Bandlik vazirligi
48.3K subscribers
12.4K photos
2.87K videos
31 files
7.16K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪Oʻzbekistonda Germaniya standartlari asosida oʻquv kurslari tashkil etiladi

👩‍💻Kecha xabar berganimizdek, Germaniyaning Erfurt kasbiy taʼlim markazi direktori Frank Belkner boshchiligidagi ishchi guruh bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markaziga tashrif buyurdi.

📚Germaniyalik mutaxassislar kasb-hunarga oʻqitish markazining faoliyati va undagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📝 “Oʻzbekiston-Germaniya kasbga oʻqitish markazi”ni tashkil etishga oid kelishuv yuzasidan muzokaralar olib borildi.

✔️Oʻzbekistonlik kasb-hunar oʻrganuvchilar kelgusida 4 ta yoʻnalish (asbobsoz chilangar, texnik-mexatronik, bino va inshootlarning texnik holatini sozlovchisi, tiklanadigan energiya uskunalarini sozlovchi texnik) boʻyicha Yevropa standartlari asosida oʻqitiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Better Work” dasturi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda uch tomonlama hamkorlar bilan dasturni amalga oshirish va memorandum loyihasini imzolash yuzasidan fikrlar almashildi. Dastur eksperti Konor Boyl ushbu memorandum jahon brendlari e’tiborini jalb qilish va to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Ma'lumot uchun: «Better Work» dasturining asosiy maqsadi - tikuvchilik korxonalaridagi mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Turkiyaning "Marmara Group Foundation" rahbari Mehmet Akkan Suver Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari bilan uchrashdi.
Unda Jamoat ishlari jamg’armasi hamda “Marmara Group Foundation” o’rtasida 2022-2026-yillarda hamkorlik qilish to’g’risida imzolangan Memorandum doirasida tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash, aholining zaif qatlamini kambag’allikdan chiqarishda amalga oshiriladigan ishlar hamda istiqbolda qilinishi kerak bo’lgan rejalar haqida kelishib olindi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🟢LIVE

🏢Toshkentdagi "Trilliant" mehmonxonasida "O'zbekistonda gender tengligi va munosib mehnatga erishish yo'llari" mavzusida konferensiya boshlandi. Unda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva va boshqa tashkilot mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Konferensiya quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
Xalqaro mehnat tashkiloti (XTM) ta’sischilarining Oʻzbekistonda gender tengligi va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash;
butun dunyo bo'ylab gender masalalarini hal etish choralarini keng qo'llash va amalga oshirish bo'yicha bilim, tajriba almashishga ko'maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani genderga mos ravishda rivojlantirish, munosib mehnatni ta'minlash bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlarni ko'rib chiqish.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Unda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan O‘zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Xususan, XMT tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiya"sida O‘zbekiston nomzodini "pioner davlat" sifatida ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

XMTning uch tomonlama a’zolarini birlashtirgan "Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiya"ni yaratish tashabbusi XMT Bosh direktori tomonidan ilgari surilgan. Joriy yilning 14-15-iyun kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro mehnat Sammitida mazkur koalitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tekstil va to‘qimachilik sanoatida munosib mehnat tamoyillarini joriy qilish maqsadida XMTning "Better Work" dasturini amalga oshirishga hamda xizmat ko‘rsatish sohasida (mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish) mehnat sharoitlarini monitoringini tashkil etishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

To‘qimachilik haftaligi doirasidagi II xalqaro forum

Toshkentda to‘qimachilik haftaligi doirasida "Ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy mas’uliyatli ish beruvchi" II xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva, BMT koordinatori Konsulo Vidal Bryus va ITMF Bosh direktori Kristian Shindler va boshqalar so‘zga chiqishdi

Shuningdek, forumda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirok etib, "Mehnat munosabatlarida ijtimoiy mas’uliyatning roli" mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir doirasida ish beruvchilar va xodimlarning huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ishlab chiqarishning ekologik barqarorligi masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlIk

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Jahon banki vakillari bilan uchrashdi.

✔️ Unda "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, maishiy zo‘ravonliklarga barham berish, gender tengligi masalalari muhokama qilindi.

Mazkur choralarni samarali amalga oshirish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilishga hamda ular ishtirokida muhokamalar tashkil etish, shuningdek, hamkorlikda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:

➡️Maishiy zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy instrumentlarni yanada takomillashtirish, milliy qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasini o‘rganib chiqish;

➡️Maishiy zo‘ravonlik holatlari takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida shaffof monitoring mexanizmlarini joriy qilish;

➡️Muhokamalar yakuni bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropaning yana bir mamlakati
Ruminiyada ishlash imkoniyati yaratiladi

🇺🇿🇷🇴Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Ruminiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kristian Chobanu va Bosh konsuli Luminita Chobanu bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish, fuqarolarimizni ushbu davlatga qurilish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga qonuniy hamda tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ruminiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini ish faoliyati davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonliklar uchun Bolgariya yanada ko'proq ish o'rni yaratmoqchi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullari va Bolgariyaning mamlakatimizdagi konsuli Stoyana Rusinova, "United Business Clubs" assotsiatsiyasi prezidenti Vesilin Xalachev o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama etildi.

Jumladan, Bolgariya korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, xususan, mehmonxona, tibbiyot, haydovchilik, logistika va xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarishning boshqa sohalariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb etish masalasi o‘rganildi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yil boshidan Agentlik tomonidan 30 nafarga yaqin fuqaro ushbu davlatga tashkiliy tarzda ishga jo‘natilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysida aholi ko‘nikmalarini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Ishchi kasblarga bo‘lgan talabni o‘rganish va kasbiy malakalarni transformatsion iqtisodiyot sharoitiga moslashtirish” mavzusida trening bo‘lib o‘tmoqda.

Treningda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy kasbga o'qitish va milliy malaka bo'limi mutaxassislari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari direktor o'rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Trening dasturiga ko'ra, ishtirokchilarga mehnat bozorida talabning shakllanishi, ish beruvchilarning xodimlardagi malakaga nisbatan umidlari, kasbiy ko’nikmalarning aholi va aholining ehtiyojmand qatlami vakillarining bandligiga ta’siri bo’yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari muhokama qilinmoqda.

Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan mazkur trening 13-iyul kunigacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda hozirda yurtimizda bo'lib turgan Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda Koreya davlatida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun ish joyidagi sharoitlarni yaxshilash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, kvotalar sonini ko‘paytirish, Koreyadagi yirik texnologiya kompaniyalarida ishga joylashish uchun Koreya tajribasi asosida IT-mutaxassislarni tayyorlash hamda O‘zbekiston va Koreya mehnat bozorini sifatli kadrlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Samsung, SK, LG va boshqa kompaniyalardan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali IT sohasida qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

📝Uchrashuv so'ngida ikki davlat bandlik vazirliklari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

BATAFSIL⬅️

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 💬Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Rossiya_Federatsiyasi

🤝 Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Moskva viloyatida VIII Butunrossiya Davlat mehnat inspektorlarining forumida ishtirok etishmoqda.

🖋 Tadbir doirasida sohaga oid panel sessiyalari, muhokamalar, mahorat darslari, konferensiyalar, uchrashuvlar va interaktiv mashg'ulotlar bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Dr. Joachim Stamp boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Germaniya: Mehnat migratsiyasi sohasida istiqboldagi rejalar qanday?

BATAFSIL

Vazirlikning
rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Dr. Joachim Stamp boshchiligidagi delegatsiya…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Germaniya Federal hukumatining migratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Joachim Stamp Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kasb-hunarga o‘qitish markazida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa,monomarkazdagi surdo tarjimonlik, kran boshqaruvi, nemis tilini o‘qitish kurslari, xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan intilishlari, kasbga ega bo‘lgan ehtiyojmand oila a’zolariga o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalar ajratilishi delegatsiya a’zolarida qiziqish uyg‘otdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇦🇹Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida Latviyaning "CERTIFICATION CENTRE" LTD mutaxassislarni sertifikatlashtirish markazi hamda Toshkent shahar Ishsizlarni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📝Unda tomonlar oʻrtasida "Kasbiy tayyorgarlik sohasida qoʻshma hamkorlik va sheriklik toʻgʻrisida" memorandum imzolandi.

🪪Endilikda ushbu markazning "Yarimavtomat moshinalari payvandchisi" yoʻnalishida tahsil olgan fuqarolar xalqaro ISO sertifikatiga ega boʻlishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

ISROILDA ISHLASH IMKONIYATI:
UNGA KIMLAR BORADI?

🇺🇿🇮🇱Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Isroil Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zexavit Ben-Xillel bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yil 27-iyulda imzolangan “O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ishlash uchun Isroil Davlati iqtisodiyot sektorlariga jalb qilish to‘g‘risida Bitim”ni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

▶️BATAFSIL https://new.gov.uz/bv/news/view/2333/
—————————————
#Международное_сотрудничество

ВОЗМОЖНОСТЬ РАБОТЫ В ИЗРАИЛЕ: КТО БУДЕТ ПРИВЛЕЧЕН?

🇺🇿🇮🇱Министр занятости и сокращения бедности Бехзод Мусаев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Государства Израиль в Узбекистане Зехавит Бен-Хиллель.

Во ходе встречи обсуждены вопросы эффективной реализации Межправительственного соглашения «О временном привлечении рабочей силы из Республики Узбекистан в специальные сектора экономики Государства Израиль», подписанного 27 июля 2022 года.

▶️Подробно https://new.gov.uz/uz/bv/news/view/2333/

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

XITOY BILAN HAMKORLIKKA YANGI QADAMLAR

🇺🇿🇨🇳Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida so‘nggi yillardagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.

▶️BATAFSIL https://new.gov.uz/bv/news/view/2335/
—————————————
#Международное_сотрудничество

НОВЫЕ ШАГИ К СОТРУДНИЧЕСТВУ С КИТАЕМ

🇺🇿🇨🇳Министр занятости и сокращения бедности Бехзод Мусаев встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Китайской Народной Республики в Узбекистане с Юй Цзюнем.

В ходе переговоров, прошедших в атмосфере взаимного доверия, было отмечено, что уровень сотрудничества между двумя странами в последние годы выведен на новый уровень.

▶️Подробно https://new.gov.uz/uz/bv/news/view/2335/

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

👍Veb sayt 🌐Facebook🌐Instagram 💬Telegram🌐You tube 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM