Bandlik vazirligi
49K subscribers
12.5K photos
2.91K videos
31 files
7.25K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
🇰🇷Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi.

Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin.

Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda.

Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassislar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimizning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi.

Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Йиғилишда кун тартибидаги иккинчи масала – барча жойларда “Сайхунобод” тажрибасини жадаллаштириш муҳокама қилинди.

Бу борада бошланган ишлар натижасида апрель ойини ўзида 365 минг аҳоли бандлиги таъминлангани ва тадбиркорликка жалб қилингани қайд этилди.

Банклар ўз мижозларининг муаммоларини ҳал қилиб, 115 минг аҳолига ишли бўлишга кўмаклашди.

Маҳаллаларда 70 мингта микро-лойиҳа амалга оширилди, 465 минг гектар томорқа ерларига экин экилди.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари "Сайхунобод" тажрибаси доирасидаги ишлар ҳамма ҳудудларда ҳам бирдек ташкил қилинмаётганини кўрсатиб ўтди.

Масалан, 7 та туман ўрганилганда, 17 та маҳаллада ишлар сустлиги аниқланди.

Ёки, ишга тушгани айтилган 1 мингдан зиёд хонадондаги микро-лойиҳалар жойида ўрганилганда, 76 таси ёки 7 фоизи ўз тасдиғини топмади.

Шу боис, сусткашликка йўл қўйгани учун туман даражасидаги 382 нафар масъуллар ишдан олинган.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз бандлик ва аҳоли даромади масаласи биринчи даражали аҳамиятга эга эканини яна бир бор таъкидлаб, бу борада оқсоқликка йўл қўйиб бўлмаслиги ҳақида барча даражадаги раҳбарларни огоҳлантирди.

Яна бир муҳим масала – тартибли ва хавфсиз меҳнат миграцияси.

Жорий йилнинг январь-март ойларида меҳнат миграциясидан 58 минг нафар, апрелда 57 минг нафар фуқаромиз қайтиб келган. Йил охиригача яна 250-300 минг нафари қайтиши прогноз қилинмоқда.

Уларни ишга жойлаштириш, ижтимоий масалаларига кўмаклашиш муҳимлиги таъкидланди.

Мутасаддиларга миграция бўйича ягона ахборот платформасини яратиб, “маҳалла еттилиги” тизими билан интеграция қилиш, хорижда меҳнат қилаётган ва қийин вазиятга тушиб қолган юртдошларимизга кўмаклашиш, қайтган фуқароларни ишга жойлаштириш юзасидан топшириқлар берилди.

Муҳокама қилинган вазифалар юзасидан тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.

Facebook|Instagram|X
#mehnat_inspeksiyasi

Respublikamiz bo‘yicha joriy yil yanvar - aprel oyi davomida mehnat qonunchiligini eng ko‘p buzilishi quyidagi sohalarda:

◾️Xalq ta’lim muassasalari –5 612 ta; 

◾️ Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 173 ta; 

◾️ Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 215 ta; 

◾️ Qurilish tashkilotlari – 266 ta; 

◾️ Qishloq xo‘jaligida – 452 ta qayd etilgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z uyida ham bandlik, ham daromad

Yangiqo‘rg‘onlik kasanachilar faoliyatiga nazar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Eng ko‘p talab qilinadigan va dolzarbligi yo‘qolmaydigan kasblar

Jurnalistika

Bu kasb dunyodagi eng qadimgilardan biri hisoblanadi. Barcha davrlarda ma’lumot to‘plashni va uni odamlarga mazmunli yetkazishni bilgan mutaxassislar bo‘lgan. Jurnalistika sohasi juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bugungi kunda bu nafaqat axborotni tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassislik, balki jamoatchilik fikrini shakllantirish bilan bog‘liq sohadir. Ayrim nufuzli ommaviy axborot vositalari xodimlarining bayonotlari tinglovchilar uchun katta ahamiyatga ega.

Shifokor

Shifokorlik kasbi insoniyat tarixi davomida mavjud bo‘lgan va hech qachon yo‘qolmaydi. Sog‘lig‘i bilan muammosi bor inson albatta shifokor yordamiga muhtoj bo‘ladi. Tibbiyot inson faoliyatining eng qadimiy sohalaridan biri bo‘lishiga qaramay, unda doimiy ravishda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ladi.

Oshpaz

Oddiy masalliqlardan mazali asl taomlarni yaratishga qodir iste’dodli oshpazlar har doim va hamma joyda qadrlangan. Qadimda ular yuqori martabali odamlarga xizmat qilishgan. Bugungi kunda kafe va restoranlarda professional oshpazlarga talab yuqori.

Muhandis

Muhandis - bu mexanizmlar, tuzilmalar va qurilmalarni loyihalash, yaratish, sinovdan o‘tkazish hamda o‘zgartirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis. O‘tgan asrlar davomida texnologiyaning rivojlanishi bilan muhandislik faol rivojlandi va bugungi kunda mutaxassislar hisob-kitoblarni osonlashtirish uchun yuqori aniqlikdagi uskunalar hamda kompyuterlardan foydalanadilar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hokim yordamchisining koʻmagi bilan…

Muzrabot tumani "Bodomzor" mahallasida istiqomat qiluvchi Ozoda Mirzaqulova o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yib 15 nafar xotin-qiz bandligini ta’minladi.

Hammasi harakatga bogʻliq!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikdan tadbirkorlikka

Tomining tepasida tomorqasi bor tadbirkor


Kambag‘allik ham mehnat tufayli ortga chekinadi. Ishlagan odam band bo‘ladi, daromad topadi. Hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.

Ko‘rishni tavsiya qilamiz!

Batafsil videoda

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#bilasizmi

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷🇺🇿Xorijiy til va kasb-hunar egallagan yoshlar yuqori daromadli ish va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Hozirgi reportajimizda Koreyaga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan hamda ushbu davlatda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xususida so‘z yuritiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

"RADAR" O'RNATISH ORTIDAGI FOJIANI
TOSHKENT VILOYATI DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASI NAZORATGA OLDI.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 104 nafar hamyurtimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

💬Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hunari ortidan ro‘zg‘or tebratib, bandligi ta'minlanayotgan xivalik Madrimovlar oilasi

Oila boshi temirchilik, asalarichilik hamda anorchilik bilan shug‘ullansa, uy bekasi hamshiralik va tikuvchilik bilan band.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10-may kuni "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2024-yil avgust oyiga qadar qonun loyihasi ishlab chiqilib, Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi:

▪️boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan taxdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga o‘tkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

▪️mehnat jarayonidagi tazyiq va zo‘ravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama qilish;

▪️kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga o‘zining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat ta’tili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda 10 kundan iborat qo‘shimcha mehnat ta’tili berish.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezident qarori bilan endi "Ishga marhamat" monomarkazlarida quyidagi o‘quv-darslari ham yo‘lga qo‘yiladi:

▪️huquqiy savodxonlikni oshirish;

▪️ariza, shikoyat, va takliflarni yozish va blankalarni to‘ldirish ko‘nikmalari;

▪️vakolatli organlarga murojaat qilish tartibi;

▪️elektron platformalardan, shu jumladan "Madad" NNTning
advice.uz portalidan foydalanish ko‘nikmalari;

▪️"Yuridik yordam" axborot tizimi orqali murojaat yo‘llash tartiblari va boshqalar.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bolani 2 va 3 yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tillari

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayol xodimning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Ayolning xohishiga ko‘ra, bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧 Xabar berganimizdek, bugun 104 nafar yurtdoshimiz mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi

Oylik maosh – 1500-2000 dollar.

Joriy yilning shu davriga qadar Buyuk Britaniyaga 1530 nafar hamyurtimiz borib ishlamoqda. Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichni 4000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Yurtdoshlarimizni kuzatish jarayoni ushbu havolada

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun barcha vazifalarni kuchli jamoa hal qiladi, kuchli jamoa esa bilimli, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, tillarni biladigan mutaxassislardan shakllanadi.

Kelajagini oʻylaydigan har bir tashkilot ishga kiruvchi nomzodlarni elakdan oʻtkazadi, saralaydi, bilimlilar ichidan bilimlisini qidiradi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham ayni jihat ustuvor sanaladi.

Joriy yilning shu davriga qadar vazirlikdagi 36 ta boʻsh ish oʻrniga 1538 nafar nomzod Argos orqali roʻyxatdan oʻtgan. Bir oʻrin uchun 42 nafar nomzod “kurashgan”.

Xoʻsh, ishga kirmoqchi boʻlganlar qanday bosqichlardan oʻtmoqda?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube