Bandlik vazirligi
47.2K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.14K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Qashqadaryoda Germaniya standartidagi kasb-hunar maktabi ochiladi

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas'ullaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Germaniya davlatida bo'lib qaytishdi.
Delegatsiya a'zolari Shtaynbax-Hallen shahrida joylashgan "Hehnke" kompaniyasida bo'ldi.
Mazkur kompaniyada o'zbekistonlik yoshlar ausbildung dasturi bo'yicha o'qishi, mehnat qilishi va bu orqali katta tajriba hamda bilimlarni o'zlashtirishi mumkin.
Kompaniya vakillari bilan xalqaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar o'tkazilib, 2024/2025-yillar davomida “Hehnke” kompaniyasi qashqadaryolik 100 nafar yoshni ausbildung dasturi bo'yicha ishga qabul qilishi borasida dastlabki kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari Leyptsig shahrida joylashgan "Avestos" kompaniyasi bosh direktori Klaus Michel bilan uchrashib, istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.
Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida nemis o'quv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini (elektromobillarga xizmat ko‘rsatish, mexatronika, payvandlash, elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish, raqamli axborotlarni qayta ishlash) barpo etish haqidagi qo'shma loyiha muhokama qilindi.
Ushbu maktabda yoshlarga nemis tili va jahon talablariga javob beradigan professional ko‘nikmalar o'rgatiladi. Jumladan, mashinasozlik, xizmat ko'rsatish va qurilish sohalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni Germaniyaga tashkiliy tarzda ishga yuborish mumkin bo'ladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ish vaqtini hisobga olish tushunchasi va turlari

Ish vaqtini hisobga olish ishga chiqishlarni tegishli hisobga olish davri uchun ish vaqtining belgilangan normasi xodimlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida qayd etish orqali har bir xodim tomonidan haqiqatda ishlab berilgan vaqtni aniqlashdir.

Hisobga olish davrining davomiyligiga qarab ish vaqtini hisobga olishning quyidagi turlari nazarda tutilishi mumkin:
kunlik hisobga olish, bunda hisobga olish davri bir kunga teng bo‘ladi. Kunlik hisobga olishda xodim har bir ish kuni davomida bir xil miqdordagi ish soatida mehnat qiladi va har kuni ish vaqtining belgilangan normasini bajaradi;
haftalik hisobga olish, bunda hisobga olish davri bir haftaga teng bo‘ladi. Ish vaqtini haftalik hisobga olishda, basharti hafta ichidagi ish vaqtining belgilangan normasiga rioya etilsa, kunlik ishning davomiyligi har xil bo‘lishi mumkin, biroq ushbu Kodeksning 185-moddasida belgilanganidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
jamlab hisobga olish, bunda xodim ish vaqtining normasini ishlab berishi kerak bo‘lgan hisobga olish davri bir haftadan oshadi. Ish vaqtini jamlab hisobga olishda kunlik yoki haftalik ishning davomiyligi ushbu Kodeksning 199-moddasida ko‘rsatilgan doirada ish kunining yoki ish haftasining soatlari normasidan chetga chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan muayyan kalendar davrlarda yuzaga keladigan ortiqcha ishlash yoki kamroq ishlash hisobga olish davri uchun soatlar summasi ushbu davrdagi ish vaqtining normasiga teng bo‘ladigan tarzda muvozanatlashtirilishi kerak.

Hisobga olish davri uchun ish soatlari normasi tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. To‘liqsiz ish kunida va to‘liqsiz ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun hisobga olish davridagi ish soatlarining normal soni tegishincha kamaytiriladi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Namangan

Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizning bandligini ta’minlashga imkoniyatlar bormi?


Lavhada batafsil

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganlik Dilshodbek Nabiyev o‘z xonadonida 700 dan oshiq g‘ozlarni boqib, kuniga 1 million 600 ming so'mdan daromad qilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya - yaqinlaringni o‘yla! Senda tanlash imkoni bor.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keskin choralar ko'rilib, tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Xususan, “Smart management” tashkiloti tomonidan xodimlar uchun seminar-trening o'tkazilmoqda.

Bunda "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari–foydalanish bo‘yicha xalqaro talablar va tavsiyalar xalqaro standarti" (ISO 37001:2016) ni vazirlik tizimida bosqichma-bosqich joriy etish ko'zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aytolasizmi, Kanadaga ro‘yxat to‘lib qolmadimi?

Bundan ikki kun oldin Kanadaga 5 000 ta bo‘sh ish o‘rniga taklif mavjudligini aytgan edik. Dastlab qurilish, kecha xizmat ko‘rsatish va texnik sohalar bo‘yicha ham ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Xo‘sh, jarayon qanday ketayapti?

Imkoniyatingiz bor, harakat qilib ko‘ring!

Ro’yxatdan o’tish👇

Qurilish
Texnik soha
Xizmat ko‘rsatish

(videoda aytilgan raqamlar 27.03.2024-yil soat 17:45 holatiga)


Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️86 nafar yurtdoshimiz qay tartibda rasmiy ishli bo‘ldi?

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent tumanidagi bir qator korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda norasmiy ishlayotgan fuqarolarni rasmiylashtirish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Natijada mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanib, tushuntirish ishlari olib borildi va o‘rganilgan korxonalarda norasmiy faoliyat olib borayotgan jami 86 nafar ishchi bilan belgilangan tartibda joriy yilning 26-mart kuni bilan mehnat shartnomalari tuzilib, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqlar rasmiylashtirildi.

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ish vaqtini jamlab hisobga olishni belgilash va qo‘llash tartibi

📊Agar ishlab chiqarish (ish) sharoitlariga ko‘ra ish beruvchida ushbu toifadagi xodimlar (shu jumladan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishda band bo‘lgan xodimlar) uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligiga rioya etish imkoni bo‘lmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olishni joriy etishga yo‘l qo‘yiladi.

📊Basharti hisobga olish davri uchun ish vaqtining davomiyligi ish soatlari normasidan oshmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilishi mumkin. Bunda hisobga olish davri o‘n ikki oydan, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa o‘n ikki soatdan oshmasligi kerak.

📊Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llash tartibi, zarur bo‘lgan taqdirda esa hisobga olish davri mobaynida xodimlarga to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi.

📊Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish uchun belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda belgilanadi.

➡️ BATAFSIL

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

Veb sayt | Facebook | Inspeksiyaga murojaat | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM