Bandlik vazirligi
49.4K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#test

Xodimlarga ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liqmi?
Anonymous Quiz
49%
Yoq, bog‘liq emas
51%
Ha, bog'liq
🇩🇪 Germaniyada temirchilik mashina ustasi yo‘nalishida ishlarmidingiz?

Bundan bir oy muqaddam Germaniyada temirchilik mashina ustasi yo‘nalishida 5 000 ta bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida “Xorijda ish” dasturiga e’lon joylashtirilgan. Oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan yetarlicha nomzodlar shakllanmagan. Ayni vaqtda 1 216 nafar shaxs ro‘yxatdan o‘tgan. (⌛️17:45)

Demak, imkoniyatingiz bor.

⚠️Talablar
👉Ro'yxatdan o'tish

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам упорядочивания миграции и поддержки трудовых мигрантов.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевга миграцияни тартибга солиш ва меҳнат мигрантларини қўллаб-қувватлашга қаратилган таклифлар тақдимот қилинди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены предложения по вопросам упорядочения миграции и поддержки трудовых мигрантов.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #migratsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

🤔 Ishlaydigan pensionerlar, ishlovchi talabalar.

Ularning soni Siz uchun qiziqmi?

Unda oʻtkazib yubormang!


Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Mehnat uchun rag‘batlantirish

📊Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

📊O‘ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavlar va nizomlarda belgilanadi.

📊Xodimlar mehnat sohasida jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

📊Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

➡️ BATAFSIL

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

“Xorijga ish – mahalladan”
tamoyili yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqaroni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |
#Ayollar_bandligi

"Ishga marhamat" monomarkazi bilan hamkorlikda hunar sirlarini o'rganib daromad topayotgan ayollar bugun o'z ishidan mamnun.

Batafsil https://youtu.be/U26GgeiRWQo?si=PwL9aVfNp8XCRxgB

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
#Infografika

Xorijda ishlashni tartibga solish va mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday yangiliklar bor?

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 ULAR GERMANIYAGA KETISHDI...

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarining navbatdagisini tamomlagan tinglovchilar Germaniyaga ishlash uchun joʻnab ketdi.

⚠️ Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇷🇺 “LUKOIL” bilan hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish borasida kelishib olindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Rossiya Federatsiyasi hududidagi "LUKOIL" guruhi tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish to‘g‘risida yo‘l xaritasi va bitim imzolandi.

Hujjatlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “LUKOIL” vakillari tomonidan imzolandi.

Hujjatda qayd qilinishicha, ishga nomzodlar malakasi, ish tajribasi va rus tilini bilishi, tibbiy va mehnat faoliyatiga qo‘yiladigan boshqa talablar inobatga olingan holda tanlanadi.

“LUKOIL” hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh mutaxassislarni yuborish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Ushbu kelishuvlarga asosan Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib boradigan hamyurtlarimizga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy masalalarda ko‘mak berishga kelishib olindi. Shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni mustahkam egallagan fuqarolar xavfsiz va tashkillashtirilgan tarzda Rossiya Federatsiyasiga yuboriladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Xodimning intizomiy javobgarligi

📊Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
Intizomiy javobgarlikning turlari umumiy va maxsus intizomiy javobgarlikdan iboratdir.

📊Umumiy intizomiy javobgarlik ushbu Kodeks va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik bo‘lib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan o‘zi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno.

📊Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qo‘llashdan iborat javobgarlikdir.

➡️ BATAFSIL

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_kasblari

Yaqin 30 yilda bizni qanday kasblar kutmoqda?

QURILISH SOHASI...

Yaqin kelajakda arxitektorlar binolarning energiya isteʼmolida shamol, quyosh va yer osti suvlaridan unumli foydalanishga harakat qilishadi.

1. BIM (Building Information Modeling) loyihalovchi - bu bino ma'lumot modeli uchun vizual qismni yaratuvchi mutaxassis: barcha hujjatlarni jamlaydi, chizmalarni 3D ga aylantiradi va har bir blokni batafsil ma'lumot bilan to'ldiradi.

2. "Aqlli uy" infratuzilmasi dizayneri - uyni intellektual boshqarish tizimini loyihalash, o‘rnatish va sozlash bo‘yicha mutaxassis.

3. Eski qurilish konstruksiyalarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis –qurilish tashkilotida ishlovchi hamda yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda turli binolarni restavratsiya qilish va obodonlashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs hisoblanadi.

4. Qurilishdagi 3D bosma dizayneri – 3D qurilish printerlari yordamida binolarni yaratuvchi me'mor. U materiallarni tanlaydi, mijozning ehtiyojlari, qurilish obyekti joylashuvi va iqlimini hisobga olgan holda kelajakdagi uylarning shakllarini ishlab chiqadi. Mutaxassis loyihani dasturda modellashtiradi, so'ngra mashinalar uni to'liq hajmda chop etadi.

5. “Yashil shahar”lar arxitektori – ekologik talablarni, barqaror rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda binolar, mahallalar va butun shaharlarni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.


Keyingi sahifamizda ekologiya sohasidagi yangi kasblarga to‘xtalib o‘tamiz.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |
#imtiyoz

Yangi ish o‘rni yaratganlarga soliqdan imtiyoz bor

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar ayrim soliqlarni yaratgan yangi ish o‘rinlariga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashi mumkin:

👉51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;
👉101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;
👉200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

👉51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
👉 101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
👉200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Veb sayt | Facebook | Instagram | Telegram |