Bandlik vazirligi
47.2K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.15K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Unda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan O‘zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Xususan, XMT tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiya"sida O‘zbekiston nomzodini "pioner davlat" sifatida ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

XMTning uch tomonlama a’zolarini birlashtirgan "Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiya"ni yaratish tashabbusi XMT Bosh direktori tomonidan ilgari surilgan. Joriy yilning 14-15-iyun kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro mehnat Sammitida mazkur koalitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tekstil va to‘qimachilik sanoatida munosib mehnat tamoyillarini joriy qilish maqsadida XMTning "Better Work" dasturini amalga oshirishga hamda xizmat ko‘rsatish sohasida (mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish) mehnat sharoitlarini monitoringini tashkil etishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

To‘qimachilik haftaligi doirasidagi II xalqaro forum

Toshkentda to‘qimachilik haftaligi doirasida "Ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi" II xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva, BMT koordinatori Konsulo Vidal Bryus va ITMF Bosh direktori Kristian Shindler va boshqalar so‘zga chiqishdi

Shuningdek, forumda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirok etib, "Mehnat munosabatlarida ijtimoiy mas’uliyatning roli" mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir doirasida ish beruvchilar va xodimlarning huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ishlab chiqarishning ekologik barqarorligi masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlIk

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Jahon banki vakillari bilan uchrashdi.

✔️ Unda "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, maishiy zo‘ravonliklarga barham berish, gender tengligi masalalari muhokama qilindi.

Mazkur choralarni samarali amalga oshirish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilishga hamda ular ishtirokida muhokamalar tashkil etish, shuningdek, hamkorlikda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:

➡️Maishiy zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy instrumentlarni yanada takomillashtirish, milliy qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasini o‘rganib chiqish;

➡️Maishiy zo‘ravonlik holatlari takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida shaffof monitoring mexanizmlarini joriy qilish;

➡️Muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropaning yana bir mamlakati
Ruminiyada ishlash imkoniyati yaratiladi

🇺🇿🇷🇴Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Ruminiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kristian Chobanu va Bosh konsuli Luminita Chobanu bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish, fuqarolarimizni ushbu davlatga qurilish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga qonuniy hamda tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ruminiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini ish faoliyati davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonliklar uchun Bolgariya yanada ko'proq ish o'rni yaratmoqchi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullari va Bolgariyaning mamlakatimizdagi konsuli Stoyana Rusinova, "United Business Clubs" assotsiatsiyasi prezidenti Vesilin Xalachev o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama etildi.

Jumladan, Bolgariya korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, xususan, mehmonxona, tibbiyot, haydovchilik, logistika va xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarishning boshqa sohalariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb etish masalasi o‘rganildi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yil boshidan Agentlik tomonidan 30 nafarga yaqin fuqaro ushbu davlatga tashkiliy tarzda ishga jo‘natilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysida aholi ko‘nikmalarini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Ishchi kasblarga bo‘lgan talabni o‘rganish va kasbiy malakalarni transformatsion iqtisodiyot sharoitiga moslashtirish” mavzusida trening bo‘lib o‘tmoqda.

Treningda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy kasbga o'qitish va milliy malaka bo'limi mutaxassislari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari direktor o'rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Trening dasturiga ko'ra, ishtirokchilarga mehnat bozorida talabning shakllanishi, ish beruvchilarning xodimlardagi malakaga nisbatan umidlari, kasbiy ko’nikmalarning aholi va aholining ehtiyojmand qatlami vakillarining bandligiga ta’siri bo’yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari muhokama qilinmoqda.

Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan mazkur trening 13-iyul kunigacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda hozirda yurtimizda bo'lib turgan Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda Koreya davlatida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun ish joyidagi sharoitlarni yaxshilash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, kvotalar sonini ko‘paytirish, Koreyadagi yirik texnologiya kompaniyalarida ishga joylashish uchun Koreya tajribasi asosida IT-mutaxassislarni tayyorlash hamda O‘zbekiston va Koreya mehnat bozorini sifatli kadrlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Samsung, SK, LG va boshqa kompaniyalardan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali IT sohasida qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

📝Uchrashuv so'ngida ikki davlat bandlik vazirliklari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

BATAFSIL⬅️

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 💬Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Rossiya_Federatsiyasi

🤝 Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Moskva viloyatida VIII Butunrossiya Davlat mehnat inspektorlarining forumida ishtirok etishmoqda.

🖋 Tadbir doirasida sohaga oid panel sessiyalari, muhokamalar, mahorat darslari, konferensiyalar, uchrashuvlar va interaktiv mashg'ulotlar bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Dr. Joachim Stamp boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Germaniya: Mehnat migratsiyasi sohasida istiqboldagi rejalar qanday?

BATAFSIL

Vazirlikning
rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Dr. Joachim Stamp boshchiligidagi delegatsiya…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Joachim Stamp Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kasb-hunarga o‘qitish markazida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa,monomarkazdagi surdo tarjimonlik, kran boshqaruvi, nemis tilini o‘qitish kurslari, xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan intilishlari, kasbga ega bo‘lgan ehtiyojmand oila a’zolariga o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalar ajratilishi delegatsiya a’zolarida qiziqish uyg‘otdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇦🇹Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida Latviyaning "CERTIFICATION CENTRE" LTD mutaxassislarni sertifikatlashtirish markazi hamda Toshkent shahar Ishsizlarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📝Unda tomonlar oʻrtasida "Kasbiy tayyorgarlik sohasida qoʻshma hamkorlik va sheriklik toʻgʻrisida" memorandum imzolandi.

🪪Endilikda ushbu markazning "Yarimavtomat moshinalari payvandchisi" yoʻnalishida tahsil olgan fuqarolar xalqaro ISO sertifikatiga ega boʻlishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

ISROILDA ISHLASH IMKONIYATI:
UNGA KIMLAR BORADI?

🇺🇿🇮🇱Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Isroil Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zexavit Ben-Xillel bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yil 27-iyulda imzolangan “O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ishlash uchun Isroil Davlati iqtisodiyot sektorlariga jalb qilish to‘g‘risida Bitim”ni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

▶️BATAFSIL https://new.gov.uz/bv/news/view/2333/
—————————————
#Международное_сотрудничество

ВОЗМОЖНОСТЬ РАБОТЫ В ИЗРАИЛЕ: КТО БУДЕТ ПРИВЛЕЧЕН?

🇺🇿🇮🇱Министр занятости и сокращения бедности Бехзод Мусаев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Государства Израиль в Узбекистане Зехавит Бен-Хиллель.

Во ходе встречи обсуждены вопросы эффективной реализации Межправительственного соглашения «О временном привлечении рабочей силы из Республики Узбекистан в специальные сектора экономики Государства Израиль», подписанного 27 июля 2022 года.

▶️Подробно https://new.gov.uz/uz/bv/news/view/2333/

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

XITOY BILAN HAMKORLIKKA YANGI QADAMLAR

🇺🇿🇨🇳Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida so‘nggi yillardagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.

▶️BATAFSIL https://new.gov.uz/bv/news/view/2335/
—————————————
#Международное_сотрудничество

НОВЫЕ ШАГИ К СОТРУДНИЧЕСТВУ С КИТАЕМ

🇺🇿🇨🇳Министр занятости и сокращения бедности Бехзод Мусаев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Китайской Народной Республики в Узбекистане с Юй Цзюнем.

В ходе переговоров, прошедших в атмосфере взаимного доверия, было отмечено, что уровень сотрудничества между двумя странами в последние годы выведен на новый уровень.

▶️Подробно https://new.gov.uz/uz/bv/news/view/2335/

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

SAUDIYADA ISHLASH UCHUN IMKONIYAT:
Ham daromad, ham ziyorat

🇺🇿🇸🇦Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Saudiya Arabistoni Podshohligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Gahra al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat Hukumatlari oʻrtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”ni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

▶️BATAFSIL https://new.gov.uz/bv/news/view/2344/
—————————————
#Международное_сотрудничество

ВОЗМОЖНОСТЬ РАБОТАТЬ В САУДОВСКОЙ АРАВИИ:
И доход, и паломничество

🇺🇿🇸🇦Министр занятости и сокращения бедности Бехзод Мусаев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Королевства Саудовской Аравии в Узбекистане Юсуфом бин Салихом аль-Гахра аль-Утайбий.

В ходе данной встречи обсуждены вопросы эффективной реализации “Соглашения о сотрудничестве в сфере найма на работу”, подписанного между Правительствами двух стран 17 августа 2022 года в г. Джидде.

▶️Подробно https://new.gov.uz/ru/bv/news/view/2344/

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

KOREYADA ISHLASHNI ISTAGANLARGA
YANA BIR QULAYLIK

🇺🇿🇰🇷Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya Respublikasi Qirol Sejong koreys tili markazi (KSIF) Toshkent shahar filiali direktori Xur Seong Xayeng hamda Namangan shahar filiali direktori Son In Sungni qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda Koreyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni koreys tiliga oʻqitish sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida qisqa vaqt ichida oʻrgatish, EPS-Topik test imtihonlariga ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlari asosida onlayn va oflayn oʻquvlarni tashkil qilish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Til oʻrganuvchilarni oʻquv qurollari va tarqatma materiallar bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Qirol Sejong koreys tili markazi (KSIF) tomonidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur oʻquv kurslarining ochilishi kelgusida Koreyada ishlash istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalarni saqlab qolishga va yoshlarning til oʻrganish imkoniyati ortishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, mazkur oʻquv kurslari Koreya Respublikasi tomonidan taqdim etiladigan Ye-9 vizasidan tashqari, Ye-7 va Ye-8 vizalari boʻyicha ham tatbiq etilishi mumkin.

▶️Batafsil https://new.gov.uz/bv/news/view/2346/

Vazirlikning rasmiy
sahifalari


👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

#Xalqaro_hamkorlik

Bugun hokim yordamchilari uchun “Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminarga start berildi.

📝Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi.

🛄Unga ko‘ra, yurtimiz mahallalaridagi 9 yarim mingga yaqin hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim olishi ko’zda tutilgan.

Ayni damda loyiha doirasida “ZOOM Meeting” videokonferensiya platformasi orqali hududlardagi hokim yordamchilari uchun “Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi” mavzusida 5 kunlik onlayn seminar-trening boshlandi. O‘quv darslar o‘zbek va rus tillarida sinxron tarjima orqali amalga oshirilmoqda.

Unda Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi direktori Lyu Junven moderatorlik qilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev, Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligining XKP (Xitoy Kommunistik Partiyasi) yetakchi guruhi a’zosi Sia Gengshyeng hamda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev ishtirok etmoqda.

Asosiy maqsad, ishtirokchilarga Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish sohasida amalga oshirgan chora-tadbirlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘llanilgan manzilli instrumentlari va kambag‘al aholi qatlamlari bilan individual tarzda ishlash mexanizmlari kabi tajribalarni o‘rgatishdan iborat.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Mamlakatimizdagi barcha hokim yordamchilari kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganmoqda.
Onlayn seminar qanchalik foydali?

🎞 BATAFSIL VIDEODA

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Monomarkaz| #Xalqaro_hamkorlik

Xorijlik mutaxassislar bizning monomarkazlarda

🇹🇷Turkiya
davlatidan kelgan bir guruh malakali mutaxassislar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

🤝Unga ko'ra, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan “O‘quv-maslahat ofisi”da UNDP moliyaviy ko'magi asosida jalb etilgan chet ellik mutaxassislar faoliyat olib boradi.

🏳️ Murabbiylar hududiy monomarkazlardagi muhandis-usta va o‘qituvchi-mutaxassislarning malakasini oshiradi. Ularga o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatib, o'qitish metodikasi masalalarida yordam beradi.

Ayni paytda Turkiyaning malakali mutaxassislari Namangan, Farg'ona, Andijon viloyatlari monomarkazlariga taqsimlandi.

🇰🇷Shuningdek, koreyalik mutaxassislar ham 1 oy mobaynida Koreya o'quv qo'llanmalari asosida dars jarayonlarini olib borishadi.
Ushbu hamkorlik natijasida payvandlash kursida kasb-hunar o'rganayotgan tinglovchilarning malakasi oshiriladi. O'quv kurslarini yakunlaganlar ikki tomonlama tasdiqlangan sertifikatga ega bo'lishadi.

Maʼlumot uchun
: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 8-iyundagi
PQ-5140-son Qarorida kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarning ta‘lim jarayoniga Germaniya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zto‘qimachilik sanoati va "GUZ partners" hamkorligida Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "To'qimachilik mahsulotlari eksporti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda Yevropa Ittifoqi bozori, to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talablar, GSP+ imkoniyatlari, yengil sanoat sohasida malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj muhokama qilindi.

Bilamizki yengil sanoatga ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy qilinishi, yuqori samarali zamonaviy uskunalardan foydalanish va bu borada xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali kadrlar salohiyatni oshirishni talab etadi. Demak zamon va davr talabiga tayangan holda dizayner va texnologlarni tayyorlash ustuvor vazifalardan biri.

Bu borada "Ishga marhamat" monomarkazlarining imkoniyatlari hamkorlar tomonidan ijobiy baholanib, kadrlar tayyorlashda yaqin aloqalar o'rnatish va ushbu yo'nalishda Germaniya tajribasini joriy qilishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: GUZ Partners – bu to‘qimachilik tarmog‘ining barcha bosqichlarida Germaniya va O‘zbekistonlik ishtirokchilarni birlashtirish, biznes sharoitlari haqida ma’lumot berish hamda yanada chuqur assotsiatsiya va sanoat hamkorligiga yo‘l ochishga mo‘ljallangan loyihadir.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube