Bandlik vazirligi
49.5K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#Yangi_farmon

Kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladigan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyun kuni "Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–93-sonli Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga muvofiq, tadbirkorlar ixtiyoriy ravishda 3 yilgacha muddatda “hamkorlik shartnomalari” imzolashlari mumkin.
“Hamkorlik shartnomasi”ni tuzgan tadbirkorga Dastur ishtirokchisi sertifikati beriladi.

Eslatma! Tadbirkor dasturda ishtirok etishi uchun kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatgan bo‘lishi va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmasligi lozim.

📆 Dasturni amalga oshirish uchun 2023–2024-yillarda jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Banklar tomonidan ushbu kreditlar dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ro‘yxatga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.

Tadbirkorlarga dastur doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
➡️tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, ular bandligini ta’minlaydi. Ushbu ko‘rsatkich jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, tadbirkorga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi.

BATAFSIL ⬅️

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM