Bandlik vazirligi
49.2K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🫥Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar

💸Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart.
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda (bundan buyon matnda mehnatni muhofaza qilish qoidalari deb yuritiladi) belgilanadi.

💸Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.

💸Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruksiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘idayuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.

💸Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.

💸Mehnatni muhofaza qilishga doir talablarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘z ichiga olgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘zgartirish tartibi Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha
respublika uch tomonlama komissiyasining takliflari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🫥Ta’tilda bo‘lgan davrda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanishining kafolatlari

🟥Ushbu Kodeksning 213-moddasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qoladi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✔️Ta’til davrida xodimning ish o‘rnini (lavozimini) saqlab qolish va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar mehnat shartnomasi:

✔️ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga muvofiq;

✔️ish beruvchining tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lmagan asoslarga ko‘ra bekor qilinganda qo‘llanilmaydi. nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart.

❗️Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🫥Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish

✔️Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalgaoshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi.

✔️Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi. Zarur bo‘lgan taqdirda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.

✔️Xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga diplomatik, konsullik, ma’muriy-texnik lavozimlarga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlariga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.

✔️Agar yangi ish joyidagi mehnatga haq to‘lash shartlari yoki dam olish vaqti xodim uni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchida foydalanganidan farq qilsa, xodimga nisbatan qulayroq shartlar qo‘llaniladi. Boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodimning ish staji umumiy ish stajiga kiritiladi.

✔️Vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa chog‘ida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tekshiruvini tashkil etish xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchining
zimmasiga yuklatiladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi. Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

💠Har yilgi qo‘shimcha ta’tillar

🏕Har yilgi qo‘shimcha ta’tillar:

📝ushbu Kodeksning 481-moddasiga muvofiq mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga;

📝ushbu Kodeksning 483-moddasiga muvofiq noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga;

📝ushbu Kodeksning 220-moddasiga muvofiq bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;

📝qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi_targ'iboti

O'zbekiston
Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun mohiyatini tushuntirish borasida seminarlar davom etmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon va Xorazm viloyatlari shular jumlasidandir.

Ma'lumot uchun: Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining hajmi amaldagisiga nisbatan deyarli uch barobar katta bo‘lib, 581 ta moddani o‘z ichiga olgan. Hujjatda bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shilgan.

Ushbu Qonun joriy yil 30-apreldan kuchga kiradi.

❗️ Qonun kuchga kirishi bilan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun (21.12.1995 y.) o‘z kuchini yo‘qotadi.


Kanalga ulanish https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz Facebook Instagram ITwitter
Telegram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📝Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari

👷🏻‍♂️Zararli (o‘ta zararli) va (yoki) xavfli (o‘ta xavfli) ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari noqulay mehnat sharoitlaridir. Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari ishlab chiqarish omillaridir.

👷‍♀️Xodimga ta’siri uning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari xavfli mehnat sharoitlaridir. Miqdoriy tavsifiga va ta’sir ko‘rsatishning davomiyligiga qarab ayrim zararli ishlab chiqarish omillari xavfli bo‘lishi mumkin.
Kasb kasalliklarining og‘ir shakllarini (umumiy mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi) yoxud surunkali kasalliklar sonining ancha o‘sishini va mehnat qobiliyatining vaqtincha yo‘qotilishi kuzatiladigan kasallanishning yuqori darajalarini keltirib chiqaradigan zararli ishlab chiqarish omillari darajalari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari o‘ta zararli mehnat sharoitlaridir.

👷🏻‍♂️Smena davomida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridir. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari deganda xodim tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishga va uning cho‘l joylarda, baland tog‘li, borish qiyin bo‘lgan joylarda, shuningdek noqulay ekologik vaziyatga ega bo‘lgan joylarda istiqomat qilishiga noqulay ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy-iqlim, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy-biologik omillar yig‘indisi tushuniladi. Mehnat qilish uchun noqulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan joylar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

➡️ BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Kasanachilik tushunchasi

Kasanachilik tuziladigan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs (kasanachi) tomonidan o‘z yashash joyi bo‘yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan yoki kasanachi tomonidan ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan ishdir.

Kasanachilarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi ushbu Kodeksda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Kasanachilik to‘g‘risidagi nizomda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📃Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon

📝Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:

📝xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;

📝xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;

📝xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;

📝xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.

🗓Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi lozim.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🖼Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi

📌Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi turli toifadagi xodimlarning ish haqini differensiyalashning tarifli tizimiga asoslangan mehnatga haq to‘lash tizimidir.

📌Tarifli tizim tarif setkasini, tarif stavkalarini (maoshlarni), tarif razryadlarini, tarif koeffisiyentlarini o‘z ichiga oladi.

📌Tarif setkasi ishning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga doir talablarga qarab tarif koeffisiyentlari yordamida belgilangan ishlar (kasblar, lavozimlar) tarif razryadlarining majmuidir.

📌Tarif razryadi ishlarning murakkabligini va xodimning malaka darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

📌Tarif stavkasi (maosh) kompensasiyaga oid, rag‘batlantiruvchi va ijtimoiy to‘lovlar hisobga olinmagan holda vaqt birligi uchun muayyan murakkablikdagi (malakadagi) mehnat normasi (mehnat majburiyatlari) bajarilganligi uchun xodimning mehnatiga haq to‘lashning qat’iy belgilangan miqdoridir.

📌Tarif koeffisiyenti keyingi razryadlar tarif stavkasining birinchi razryad tarif stavkasiga nisbatan karrali ko‘paytirilishini aks ettiradigan, xodimlar malaka darajasining razryadlar bo‘yicha nisbatidir.

📌Malaka razryadi xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

📌Ishlarni tarifikasiyalash mehnat turlarini ishlarning murakkabligiga qarab tarif razryadlariga yoki malaka toifalariga kiritishdir.

📌Bajariladigan ishlarning murakkabligi ularni tarifikasiyalash asosida aniqlanadi.

📌Ishlarni tarifikasiyalash va xodimlarga tarif razryadlari berish kasbga oid standartlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📌Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar

🟢Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.

🔴Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

💲Ish haqini to‘lash shakllari va joyi

💳Ish haqi milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalardan
istisnolar qonunchilikda belgilanishi mumkin. Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to‘lash
taqiqlanadi. Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

💳Xodimga ish haqini to‘lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi. Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali to‘lashga yo‘l qo‘yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to‘lanadi.

💳Agar xodim ish haqi to‘lanadigan kuni ish beruvchining topshirig‘ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo‘lsa va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, xodimning iltimosiga ko‘ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o‘z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to‘lashi shart.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

👩‍⚕️Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari

👩‍💻Masofadan turib ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun masofadan turib ishlovchi xodimlarni zarur uskunalar, dasturiy-texnik vositalar, axborotni himoya qilish vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlash tartibi hamda muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni topshirish tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan ularga tegishli bo‘lgan yoki ijaraga olingan uskunalar, tashkiliy texnika, dasturiy-texnik vositalar, aloqa vositalari, axborotni himoya qilish vositalaridan hamda boshqa
vositalardan foydalanganlik uchun kompensasiyaning miqdori, uni to‘lash tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibi jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.

🧑‍💻Masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining buyrug‘iga muvofiq ish beruvchi joylashgan yerga qilgan safari, agar xodim yashash joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, xizmat safari hisoblanadi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🏥Tibbiyot xodimlari mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

💉Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi. Ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

💊Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

👩🏻‍🔬Rahbar xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari o‘zi bevosita bo‘ysunadigan sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab – stasionar muassasalar uchun, xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga qarab –ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi.

👨🏽‍🔬Agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to‘g‘risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo‘shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan o‘tish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

🔘Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash

👎Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:

🗣o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
🗣homilador ayollar;
🗣uch yoshgacha bo‘lgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadanbiri (vasiy);
🗣tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan shaxslar.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish

🔘Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

🔴Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma o‘z xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqli.

🔘Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.

🟣Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensasiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi

🔘Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga
oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

🔴Ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

🔘Mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar uy ishchisi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan mehnat shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak.

🟣Uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.

🟡Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

⚫️Agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak.

🔴Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi. Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

RASMAN: Bugundan yangi tahrirdagi mehnat kodeksi kuchga kirdi

💎Mehnat kodeksini yangi tahrirda ishlab chiqish jarayonida Xalqaro mehnat tashkilotining 94 ta konvensiyasi o‘rganildi, 63 dan ortiq xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil qilindi. Tarkibiy jihatdan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📔Yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

📎 Majburiy mehnatni ta'qiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

📎 Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta'qiqlash talablarini buzadigan;

📎Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

Xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o‘zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📌Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimini boshlang‘ich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etadi. Xodimlar va (yoki) ish beruvchilar tomonidan vakolat berilgan bir necha vakillar mavjud bo‘lgan taqdirda, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar tarkibi mutanosib vakillik prinsipi asosida, taqdim etilayotgan xodimlar va ish beruvchilarning soniga qarab shakllantiriladi.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM