Bandlik vazirligi
47.2K subscribers
12.4K photos
2.86K videos
31 files
7.14K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 00 61 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy
#Mehnat_yarmarkasi


➡️ Xatirchi tumanidagi yoshlarni bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok etdi.
Tadbirda 37 ta korxona va muassasalar o'zlarining 325 ta bo'sh ish o'rni bilan qatnashdi.

➡️ Yarmarkada- 302 nafar yoshlarning bandligi ta'minlandi.

201 nafar yoshlar tumandagi bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi;

70 nafar fuqaro haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;

12 nafar yoshlar kasb-hunar o'rganishga yo'naltirildi;

15 nafar fuqaroga potronaj jihozlari berildi;

4 nafar fuqaroga bank krediti ajratildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy
#Mahallabay_ishlash_tizimi


YUNISEF LOYIHASI

Aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar koʻlamini yaxshilash, oilalardagi muammolarini oʻz vaqtida aniqlab hal etish, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faolligini yanada oshirish maqsadida Xatirchi  tumani xotin-qizlar faollariga texnik vositalar topshirildi. Mazkur tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirok  etdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

Navbahor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 20 ga yaqin fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi va tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayollar daftariga kirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni doimiy ish bilan band qilish masalalari ko‘rildi.

Tadbir jarayonida fuqarolar imtiyozli kredit olish, davolanish uchun moddiy yordam olish, uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va uy-taʼmiri, ishga joylashish kabi murojaatlar yuzasidan kerakli tavsiyalarni olishdi.

Sayyor qabulda ijtimoiy muammolarning aksariyati joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.

“Ayollar daftari”da ro`yhatda turuvchi 10 ga yaqin xotin-qizlarimizga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

2 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning nogironlar aravachasi bo‘yicha muammosi joyida hal qilindi.

5 nafar fuqaroga bandligini ta`minlash maqsadida ishga yo`llanmalar berildi.

Shuningdek, 6 nafar arizachiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratish boiycha, 9 nafar murojaatchiga esa mehnat qonunchiligi va muhofazasiga oid huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_eʼtibor
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Konimex, Xatirchi va Navbahor tumani mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishdi.

Tumandagi 31 nafar nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarga 6 ta protez-ortopediya moslamalari, 46 ta reabilitatsiya qilishni texnik vositalari (4 ta nogironlik aravachalari, 20 ta ko‘krak protezlari, 5 ta murakkab poyavzal, 1 ta ortopedik boshmochok, 1 ta eshitish moslamasi, 1 ta hassalar uchun sertifikat) bilan taʼminlandi.

Viloyatda ro‘yxatga olingan jami 542 nafar yolg‘izlar (shundan, 145 nafar yakka yolg‘iz, 397 nafar keksa yolg‘iz yashaydigan fuqarolar) holidan xabar olindi va dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Xatirchi tumanida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 433 dan ortiq ishsiz fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_eʼtibor
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

Yarmarkada 400 dan oshiq fuqaro doimiy ishli bo‘ldi

Vazirlik mutasaddilari hamrohligida Xatirchi, Navbahor va Konimex tumanlarida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari tashkil etilib, unda 1000 nafarga yaqin ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi.

110 ga yaqin davlat korxona tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari mavjud 650 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan yarmarkalarda 403 nafar fuqarolar doimiy ishli bo‘lishdi.

Shuningdek, ushbu jarayonda 10 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanma, 100 nafarga yaqin fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilish uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar va tikuv mashinalari topshirildi.

Bundan tashqari, 11 nafar fuqarolarga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilib berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_ Navoiy

📍Navbahor tumanining “Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

✔️Umumiy qiymati 764 mln. so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan, zamonaviy mahalla binosida, "mahalla beshligi" uchun barcha sharoit yaratilgan.“Beshrabot” MFY da 760 ta xonadon mavjud bo‘lib, 782 tа oila, 2920 nafar aholi istiqomat qiladi.

✔️Binoning ochilishida ishtirok etgan nuroniylar va mahalla ahli ijobiy o'zgarishlardan mamnun bo‘ldi. Albatta, obodlik, ozodalik, qulaylik bor joyda qut-baraka, ishda esa unum va samara bo‘ladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_ Navoiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yana-da rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF 6195-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Navoiy viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida qo‘shimcha 40 o‘rinli bino qurib foydalanishga topshirildi.

📊 Buning natijasida markaz koykalari soni 100 o‘ringa yetkazildi va 200 nafar xodim muntazam ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Bugunga qadar ushbu dargoh yiliga 1600-1700 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarga reabilitatsiya o‘tkazib kelgan. Yangi binoning ishga tushirilishi markaz quvvatini ikki barobarga oshiradi va 3500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya kurslarini o‘tash imkonini beradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

Maxsus reportaj | Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

📍Navoiy shahrining "G'uzor" hamda "Vatan" mahalla fuqarolar yig'ini uchun yangi mahalla binolari foydalanishga topshirildi.

✔️Umumiy qiymati 1 mlrd 485 mln so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan, zamonaviy mahalla binolarida, "mahalla beshligi" uchun barcha sharoit yaratilgan. Ushbu mahllarda jami 2800 ta xonadon mavjud bo'lib, 3185 tа oila, 11355 nafar aholi istiqomat qiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_eʼtibor
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

📍Navbahor tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tashabbusi bilan “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 156 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. 

10 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud 165 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

56 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta'minlandi.

Shuningdek, tumandagi yirik ishlab chiqarish "QORAJON TEXTEL" МCHJ korxonasiga xotin-qizlar taklif etilib, 30 nafar fuqarolar ushbu korxonaga ishga joylashtirildi.

35 nafar fuqaroga “Ishga marhamat” monomarkazida kasb-hunarga o'qishi uchun yo'llanma, 20 nafariga IT sohasida bepul o‘qish uchun sertifikatlar, 14 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berilib, 20 nafari  kasbga yo‘naltirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 💬Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

NOVJA MAHALLASI AHOLISI TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILMOQDA

📍Avval xabar berganimizdek, Xatirchi tumani 1-sektor hududida joylashgan Novja mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi nazorati ostida ushbu mahallada yashovchi 1 871 nafar fuqarolar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlarini jalb etgan holda tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Navoiy

📍Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Xatirchi tumani "Novja" mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil qilindi. Yarmarkada 55 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 12 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 20 nafar fuqaroga kasb-hunarga o'qishga yo'llanmalar berildi.

⚡️ Shuningdek, mas’ullar tomonidan:

➡️“Ayollar daftari” dagi 10 nafar xotin-qizlarga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari;

➡️ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar eshitishda nuqsoni bo‘lgan nuroniylarga eshitish moslamasi va 4 nafariga hassalar;

➡️ 1 nafariga nogironlar aravachasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 1 million so‘m pul mablag‘lari topshirildi.

Qolaversa, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturi doirasida mahalla infratuzilmasi tubdan takomillashtirib, “Mahalla beshligi” faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zamonaviy MFY binosi foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, mahalliy byudjet hisobidan 300 million so‘m mablag‘ ajratilib, bino yonida “Nuroniylar choyxonasi” barpo etilishiga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM