Bandlik vazirligi
49.6K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#sayyor_qabul

Vazir o'rinbosari Baxodir Umurzakov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar aholisi bilan muloqot qildi.

📍 Qabulda ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, imtiyozli kredit olish, kasbga o‘qitish, jamoat ishlariga jalb qilish bo'yicha fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi
#sayyor_qabul

Vazir o'rinbosari Toshkent viloyatida

🔹Vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov ishtirokida Bekobod tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🔸 Qabulda ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, imtiyozli kredit olish hamda kasbga o‘qitish, bo'yicha fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

✔️ Shuningdek, markazda tahsil olayotgan fuqarolar bilan suhbatlashib, taklif va tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi
#Sayyor_qabul

Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov rahbarligida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

❇️ Unda 110 nafardan ortiq yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, ularning tadbirkorlik faoliyati uchun subsidiyalar ajratish, ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etishda amaliy yordam berish, kasbga o'qitish va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.

➡️ Qabul so'ngida Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyatiga belgilangan muddatda murojaatlarni hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov
ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Farg'ona viloyati Bog'dod, Qo'shtepa tumanlari va Qo'qon shahridan 45 dan oshiq fuqarolarning murojaati tinglandi.

📍 Jumladan, Qo'shtepa tumanida istiqomat qiluvchi 21 nafardan ortiq ishsiz fuqarolarning ishga joylashtirish va subsidiya masalalari o'rganildi. Har bir murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyati hududlarida Vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Unda Sirdaryo, Sayxunobod tumanlari va Guliston shahri aholisining ishga joylashish, kasb-hunarga yo‘naltirish, migratsiya, shuningdek, subsidiya olish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Jumladan, vazirlik rahbariyatiga kelib tushgan 47 ta murojaatlarning 15 tasi bugunning o‘zida ijobiy hal etilib, vaqt va mablag‘ talab qilinadigan arizalar ijrosi nazoratga olindi. 6 nafar ishsiz fuqaroga tikuv mashinalari, qishloq ekinlari sug‘orilishi uchun zarur bo‘lgan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari va duradgorlik asbob-uskunalar to‘plami subsidiya asosida berildi. Sirdaryo viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov
ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Andijon viloyati Buloqboshi, Bo'ston tumanlari, Andijon shahri va boshqa hududlarda 100 dan oshiq fuqarolarning murojaati tinglandi.

📍 Jumladan, Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda, kasb-hunarga yo‘naltirish, subsidiya, migratsiya va ishga joylashtirish bo‘yicha 48 ta murojaatning 40 tasi ijobiy hal etildi. Qolganlariga esa huquqiy tushuncha berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Bugun Toshkent shahar Chilonzor tumanida Prezident maslahatchisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirda vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov bandlik va mehnat qonunchiligi masalari bo‘yicha ishtirok etdi.
Unda jami 28 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 24 nafar fuqaro masalasi joyida ijobiy hal etildi va 4 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ishchi guruhi Farg'ona viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sayyor qabul va qaytib kelgan mehnat muhojirlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 28 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 400 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan fuqarolarninig 62 nafari ishga joylashtirildi, 38 tasi kasbga qayta o‘qitishga yuborildi va yana 100 nafari vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

2022-yil 1-3-iyun kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o'rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida Navoiy viloyati hududlardagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar uchun 6 marotaba Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.

Tadbirda tuman (shahar)lardagi 400 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 1200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 550 nafar fuqarolarning 200 nafariga yo‘llanmalar berildi, shundan, 120 kishi ishga joylashtirildi, 39 nafari kasb-hunarga qayta o‘qitish uchun yuborildi, 41 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuningdek, 120 ta fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

 Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov
ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Buxoro viloyatida o‘tkazildi.

Unda Peshku, Kogon, Jondor, Qorako'l tumanida istiqomat qiluvchi 70ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi.

📍 Jumladan, Kogon tuman O‘rtacho‘l MFYda yashovchi fuqaro Saida Bo‘ronovaning ish so'rab qilgan murojaati ijobiy hal etilib, “Kogonteks”MCHJga tikuvchilikka ishga joylashtirildi. Shuningdek kasb-hunarga yo‘naltirish, subsidiya, migratsiya va ishga joylashtirish bo‘yicha 68 ta murojaatning 56 tasi hal etildi. Qolgan arizachilarga esa huquqiy tushuncha berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul_Surxondaryo


Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Sariosiyo tumanida o‘tkazildi.

Unda Qumqo'rg'on, Denov, Sariosiyo, Sho'rchi tumanida istiqomat qiluvchi 60ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi.
Shundan, 32 nafari ijobiy hal etildi jumladan, 15 nafari ishga joylashtirilib va yana 11 nafar arizachi qisqa muddatli o'quv kurslariga jalb qilindi. Murojaat qilganlarning 8 nafariga mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazalariga oid huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi. Sho'rchi tumanidagi "Indenim" klasterida 4 oylik ish haqini ololmayotgan fuqaroning masalasi belgilangan tartibda nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul_Surxondaryo

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Angor tumanida o‘tkazildi.

Unda Termiz shahri va Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi 70ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi.

📍 Shundan, 10 nafari ishga joylashtirilib, 22 nafariga qisqa muddatli o'quv kurslariga jalb qilindi. Murojaat qilganlarning 8 nafariga mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazalariga oid huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.


Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Jizzax viloyatida vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Nukus shahar “Qutli makan” hududida bo'lib o'tdi.

📍Unda 58 ta idoradan 80 ta ish o'rni va “Uy-jay qurilis” MChJ, “Nukus Med Tex” MChJ, “Orient construction services group” MChJ korxonalari ham bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Arizachilarning 12 nafari ishga joylashtirilib, 22 nafari qisqa muddatli o'quv kurslariga jalb qilindi shuningdek, 8 nafariga mehnat qonunchiligi va muhofazasiga oid huquqiy tushunchalar berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar
#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida vazirlik mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda aholi bandligini ta`minlash, mehnat qonunchiligi buzilgan holatlar yuzasidan fuqarolarga kerakli tavsiyalar va huquqiy tushuntirish berildi hamda ayrim murojaatlarni o'rganilish uchun vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar
#Sayyor_qabul

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Nukus  shahrida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 32 nafar ishsiz fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Shundan, 12 nafar arizachining bandligini taʼminlash maqsadida ishga  yo'llanmalar berildi. Kasbga qayta o‘qish istagini bildirgan ikki nafar murojaatchining hujjatlari  "Ishga marhamat" monomarkaziga topshirildi. Shuningdek,18 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi va muhofazasiga oid huquqiy tushunchalar berildi.


Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul _Xorazm

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Doshyoq” mahallasi madaniyat markazida Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 26 nafar fuqaro o’z muammolari bo’yicha murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati, shu joyning o’zida yechimini topdi. Nogironligi bo’lgan 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga esa qo’ltiqtayoqlar taqdim etildi.

Qolaversa, 5 nafar fuqaroga davolanish uchun, 6 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi. Ayrim o’rganish talab qiladigan muammolar ijrosi esa nazoratga olindi.

Kunning ikkinchi yarmida Xiva “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurildi. Hozirgi kunda bu yerda 325 nafar ruhiy xasta nogiron erkaklar istiqomat qiladi. Mutasaddilar ularning yashashi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning mavsumga moslab toʻliq kiyim-bosh, issiq ovqatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va holatini o’rgandi va o’zining tavsiyalarini berib o’tdi.

Shuningdek, mazkur maskandagi obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilganligini ta’kidladi. Galdagi manzil Viloyat reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo’ldi. U yerda markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar ko’zdan kechirildi.
Davolanayotgan bemorlar holidan xabar olindi. Suhbat chog’ida bemorlar markaz hodimlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini ijobiy baholashdi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Insonga_eʼtibor

✔️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari ishtirokida Sirdaryo tumanining Navoiy mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda 30 nafardan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.
⚡️ Qabul davomida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayollar daftariga kirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni ish bilan band qilish masalalari ko‘rildi. Ijtimoiy muammolarning aksariyati joyida hal qilindi.
➡️4 nafar “Ayollar daftari”da ro`yxatda turuvchi xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
➡️5 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning nogironlar aravachasi va hassasi bo‘yicha muammosi joyida hal qilindi.
➡️4 nafar fuqaroga o‘quv markaziga yo‘llanma berildi. Endi ular mono markazda kasb-hunar o‘rganib, kelgusida o‘z tadbirkorligini boshlashi mumkin.
➡️Shuningdek, 2 nafar yoshlarga Skuter hamda Motoroller topshirildi.
➡️5 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit va subsidiya olish bo‘yicha muammolari mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilib, hal qilish choralari belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM