Bandlik vazirligi
49.3K subscribers
12.4K photos
2.88K videos
31 files
7.18K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Andijonda kamida 1000 ta yangi ish o‘rni uchun manba aniqlandi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻldi.

👉Batafsil o‘qing

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘rindoshlik asosida ishlash xodimning asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

O‘rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o‘zining asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o‘rindoshlik) bajarilishi mumkin.

O‘rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat’i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Rus tilini yaxshi biladigan 1200 nafar yurtdoshimizni Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda

▪️Oylik maosh
qo‘lga tegadigani 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;

▪️haftasiga 5 kun ish;

▪️xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.

❗️E'tibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi
.

Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.

Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqmoqda

Joriy yil yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi o‘quv markazlari, davlat va nodavlat ta'lim muassasalariga hamda "Ustoz-shogird" an'anasi asosida bepul o‘qishga jalb qilindi.

Ularning:
▪️37,5 ming nafari – sanoat va xizmat koʻrsatish;
▪️5,8 ming nafari – qurilish;
▪️2,6 ming nafari – hunarmandchilik;
▪️2 ming nafari – IT;
▪️2 ming nafari – agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida oʻqishga qiziqish bildirgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 jo‘yakda 5 mahsulot

Ishning ko‘zini bilgan xonqalik mirishkor bir jo‘yakda qulupnay bilan birga, kartoshka, lavlagi, sarimsoq piyoz hamda makkajo‘xori yetishtirib yaxshigina daromad topmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇺🇿🇸🇰 Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlarida demografik jarayonlarning keskin o‘zgarishi natijasida mehnat resurslariga talab ortib bormoqda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, hamyurtlarimiz rivojlangan G‘arb mamlakatlari xususan, Slovakiyada ham vaqtincha mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Ular yirik ishlab chiqarish quvvatlari, transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda mehnat qilmoqda.

Elchi bilan uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Asosiy e’tibor Slovakiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama himoya qilish, viza olish, suhbatdan o‘tish jarayonlarini tartibli, har ikki tomon uchun qulay tashkil etish va manzilli ishga yuborishga qaratildi.

Mavjud bir qator masalalar ham o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan birgalikda ish olib boriladigan bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz 40 000 dan oshdik

Har bir obunachimizga minnatdorlik bildiramiz!

Jamoamiz sohaga oid:

▪️eng foydali;
▪️eng dolzarb;
▪️eng so‘nggi;
▪️eng ishonchli
ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ishonchingiz uchun rahmat!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda vaqtincha ishlab qaytgan yoshlarga yer ajratilib, ularning bandligi ta'minlanmoqda

Mehnati ortidan kambag‘allikdan chiqib tadbirkorga aylangan bu yoshlar yetishtirgan ko‘katlarini hatto eksport ham qilayapti.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Davlat va xususiy sektorda ishlayotgan jami pensionerlar soni qancha?

Bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 579 305 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan:
▪️Erkaklar – 234 044 nafar (40,4%);
▪️Ayollar – 345 261 nafar (59,6%).

Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 250 247 nafar (43,2%);
▪️Xususiy sektorda – 329 058 nafar (56,8%).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Joriy yilning 3-14-iyun kunlari Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Unda bioxavflardan himoya qilish standartlarini belgilash, mehnat huquqlarining strategik maqsadi haqida davriy muhokamalar, munosib mehnat, keksalar va nogironlarni parvarishlash sohasi bo‘yicha umumiy debatlar tashkil etiladi. Shuningdek, konferensiyada Xalqaro mehnat tashkilotining Boshqaruv kengashi saylovi ham o‘tkaziladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Elektrik bo‘lmoqchimisiz, qayerda o‘rganishni bilmayapsizmi?

Monomarkazga keling, shu kabi talabgir sohalarning haqiqiy professionali bo‘lib yetishasiz.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida filiallari bilan jami 37 ta “Ishga marhamat” monomarkazi hamda 52 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi mavjud.

Joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 50 ming aholi ushbu muassasalarga o‘qishga jalb qilindi.

👉Monomarkazlar ro‘yxati

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida tashkil qilingan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da 20 ta tashkilot o‘zlaridagi mavjud 471 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Shu yerning oʻzida ish beruvchilar talabiga mos kelgan 35 nafar hamyurtimiz tashkilot va korxonalarga ishga joylashdi. 20 nafariga Qarshi shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazining o‘quv kurslariga yo‘llanma berildi.

Bundan tashqari 28 nafar ishsiz xotin-qizning bandligini ta’minlash maqsadida ularga subsidiya asosida tikuv mashinalar topshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida inson huquqlari sohasidagi O‘zbekistonda xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborot eshitildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube