📊agar xodimlar bir oyda o‘n ikki va undan ortiq kun safarda bo‘lsa, — qonunchilikda belgilangan sutkalik normaning yigirma foizigacha, agar bir oyda o‘n ikki kundan kam safarda bo‘lsa, — sayyor xususiyatga ega sharoitlardagi ishning bir sutkasi uchun oylik tarif stavkasining (maoshning) o‘n besh foizigacha miqdorda.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri

Kecha va bugun...

E’tibor, harakat va yaxshi hayot!



Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
#yalpi_majlis

Senatning 51-yalpi majlisida “Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu Konvensiyaning maqsadi – haq to‘lanadigan ishni bajaradigan yoki bajarishni xohlaydigan, ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabat va teng imkoniyatlarni taʼminlash, oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarning kamsitishga uchramagan hamda imkon qadar kasbiy va oilaviy majburiyatlarni uyg‘un tarzda birlashtirgan holda o‘z huquqlaridan foydalana olishdir.

XMTning 156-sonli Konvensiyasi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va hamma toifadagi ishchilarga nisbatan qo‘llaniladi, shuningdek, barcha talablari O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.
Muhokama yakunlari bo‘yicha Qonun maʼqullandi.

Ma’lumot uchun, ushbu konvensiya hozirgi kunga qadar XMTga aʼzo bo‘lgan 187 ta davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
#Hududlardan_xabarlar_Jizzax

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari aholining tomorqa yerlaridan foydalanish madaniyatini tahliliy o‘rganish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh tumanning "G‘afur G‘ulom", "Bo‘ston" va "Bobur" MFYlarida bo‘lib, ishlab daromad topishni istayotgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikka jalb qilish orqali har bir oilani daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish maqsadida xonadon egalari bilan suhbatlar olib borayapti.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram