Bandlik vazirligi
49.6K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇰🇷

Bugun Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICA bilan birgalikda tashkil etilgan Farg‘ona shahar kasb-hunarga o‘qitish markazining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hamda Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Hi Sang ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazida elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, tikuvchilik, sartaroshlik-kosmetologiya kabi talab yuqori kasblar o‘qitiladi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalikning bag‘ri keng, toza,
O‘ynab-kulsa qanday zo‘r, soz-a.
Soydek jo‘shib ko‘nglin xo‘p yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Monomarkaz_bitiruvchilari_Qashqadaryo

Bugun Qarshi shahar "Ishga marhamat" monomarkazida "Yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchisi" o'quv kursini tamomlagan 20- nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi. Ushbu kasbni egallagan bitiruvchlar endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib borishlari mumkin bo'ladi.

Ma'lumot uchun: 2021 yil 30-avgust kuni ishga tushirilgan Monomarkazda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, ayollar sartaroshi, erkaklar sartaroshi, kosmetolog, oshpaz, qandolatchi, santexnik, elektrik, payvandlovchi, yuk ko‘taruvchi kran operatori, qurilish sohasi kabi 10 ta kasblar bo‘yicha o‘qitiladi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

Bugun vazir Nozim Xusanov Qamashi tumanidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida dars jarayonlari bilan tanishib, tinglovchilarga tavsiyalar berdi.

Ma'lumot uchun: Qamashi tumanidagi avvalgi Xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosi, Prezidentning 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140 qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan va o‘sha yilning sentyabr oyida, Qamashi Kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etildi. Ayni paytda u yerda jihozlash-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Markazda tumandagi band bo'lmagan aholiga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan sohalar o'qitiladi

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Sayyor_qabul

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ishchi guruhi Farg'ona viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sayyor qabul va qaytib kelgan mehnat muhojirlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 28 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 400 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan fuqarolarninig 62 nafari ishga joylashtirildi, 38 tasi kasbga qayta o‘qitishga yuborildi va yana 100 nafari vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Monomarkaz_Namangan

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi “Ishga marhamat" Monomarkazi tashabbusi bilan tumandagi imkoniyati cheklangan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka ko‘maklashish orqali bandligi ta’minlanmoqda.
Jumladan, Namangan tumandagi Urganji mahallasi hududida yashovchi ishsiz, imkoniyati cheklangan fuqaro Lobarxon Yuldashova “Ishga marxamat monomarkaz”ga tikuvchi usta sifatida ishga qabul qilindi. U o‘z xonadonida tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun kichik ishlab chiqarish korxonasini tashkil etdi.
Unga 10 nafar imkoniyati cheklangan tikuvchilik qilish istagi bo‘lgan ishsiz fuqarolar jalb qilindi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Vazir_Qashqadaryoda

Vazir Nozim Xusanov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi KOIKA Kasb-hunarga o‘qitish markazida bo‘ldi. Bu yerdagi jarayonlarni kuzatish davomida vazir ayni kundagi yo'nalishlar yetarlicha qamrovga ega emasligi, qo'shimcha o‘quv kurslari tashkil etilishi lozimligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

Ma’lumot uchun: Shahrisabz shahridagi KOIKA kasb-hunarga o‘qitish markazi 2018 -yil 6-sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan. Markazda ishsiz fuqarolarni avtomobilsozlik, metallga ishlov berish va chilangarlik, elektrotexnika, yigiruv va tikuv ishi, axborot texnologiyalari kabi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube